Yuridik shaxslar da’vo arizasi va uning ilovalarini iqtisodiy sudga elektron tarzda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborishlari mumkin. Bu va boshqa choralar Prezidentning “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan. Asosiy yangiliklarni keltiramiz: ...
“Hisobvaraq-faktura sanasi” yuzasidan savol tegishli hisobot davrlarida daromad va xarajatni tan olish, soliq solish uchun nihoyatda muhim. Biroq EHF tizimining texnik xususiyatlari bunga aniq javob bermaydi. ...
2019 yil noyabr oyi uchun 1-NH shakli “Hisoblangan ish haqi miqdori boʻyicha xodimlar sonining taqsimlanishi toʻgʻrisida hisobot” davlat statistika hisoboti shakliga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgartirishlarga 1 sentyabrdan boshlab EKIH oʻrniga MHEKM (634 880 soʻm) kiritilganligi sabab boʻldi. ...
Prezidentning 14.11.2019 yildagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi. ...
Soliq toʻlovchi faoliyati amalga oshiriladigan joyda barcha turdagi tekshiruvlarni oʻtkazishda DSXO videotasvirga oladi. Dalillarni qayd etishning bunday usuli muhokama uchun e’lon qilingan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan (ID-10194). Uni batafsil koʻrib chiqamiz. ...
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi mahalliy korxonalar tomonidan Oʻzbekiston norezidentlaridan olingan foizsiz qarzlarga soliq solish masalasini tushuntirdi. ...
EHF operatorlaridan biri, «Didox» tizimini taqdim etuvchi «Venkon» kompaniyasi tashkil etgan seminarda elektron hisobvaraq-fakturalarni amalda qoʻllashning muammoli masalalari korxona rahbarlari va buxgalterlari tomonidan muhokama qilindi. Seminarda DSQ, DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAM vakillari, «Norma» MChJ va «Mentalist» oʻquv markazi ekspertlari ishtirok etdilar. ...
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritish
toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muhokama qilish uchun taqdim etdi (ID-10142). Yengil sanoat korxonalari uchun foyda soligʻi, JShDS va mol-mulk soligʻi boʻyicha qoʻshimcha soliq imtiyozlarini joriy etish taklif etilmoqda. ...
Barter operatsiyalaridan butun dunyoda keng foydalaniladi. Biroq Oʻzbekistonda barter:
1996 yildan boshlab mamlakat doirasida taqiqlangan - eksport va import qilishga ruxsat etilgan, yuqori likvidli tovarlar bundan mustasno. ...
2020 yilda “Yagona milliy mehnat tizimi” dasturiy kompleksining (YaMMT) joriy etilishi tadbirkorlarni Soliq kodeksi yangi tahririning qabul qilinishi, elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKMga oʻtilishidan kam tashvishga solayotgani yoʻq. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «Mehnat.uz» MChJ dasturiy-kompyuter markazi direktori Alisher ELMURODOV tizimni sinab koʻrish lozim, biroq amaldagi mehnat shartnomalari boʻyicha butun ma’lumotlarni kiritishga shoshilmaslik kerak, deb hisoblaydi. ...
Davlat soliq qoʻmitasida 13 noyabrdan boshlab kuchga kiradigan foydalanilmayotgan ob’yektlarga soliq solishning yangi tartibining farqini tushuntirishdi. Eslatib oʻtamiz, yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 13.08.2019 yildagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 666-son qaroriga muvofiq joriy etilmoqda. ...
2019 yilning sentyabr-oktyabr oylarida kameral nazorat yakunlariga koʻra soliq organlari QQS hisoboti boʻyicha 250 mlrd soʻmdan ortiq miqdordagi 3 mingdan ziyod tafovut holatlarini aniqladi. Ushbu huquqbuzarliklarni qisqartirish maqsadida mutaxassislar misollarda xatolar haqida gapirib berishdi. ...
QHTBT portalida Prezidentning “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Farmoni loyihasini muhokama qilish davom etmoqda. DSQ u eksportyorlar va importyorlar toʻlov intizomini yanada tartibga solishni maqsad qilganligiga e’tiborni qaratmoqda. ...
Elektron hisobvaraq-fakturaga oʻtishning amaliy masalalariga doir keng koʻlamli tadbirga tayyorlanishda «Didoks» tizimi ishlab chiquvchilari, «Norma» MChJ ekspertlari va «Mentalist» oʻquv markazi bilan birgalikda amaliyotchi buxgalterlar orasida soʻrov oʻtkazildi. U nafaqat elektron hujjat aylanishini joriy etishning texnik murakkabliklari, balki EHF tizimida korxona tovar aylanishini majburiy va oʻz vaqtida koʻrsatish bilan bogʻliqligini koʻrsatdi. ...
Elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻladigan yangi yilga ham oz vaqt qolmoqda. Mijozlar uchun kurashda elektron hujjat aylanishi operatorlari oʻz faoliyatining reklama kampaniyasini faollashtirishdi. ...
YaIDXPda QHTBT boʻlimida Vazirlar Mahkamasining “Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga ob’yektlarni kapital qurishni amalga oshiradigan pudrat tashkilotlariga qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirilgan. ...