Joriy yilning IV choragida tanlanma kuzatuvga kiritilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar roʻyxati tasdiqlandi va Davstatqoʻm saytida (www.stat.uz) e’lon qilindi. ...
«Eng yaxshi auditor - 2019», «Eng yaxshi buxgalter - 2019» va «Eng yaxshi ichki auditor - 2019» Respublika tanlovlarining gʻoliblari e’lon qilindi, ular tekshiruvlardan qoʻrqmaydigan va oʻz kompaniyalari va mijozlari uchun soliq xavfsizligini ta’minlaydigan superprofessionallardir. Buxgalter.uz jamoasi tabriklarga qoʻshiladi, hamkasblar! ...
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi oʻrta biznes toʻgʻrisidagi Prezident qarorini muhokamaga qoʻydi. Hujjat aylanmasi 3 mlrd soʻmgacha boʻlgan korxonalarni QQSdan ozod etishni taklif qiladi. Soliq kodeksida bunday chora nazarda tutilganmi, degan savol bilan biz Oʻzbekiston moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOVga murojaat qildik. ...
Bunday chora QHTBT portaliga qoʻyilgan Prezident qarorining loyihasida nazarda tutilgan. Ushbu qarorning qabul qilinishi bilan bizni qaysi muddatlarda nima kutmoqda? ...
Kelasi yilning aprel oyidayoq Oʻzbekistonda oʻz imtiyozlari va preferensiyalariga ega oʻrta biznes paydo boʻlishi mumkin. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Prezident qarorining tegishli loyihasini muhokamaga qoʻydi. Agar u oʻzgarishlarsiz qabul qilinsa, oxirgi yillarda yoʻlga qoʻyilayotgan QQS zanjirining butunligiga yangi xavf yuzaga keladi. ...
Toshkentda oʻtkazilgan seminarlarda DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» xodimlari hamkasblari boʻlmish soliqchilar va tadbirkorlarga EHF va onlayn-kassaga majburiy oʻtish qanday amalga oshirilishini tushuntirishga harakat qildilar. Ushbu uchrashuvlarda tuman DSIlari xodimlari faollik koʻrsatishdi, sababi ularga soliq toʻlovchilar har kuni savollar bilan murojaat qiladilar. Bu savollarga esa hozircha hech kim javob bera olmaydi. ...
2020 yil 1 yanvardan boshlab Prezidentning 9.12.2019 yildagi PF-4546-son qarori bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (hokimliklar) alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga oʻtkaziladi; 28 turdagi ma’lumotnomalar bekor qilinadi; 29 ta idoralararo komissiyalar va kengashlar tugatiladi. ...
“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan ishlab chiqariladigan tovarlarga (koʻrsatiladigan xizmatlarga) aksiz soligʻi stavkalari tasdiqlandi. Qonunga 8-ilovaga qarang. ...
“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Ulardan 2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi. ...
“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan summalari tasdiqlandi. ...
Siz oʻz imtiyozlaringizni 2019 yilda toʻgʻri hisobga oldingizmi? 17 dekabr kuni «Norma» kompaniyasi mahsulotlari foydalanuvchilari uchun bepul vebinar oʻtkaziladi. Sizning savollaringizga ekspertlar xizmati rahbari, soliq maslahatchisi Tatyana BELOUSOVA javob beradi. ...
9 dekabr kuni Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi oʻqishda «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi taqdim etildi ...
DSQ 1404 ta yuridik shaxslarga berilgan QQS toʻlovchisi toʻgʻrisidagi guvohnomalar bekor qilinganligini ma’lum qildi. Bunda soliqchilar nimaga amal qilganliklari uncha tushunarli emas, sababi bunday harakatlar uchun tasdiqlangan normativ hujjat mavjud emas. ...
2020 yil 1 yanvardan barcha ish beruvchilar yangi mehnat shartnomalarini “Yagona milliy mehnat tizimi”da (YaMMT) roʻyxatdan oʻtkazishlari, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish va ularni tugatishni faqat elektron shaklda amalga oshirishlari shart. 2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftarchasi joriy etiladi.Siz hozir bu haqda nimalarni bilishingiz kerak? ...
Qonunchilikdagi boʻshliqlar, texnik va tashkiliy tayyorgarlik sust boʻlganligi tufayli buxgalterlar elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn-NKM va virtual kassalar amalda qoʻllanilishiga oid koʻp savollarga hanuzgacha javob topolmayaptilar. Ular elektron hisobot va «Bank-mijoz» tizimini joriy etish tajribasini yodga olishni va qat’iy belgilangan sanalarda birdaniga oʻtishdan voz kechishni taklif qilmoqdalar. Sekin-asta oʻtish davri yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish imkonini beradi. Shuningdek uning uchun toʻlov toʻlanishi koʻpgina savollarni yuzaga keltirmoqda. ...
Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili bank xizmatlarini koʻrsatishga doir shartnomalarning ayrim shartlari boʻyicha mijozlar va xizmat koʻrsatuvchi banklar oʻrtasida nizolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Mijozlar, banklar bilan yuzaga kelayotgan nizolarning asosiy sabablaridan biri sifatida bank xizmatlarini koʻrsatishga doir shartnomalar rasmiylashtirilgunga (imzolangunga) qadar ularning shartlari bilan tanishish imkoniyatining mavjud emasligini, banklar tomonidan shartnoma shartlarining mazmuni yetarli darajada oshkor etilmaganligini, shuningdek, shartnomaning imzolangan bir nusxasi taqdim etilmasligini bildirishmoqda. ...
4 dekabrdan barcha hisob-kitoblar MHEKM, BHM va PHBM yordamida amalga oshiriladi. Bu 3.12.2019 yildagi OʻRQ-586-son Qonun bilan belgilangan. Bu hisob-kitob birliklari bir-biridan qanday farqlanadi va ular qayerda qoʻllaniladi? ...
DSQning matbuot xizmati yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini
uzaytirish toʻgʻrisida eng koʻp beriladigan savollarga javob berdi. ...
MV va DSQning soliq organlarida soliq xavflarini baholash va halollik mezonlari asosida soliq toʻlovchilarni segmentlash tizimi joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Barcha tadbirkorlik sub’yektlari uch guruhga ajratiladi: soliqqa oid huquqbuzarliklar xavf darajasi yuqori, oʻrta va past boʻlgan guruhlar. Qaysi mezonlar boʻyicha baholanadi? Soliq toʻlovchilar xatar va chetga chiqishlarni qanday bilib olishlari mumkin? Qanday shartlarda «qizil yoʻlak»dan «yashil yoʻlak»ga oʻtish mumkin? ...