Yangiliklar
27.11.26
Noyabr oyida yuridik shaxslar EHA orqali ekologiya organlaridan atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobini 5 kun muddatda taqdim etish talabi bilan koʻrsatmalar oldilar. Talab bajarilmagan taqdirda, rahbarlar ma’muriy javobgarlikka tortilishlari haqida ogohlantirilmoqda.
Agar hisobot topshirish muddati hali kelmagan boʻlsa yoki korxona ilgari kompensatsiya toʻlovlarini toʻlamagan boʻlsa, hisob-kitobni taqdim etish kerakmi? Olingan koʻrsatmaga qanday munosabat bildirish kerak?
27.11.26
Soliq organlari qarz shartnomalarini elektron roʻyxatdan oʻtkazish funksionalini takomillashtirdi. Endilikda yuridik shaxs ta’sischi, xodim yoki boshqa jismoniy shaxsdan pul olish boʻyicha tuzilgan shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin.
26.11.26
Poyabzal va transformatorlarni 2028 yildan boshlab majburiy tartibda markirovkalash, markirovkalanmagan akkumulyatorlarni sotishni esa 2027 yil iyulidan taqiqlash taklif etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Muhokama 2026 yil 11 dekabrgacha davom etadi – havola boʻyicha oʻting.
Markirovkani joriy etish muddatlari haqida batafsil – sharhimizda.
25.11.26
Tashkilot ikkilamchi ijara shartnomasi asosida ishlaydi. 20 noyabr kuni buxgalter E-ijara tizimida amaldagi bino ijarasi shartnomasi yoʻqolganini va «rad etilgan» holatiga oʻtganini aniqladi (rad etish sanasi – 19 noyabr). Natijada kompaniyaning barqarorlik reytingi pasaya boshlaydi.
25.11.26
Har oy 25 sanasidan oyning oxirgi sanasigacha soat 09:00 dan 18:00 gacha «Oʻzsuvta’minot» yuridik shaxslarning sovuq suv boʻyicha koʻrsatkichlarini qabul qiladi.
Asosiy tafsilotlar – bu yerda:
25.11.26
2026 yil dekabr oyi – yilning moliyaviy yakunlarini chiqarish va byudjet oldidagi barcha majburiyatlarni oʻz vaqtida yopish zarur. Biz soliqlarni toʻlash, hisobotlarni topshirish va onlayn-NKT cheklarini tuzatish muddatlarini dam olish kunlari tufayli koʻchirishlarni hisobga olgan holda jamladik. Yangi yil oldi yugur-yugurida hech narsani qoʻldan bermaslik va yilni jarima hamda penyasiz yopish uchun jadval bilan taqqoslab boring.
25.11.26
Kompaniya uzoq vaqtdan beri jismoniy shaxsdan binoni ijaraga olmayapti, ijara shartnomasi boʻyicha JShDS esa proaktiv hisobotda hisoblanishda davom etmoqda. Ushbu muammoning yechimi 2026 yil 19 noyabrda Soliq qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi majlisida muhokama qilindi. Oʻzgarishlarning bir qismi allaqachon E-ijarada amalga oshirilgan, bir qismi esa qonunchilikka tuzatishlar kiritishni talab qiladi.
Majlis natijalari haqida Soliq qoʻmitasi va Jamoatchilik kengashi a’zosi Irodaxon ABBOSXONOVA xabar berishdi.
24.11.26
1991 yildagi eskirgan «Ijara toʻgʻrisida»gi qonunni bekor qilish va Fuqarolik kodeksiga tadbirkorlik faoliyati uchun koʻchmas mulkni ijaraga berishning yangi qoidalarini, Yer kodeksiga esa qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarini kiritish rejalashtirilgan qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Davlat shartnomalarni ikki tomonlama roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish, ijarachilarni ijara toʻlovining asossiz oʻsishidan himoya qilish va depozitlarni qaytarish tartibini mustahkamlash niyatida.
Munozarada 2026 yil 6 dekabrgacha havola orqali ishtirok etishingiz mumkin (loyiha ID raqami – 11838).
Qonun qabul qilingandan soʻng, 2027 yil 1 yanvardan boshlab amaldagi tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkinligini buxgalter.uz sharhida oʻqing.
24.11.26
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekistonda qoʻllash uchun e’tirof etilgan MHXS matnlarini yangiladi. Hujjat 2026 yil 21 noyabrdan kuchga kirdi va valyuta ayirboshlashga cheklovlar qoʻyilganda kursni hisoblash qoidalarini joriy etdi, shuningdek, sugʻurta kompaniyalari uchun standartni almashtirdi.
Standartlarda aynan nimalar oʻzgardi va hisobotni tayyorlashda qaysi me’yorlarga e’tibor qaratish kerakligi – buxgalter.uz sharhida.
23.11.26
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yaqinlashib kelayotgan naqd pul ayirboshlash haqidagi mish-mishlarni rad etdi: muomaladagi barcha kupyuralar va tangalar toʻlov kuchini saqlab qoladi va cheklovlarsiz nominal boʻyicha qabul qilinadi.
23.11.26
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan «Audit» axborot tizimi modernizatsiya qilindi. Kompaniyalar unda auditorlik tashkilotlari va auditorlarni qidirishi hamda tekshirishi, auditorlik tashkilotlari esa vazirlikka ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etishi mumkin.
