Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar retseptsiz dori vositalari narxlarini davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish va farmatsevtika korxonalarining barqarorlik reytingi asosida eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bu 28.01.2025 yildagi PF-13-son Prezident Farmonida koʻzda tutilgan. Tafsilotlarni norma.uz portali keltiradi.
Farmon 2025 yil 29 yanvardan kuchga kirdi: ...
IT-park rezidentlari uchun soliqlarga oid oʻzgarishlar, eksportchilar uchun subsidiya va kompensatsiyalarning bekor qilinishi, temir yoʻl chiptalari narxining oshishi va 2025 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi boshqa yangiliklar va oʻzgarishlarni bizning sharhimizda oʻqing:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling. ...
18.01.2025 yildagi VMQ-18-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlaridan JST bitimlariga muvofiq eksportni qoʻllab-quvvatlash choralari chiqarib tashlanmoqda. ...
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz ta’minoti) uchun toʻlovlari ularning asosiy hisobraqamiga kelib tushgan mablagʻlar doirasida navbatdan tashqari amalga oshiriladi. Bu MB boshqaruvi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan belgilangan.
Norma.uz portali batafsil ma’lumot bermoqda: ...
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, hujjatga bojxona va soliq organlari oʻrtasida QQSni oʻzaro hisob-kitob qilish uchun toʻlov kodi qoʻshildi, deklarantning huquqiy maqomi qismida oʻzgarishlar bor, yangi bojxona postlari qoʻshildi va h.k.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida. ...
Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati «Soliq qo'mitasi matbuot kotibi» guruhida Oʻzbekiston boʻyicha 2025 yil uchun oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalarini – hududlar kesimida (Surxondaryo viloyatidan tashqari) e’lon qildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonun kam ta’minlangan oilalar a’zolari va yoshlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar taqdim etdi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligining Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV tafsilotlarni ma’lum qildi: ...
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-sonli Qonun QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllash maqsadida XMI va XHMT mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari roʻyxatini belgiladi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari tafsilotlarini tushuntirib berdi: ...
2024 yil 24 dekabrdagi OʻRQ-1014-son qonun yoʻlovchi tashish xizmatlari boʻyicha QQS imtiyozini bekor qildi. Bekor qilish sabablarini buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari tushuntirib berishdi: ...
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid XAMROYeV buxgalter.uz iltimosiga koʻra SKda 2025 yilda yer qa’riga soliq solishga oid oʻzgarishlar haqida ma’lumot berdi: ...
Oʻzbekistondagi ish beruvchilar mehnat munosabatlarini, shu jumladan elektron mehnat shartnomalarini «YaMMT» IDAKda roʻyxatdan oʻtkazishlari shart. Bu 27.12. 2024 yildagi VMQ-891-son qarorda nazarda tutilgan.
Ish beruvchilar mehnat shartnomalarini aynan elektron shaklda tuzishlari shartmi? Buxgalter.uz bu masalani «Norma» yuristlaridan aniqlashtirdi: ...
2025 yilda jismoniy va yuridik shaxslardan yer soligʻini undirish boʻyicha Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid XAMROYeV ma’lumot berdi: ...
2025 yilda mahalliy hokimiyat organlariga 27.12.2024 yildagi OʻRQ-1011-son qonuni bilan ijara toʻlovi eng kam stavkalariga 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash huquqi berildi. Bunday qarorning ijobiy va salbiy tomonlarini buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sanab oʻtdi: ...
SKda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish qismida 2025 yilgi oʻzgarishlar haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari ma’lumot berdilar: ...
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonunga asosan bozorlar va savdo majmualarida savdo qiluvchi YaTTlar xodimlari tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliq miqdori kamaytirildi.
Yangilik haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV ma’lumot berdi: ...
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonun qat’iy stavkadagi JShDSni indeksatsiya qildi va ularni muayyan oraliqda belgiladi.
Yangi kiritilgan oʻzgarishlar mantigʻini buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV tushuntirib berdi: ...
2025 yilda aksiz soligʻi boʻyicha oʻzgarishlar haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari ma’lumot berishdi: ...
24.12.2024 y.dagi OʻRQ-1014-son Qonun Soliq kodeksiga qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotishdan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha nol foiz miqdoridagi stavkani belgilaydigan, eksport boʻyicha nol stavkani bekor qiladigan, xususiy maktablar qurilishida tezlashtirilgan amortizatsiyani qoʻllash imkonini beradigan va boshqa normalarni kiritdi.
Oʻzgarishlar haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV buxgalter.uz ga ma’lumot berdi: ...