Yangiliklar

Material sanasi 06.11.2019
Loyihadan byudjet jarayonidagi oʻzgarishlarni, 2020 yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini 2021-2022 yillarga moʻljallangan yoʻnalishlarni bilib olish hamda 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasi, tashabbusli byudjetlashtirish bilan tanishish mumkin. ... 

Material sanasi 05.11.2019
Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan deklaratsiyada yangi tariflar belgilandi (reyestr raqami 13-TG-2019, 28.10.2019 yil). ... 

Material sanasi 01.11.2019
Bugun Prezidentning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi. ... 

Material sanasi 01.11.2019
Tizim ishga tushirilguniga qadar tuzilgan mehnat shartnomalarini Yagona milliy mehnat tizimida roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklaydigan loyiha normasiga tuzatish kiritilishi ehtimoli bor. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari «Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini takomillashtirish» mavzusidagi davra suhbatida bu haqda ma’lum qildilar. ... 

Material sanasi 31.10.2019
Poytaxtning Yunusobod tumanida ishlab chiqilayotgan Oʻzbekistonda koʻchmas mulkka soliq solishni takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq koʻchmas mulkka soliq solish boʻyicha tajriba loyihasi ishga tushiriladi, deb xabar berdi DSQ matbuot xizmati. ... 

Material sanasi 30.10.2019
Soliq qoʻmitasi soliq organlariga tashrif buyurmasdan soliqlarni onlayn rejimida toʻlash imkoniyatini beradigan elektron tizimlarni takomillashtirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun soliq solishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini barpo etish koʻzlanmoqda. ... 

Material sanasi 30.10.2019
QQS stavkalarining pasaytirilishi bilan birga import bojxona bojlarining oʻzgarishi narxlar va import qiluvchi korxonalar uchun jami yuklamaning oshishiga olib kelmaydi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasida oʻtkazilgan brifingda Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekiston SSP vakillari soʻzlab berishdi. ... 

Material sanasi 29.10.2019
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo Davlat soliq inspeksiyasi oʻz hisobdorlariga joriy yilning 1 oktyabridan boshlab elektron hisobvaraq-fakturaga oʻtishni qat’iy soʻrab xat yubordi. ... 

Material sanasi 29.10.2019
Elektron hivobvaraq-fakturaga oʻtish buxgalterlarda talay savollar tugʻdirmoqda. Masalan – korxona EHFga oʻtgan boʻlsa, uning kontragentlari – oʻtmagan boʻlsa, qanday yoʻl tutish kerak? Yoki tizimga yuklangan hujjatda xato topilgandachi? Bu va boshqa savollarga DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM direktori Hayotjon NASRULLOYeV javob berdi. ... 

Material sanasi 29.10.2019
5 noyabr: •2019 yilning oktyabrida natura shaklida toʻlangan daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni (SK 188-moddasi 1-qismi). ... 

Material sanasi 29.10.2019
Amaldagi Soliq kodeksi ham, yangi kodeks loyihasi ham murakkab tilda yozilgan. Har bir normani koʻp marotaba qayta oʻqib chiqishga toʻgʻri kelmoqda va hatto shundan keyin ham baribir savollar yuzaga kelmoqda. Buxgalterlar kodeksni tushunarliroq qilishni va uni uslubiy koʻrsatmalar bilan toʻldirishni soʻrashmoqda. Bu buxgalterga xato qilmaslik va soliq organlarining maslahat berish boʻlinmalariga yuklamani kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, buxgalterlar xavfni tahlil qilish natijalari boʻyicha tekshiruvlarni tayinlash mezonlari va kameral nazorat natijalari va uning doirasida amalga oshiriladigan harakatlar haqida axborotga muhtojlar. ... 

Material sanasi 28.10.2019
Davlat xizmatlari agentligi tashrif buyuruvchilarga qulay vaqtda navbatga yozilish funksiyasini joriy etmoqda. ... 

Material sanasi 28.10.2019
My.soliq.uz soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetida soliq qonunchiligidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi axborot joylashtirildi. Xususan - yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq boʻlgan import kontraktlari boʻyicha uskunalar va butlovchi buyumlar yuzasidan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzi uchun sanksiyalar qoʻllamaslik. ... 

Material sanasi 28.10.2019
Yangi Soliq kodeksi loyihasini muhokama qilgan holda talay ekspertlar fiskal oʻzaro munosabatlar tomonlarining huquqlari va majburiyatlari qismida uning muvozanatlashtirilmaganligini qayd etdilar. Bunga sabab – soliq tekshiruvlari chogʻida soliq organining yetarlicha aniq boʻlmagan vakolatlari doirasi, boshqa muhim masalalarda batafsil reglamentlarning mavjud emasligi. ... 

Material sanasi 25.10.2019
Diplomli sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi (ASSA) Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlarini XMHSga oʻtishga tayyorlashni rejalashtirmoqda. ASSA Moliya vazirligidagi uchrashuvda oʻz oʻquv dasturi taqdimotini oʻtkazib, hamkorlik tafsilotlarini muhokama qildi. ... 

Material sanasi 23.10.2019
61 ta aksiyadorlik jamiyati emitent tomonidan axborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi qonun normasini buzgan. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ularning mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllanilishi haqida ogohlantirdi. ... 

Material sanasi 23.10.2019
2019 yil 22 oktyabr kuni EOAVMA media-maydonida korxonalar rahbarlari va bosh buxgalterlari, auditorlar va soliq maslahatchilari, Oliy Majlis deputatlari, Moliya vazirligi va DSQ vakillari Soliq kodeksi loyihasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni muhokama qildilar. Konferensiya oʻtkazilgan sanada “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasining 25 yillik va “Norma” kompaniyasining 20 yillik yubileyi nishonlandi. ... 

Material sanasi 23.10.2019
2021 yil yakunlari boʻyicha talay xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar MHXS asosida moliyaviy hisobot tuzishga majbur boʻladilar. Bunga rahbarlar va bosh buxgalterlar tayyormi? Ularda qanday savollar tugʻiladi? Qaysi muammolarni oʻtishning “soʻnggi” muddatlarini kutmasdan hal qilishga ulgurish lozim? ... 

Material sanasi 21.10.2019
Markaziy bank Boshqaruvi 2019 yil 19 oktyabrdagi qarori bilan imtiyozli kreditlash mezonlariga mos kelmaydigan iqtisodiyot tarmoqlari uchun pul-kredit siyosati sharoitlarini qat’iylashtirmaslik uchun qayta moliyalashtirish stavkasini 16% darajasida saqlab qoldi. ... 

Material sanasi 21.10.2019
Roʻyxatga olishning yangi tartibi QQS toʻlovchilarda texnik va tashkiliy tusdagi bir qator savollarni tugʻdirmoqda. Yangi tizim qanday ishlashi haqida Davlat soliq qoʻmitasining Kameral nazorat boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV soʻzlab berdi. ...