20.11.26
Buxgalter 6 noyabr kuni «soddalashtirilgan» QQS (6%) boʻyicha hisobotni topshirdi va darhol soliqni toʻladi. Biroq, uni zarur boʻlgan 215-kod oʻrniga 1-kodga toʻlab yubordi. Buni 13-sana, juma kuni soat 17:00 da – ramziy bir kunda payqab qoldi. Oldinda dam olish kunlari, bezovtalik boshlandi…
19.11.26
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqladi.
Naqd pul tushumini bankka topshirish tartibi va muddati hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun bank kassasidan naqd pul olish muddatlari, shuningdek, korxona kassasidagi naqd pul qoldigʻining ruxsat etilgan limitini belgilash boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalar oʻtmishga aylanadi. Markaziy bankning yangi Yoʻriqnomasi kuchga kirishi bilan –19.02.2027 yildan boshlab – qoidalar oʻzgaradi: korxonalar kassada qancha naqd pul qoldirishni oʻzlari belgilaydilar, ammo buning uchun javobgarlik ham ularning zimmasida boʻladi.
Kompaniyalar daromadni qanday topshirishlari va ish haqini qanday toʻlashlari haqida bizning sharhimizda koʻrib chiqamiz.
18.11.26
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yangi raqamli platforma ishga tushirilganini e’lon qildi: Mablagʻlarni taqsimlash markazi ish beruvchi kompaniyaga qayerda xizmat koʻrsatilishidan qat’i nazar, xodimning xohishiga koʻra ish haqi, mukofotlar va boshqa har qanday toʻlovlarni istalgan bankning bank kartasi yoki elektron hamyoniga olish imkonini beradi.
Birinchi bosqichda tizim xususiy sektor xodimlariga moʻljallangan, biroq kelajakda regulyator uning imkoniyatlarini kengaytirish va foydalanuvchilarning istaklarini hisobga olishni rejalashtirmoqda.
Batafsil – sharhimizda.
18.11.26
Birinchi marta roʻyxatdan oʻtayotgan oʻzbekistonlik ASSA malaka talabgorlari kamroq haq toʻlaydi. Dastlabki roʻyxatdan oʻtish toʻlovi 89 funt sterlingdan 35 funt sterlingga (yoki rus tilidagi dastur uchun 30 funt sterlingga) tushirildi. Avval diplom asosida imtihondan ozod qilingan har bir kishi uchun toʻlov 114 funt sterlingdan 30 funt sterlingga tushirildi.
Chegirmalar 2027 yil 31 martgacha amal qiladi. Ulardan kimlar foydalanishi mumkinligi va davlatdan qoʻshimcha xarajatlar kompensatsiyasini olish mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.
18.11.26
2026 yil 1 yanvardan boshlab qurilish va savdo sohasidagi yuridik shaxslar ustav kapitali va undagi oʻzgarishlar, shu jumladan ulush sifatida kiritilgan tovarlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni soliq organlari ma’lumotlar bazasida aks ettirishlari shart. Ma’lumotlarni ma’lum muddat ichida my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali EHF, NKT cheklari, BYuD, notarial shartnomalar va boshqa hujjatlar asosida taqdim etish lozim.
«Norma» ekspertlari ustav kapitaliga oʻtkazilgan tovarlar va mablagʻlarni soliq organlari bazasida aks ettirish tartibi, ustav fondiga ulush olishdagi soliq nyuanslari, shuningdek, qurilish sohasi uchun oʻziga xos talablarni tushuntiradi.
17.11.26
Statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Milliy statistika qoʻmitasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Hozirda 1-korxona yillik shaklini topshirishdan ozod qilingan kichik korxona va mikrofirmalar ushbu imtiyozdan mahrum boʻlishlari mumkin. Oʻrta korxonalar uchun 12-korxona shaklini oylik emas, choraklik qilish taklif qilinmoqda. Statistika hisobotlarini topshirish muddatlari, hisobot beruvchi tashkilotlar doirasi va koʻrsatkichlar tarkibi ham oʻzgaradi.
Umuman olganda, Milliy statistika qoʻmitasi loyihasida 3 ta shaklni bekor qilish va yana 16 tasini qayta koʻrib chiqish koʻzda tutilgan.
Loyihani muhokama qilish uchun atigi 10 kun vaqt ajratilgan. U bilan tanishish va takliflarni NHH loyihalari muhokamasi portalida qoldirish mumkin (loyiha ID raqami – 11905).
Aynan nimani oʻzgartirishni taklif qilishayotganini tahlil qilamiz.
16.11.26
Markirovkalangan tovarlar aylanmasini nazorat qilish tizimiga yangi tekshiruv vositasi joriy etildi: soliq organlari tovarlarni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni rasmiylashtirilgan tovar-transport yuk xatlari bilan avtomatik tarzda solishtirishni boshladi.
16.11.26
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali firma QQSning 12 foizlik standart stavkasini yoki 6 foizlik soddalashtirilgan stavkasini qoʻllayotganini oldindan bilib olish mumkin.
16.11.26
«Axir nega buni soddaroq qilish mumkin emas edi?!» – agar bu fikr sizga tanish boʻlsa, endi e’tirozlaringizni Soliq qoʻmitasiga yetkazishning oson usuli mavjud. Nimalarni va qanday oʻzgartirishni xohlayotganingizni toʻgʻridan-toʻgʻri maxsus Telegram-botda yozing.