Yangiliklar
09.12.19
2020 yil 1 yanvardan barcha ish beruvchilar yangi mehnat shartnomalarini “Yagona milliy mehnat tizimi”da (YaMMT) roʻyxatdan oʻtkazishlari, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish va ularni tugatishni faqat elektron shaklda amalga oshirishlari shart. 2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftarchasi joriy etiladi.Siz hozir bu haqda nimalarni bilishingiz kerak?
09.12.19
Qonunchilikdagi boʻshliqlar, texnik va tashkiliy tayyorgarlik sust boʻlganligi tufayli buxgalterlar elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn-NKM va virtual kassalar amalda qoʻllanilishiga oid koʻp savollarga hanuzgacha javob topolmayaptilar. Ular elektron hisobot va «Bank-mijoz» tizimini joriy etish tajribasini yodga olishni va qat’iy belgilangan sanalarda birdaniga oʻtishdan voz kechishni taklif qilmoqdalar. Sekin-asta oʻtish davri yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish imkonini beradi. Shuningdek uning uchun toʻlov toʻlanishi koʻpgina savollarni yuzaga keltirmoqda.
06.12.19
Prezident 5 dekabr kuni davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va ularga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Hujjat uchta muhim yangilikni oʻz ichiga olgan.
06.12.19
Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili bank xizmatlarini koʻrsatishga doir shartnomalarning ayrim shartlari boʻyicha mijozlar va xizmat koʻrsatuvchi banklar oʻrtasida nizolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Mijozlar, banklar bilan yuzaga kelayotgan nizolarning asosiy sabablaridan biri sifatida bank xizmatlarini koʻrsatishga doir shartnomalar rasmiylashtirilgunga (imzolangunga) qadar ularning shartlari bilan tanishish imkoniyatining mavjud emasligini, banklar tomonidan shartnoma shartlarining mazmuni yetarli darajada oshkor etilmaganligini, shuningdek, shartnomaning imzolangan bir nusxasi taqdim etilmasligini bildirishmoqda.
05.12.19
4 dekabrdan barcha hisob-kitoblar MHEKM, BHM va PHBM yordamida amalga oshiriladi. Bu 3.12.2019 yildagi OʻRQ-586-son Qonun bilan belgilangan. Bu hisob-kitob birliklari bir-biridan qanday farqlanadi va ular qayerda qoʻllaniladi?
05.12.19
DSQning matbuot xizmati yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini
uzaytirish toʻgʻrisida eng koʻp beriladigan savollarga javob berdi.
05.12.19
MV va DSQning soliq organlarida soliq xavflarini baholash va halollik mezonlari asosida soliq toʻlovchilarni segmentlash tizimi joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Barcha tadbirkorlik sub’yektlari uch guruhga ajratiladi: soliqqa oid huquqbuzarliklar xavf darajasi yuqori, oʻrta va past boʻlgan guruhlar. Qaysi mezonlar boʻyicha baholanadi? Soliq toʻlovchilar xatar va chetga chiqishlarni qanday bilib olishlari mumkin? Qanday shartlarda «qizil yoʻlak»dan «yashil yoʻlak»ga oʻtish mumkin?
04.12.19
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatiga tegishli tuzatishlar kiritildi (28.11.2019 yildagi PF-5884-son Farmonga qarang).
04.12.19
Markaziy bank Majburiy ijro byurosi taqdimnomasiga binoan jismoniy shaxslarning omonat va bank kartalari hisobvaraqlarini xatlashni toʻxtatib qoʻydi. MB bu haqdagi xabarni Telegrammda joylashirdi.
04.12.19
Hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar Prezidentning 28 noyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
04.12.19
Buning uchun maxsus Tasniflagich tasdiqlandi. Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga bu va boshqa tuzatishlar kiritiildi. Ular 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi (roʻyxat raqami 2773-4, 29.11.2019 y.).
03.12.19
Adliya vazirligi Jinoyat kodeksidan ikkita moddani chiqarib tashlashni taklif etdi. Ulardan biri savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun, boshqasi – raqobatchini obroʻsizlantirganlik uchun jazoni nazarda tutadi. Qonunning tegishli loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
02.12.19
Oʻzbekiston QQS uzilishlari yuzasidan masalani hal qilishning “Rossiya ssenariysi” boʻyicha boradi: optimallashtirish sxemalarining haqiqiy benefitsiarini emas, balki kontragentlarni jazolashadi
02.12.19
Hurmatli buxgalterlarga dekabr oyining yaqinlashib qolgan nazorat sanalari haqida eslatib oʻtamiz.
02.12.19
Soʻnggi yilda Oʻzbekistonda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari soni keskin oshdi. Ular tomonidan QQS hisobotlari taqdim etilayotgan boʻlsa-da, ba’zi holatlarda mazkur hisobotlarda nomutanosibliklar kuzatilmoqda. Soliq organlari bunday kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrmoqda. Vaziyatga DSQning Kameral nazorat boshqarmasi boshligʻi Aziz Xoshimov oydinlik kiritdi.
29.11.19
Soliq kodeksining 164-moddasiga muvofiq korxonalar roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha DSXOga taxmin qilinayotgan foyda va shu chorakda toʻlaydigan foyda soligʻi toʻgʻrisida ma’lumotnomani taqdim etishlari shart. Ushbu ma’lumotnomani taqdim etish muddati ham belgilangan - har chorakning birinchi oyi 10-sanasigacha.
29.11.19
Soliq qoʻmitasi oʻzining boʻlinmalari ishida DSXO xodimlariga katta yuklama va hali oʻqitib-oʻrgatish lozim boʻlgan yangi kadrlar oqimi bois muammolar mavjudligini tan oldi. Soliq toʻlovchilarga qoʻyilayotgan asoslanmagan talabnomalarni minimal darajaga tushirish uchun qoʻmita maxsus dasturiy kompleksni ishlab chiqmoqda. Bu qanday ishlashi haqida DSQ raisining oʻrinbosari Abdulla AZIZOV soʻzlab berdi.
29.11.19
Bankirlarga hisobvaraq yoki omonat boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilganligi haqida mijozni xabardor qilish majburiyatini yuklashdi. Ular endi hisobvaraqlardan kredit, mikroqarz va lizing boʻyicha qarzdorlikni soʻndirish hisobiga hisobvaraq egasiga bu haqda xabar bermasdan mablagʻlarni hisobdan chiqara olishmaydi. Xabarnoma mablagʻ hisobdan chiqarilgan sanadan boshlab, keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda yuborilishi kerak. Mijozlar bunday yangiliklarni qanday usulda olishlarini tanlashlari mumkin. Uni bank bilan tuziladigan shartnomada koʻrsatish lozim.
29.11.19
Oʻzbekistonda yana “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonun paydo boʻladi. Qonunchilik palatasi uni birinchi oʻqishda qabul qildi. Hozir Parlament tomonidan koʻrib chiqilayotgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksidan davlat bojiga bagʻishlangan bobning chiqarib tashlanganligi yangi tahridagi qonunni qabul qilish zaruratini taqozo etdi.
29.11.19
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 951-son qarori qabul qilindi. Toʻlash muddati 1 oydan 24 oygacha soliq qarzdorligining butun summasiga yoki uning bir qismiga koʻrsatilgan soliqlarning biri yoki bir nechta turlari boʻyicha kechiktiriladi. Uni olishning muayyan shartlari ham mavjud. Shu jumladan – koʻp marta. Uzaytirish tartibi qarorning 1-ilovasida batafsil bayon etilgan.