Soliq hisobi

Material sanasi 11.09.2024
«Chakana savdo korxonasi YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor ) shaklidagi chet el kompaniyasi bilan import shartnomasini tuzdi. U xizmatlar koʻrsatadi, jismoniy shaxs sifatidagi oʻzining rezidentlik sertifikatini taqdim etgan. Bu holda biz qanday soliqlarni toʻlaymiz?». Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 10.09.2024
«Norezidentning doimiy muassasasi foydaga ega, biroq yil davomida dividendlar (sof foyda) toʻlamagan. SKning 347-moddasiga asosan, sof foyda deganda jami daromad va joriy soliq davri (kalendar yil) uchun xarajatlar oʻrtasidagi farq tushuniladi. Agar doimiy muassasa yil davomida dividendlar toʻlamagan boʻlsa, u sof foydadan olinadigan soliqni yil yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarishi va toʻlashi kerakligini toʻgʻri tushunyapmizmi?». Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 10.09.2024
«Korxona tovarlarni bojxona qiymatidan past narxda sotdi. SKning 248-moddasi 5-qismiga asosan Oʻzbekistonga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi olib kirish (import qilish) chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas. Korxonada qoʻshimcha QQS hisoblanishi xavfi mavjud. Auditorlar mijozdan sababini soʻragashganda, u oʻz mijozlariga chegirma taqdim etayotgani bois tovarlarni bojxona qiymatidan past narxda sotayotganini aytdi va oʻzining narx siyosatini sabab sifatida koʻrsatdi». Tovarlarni tannarxidan va bojxona qiymatidan past narxda sotishda QQS boʻyicha qanday soliq xavflari yuzaga kelishini «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ... 

Material sanasi 09.09.2024
«A» korxonasi oʻziga tegishli binoni «B» korxonasiga mehmonxona joylashtirish uchun ijaraga beradi. «B»ning asosiy faoliyat turi – mehmonxona xizmatlari, ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud, korxona ijaraga olingan bino joylashgan manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan. Agar binodan mehmonxona sifatida foydalanilsa, «A» korxonasi 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son qarorga asosan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllashga haqlimi?». Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZOMUDDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 09.09.2024
«Korxona transport-ekspeditorlik faoliyati (vositachilik) bilan shugʻullanadi. Qozogʻistondagi xuddi shunday yuridik shaxs (vositachi) bilan ekspeditorlik boʻyicha import shartnomasini tuzdik. U bilan bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan boʻlib, unda Qozogʻiston byudjetiga toʻlanadigan QQS ajratib koʻrsatilgan. Rezidentlik sertifikati mavjud. Agar xizmatlarni yetkazib beruvchi oʻz mamlakatida soliq toʻlagan boʻlsa, transport-ekspeditorlik xizmatlarini import qilishda QQS toʻlash kerakmi?». Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 05.09.2024
«QQS toʻlovchi boʻlgan korxona transport xizmatlarini koʻrsatadi, shuningdek avtotransportni ijaraga beradi. Oʻzbekistonga Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan ta’sischiga tegishli maxsus texnika va yengil avtomobillarni olib kirib, shartnomalar boʻyicha ishlarni bajarish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu texnikadan foydalangan holda bajarilgan ishlar boʻyicha qanday soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlash kerak boʻladi?». Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 05.09.2024
«Angliyaning «A» kompaniyasi Oʻzbekistonning «V» korxonasiga uskunani montaj qilish xizmatlarini koʻrsatdi, xizmatlar haqiqatda Oʻzbekistonda koʻrsatildi. Shartnoma boʻyicha xizmatlarning umumiy qiymati – 40 ming AQSh dollari. Uskunani montaj qilish va ishga tushirish dalolatnomasi imzolangan. «V» korxonasi Angliyaning rezidentlik sertifikatini soʻragan va norezidentning daromadlaridan soliqni ushlab qolmagan holda, koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishga tayyor edi. Ammo Angliyaning «A» kompaniyasi talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechdi va qarzdorlikni Oʻzbekistonning rezidenti boʻlgan boshqa «S» korxonasiga oʻtkazdi. Barcha tomonlar bu haqda lozim darajada xabardor qilingan va bunga rozi. Endi «V» korxonasi shartnoma summasini «S» korxonasiga toʻlashga rozi, biroq, 20% stavka boʻyicha soliqni ushlab qolgan holda, basharti Angliyaning «A» kompaniyasi Angliyaning rezidentlik sertifikatini taqdim etmasa. Lekin «S» korxonasi soliqlarni Oʻzbekistonda oʻzi toʻlaydi, Angliyaning «A» kompaniyasi esa haqiqatda «V»dan daromad olmaydi. «V» korxonasi shartnoma boʻyicha summani Oʻzbekistonning «S» korxonasiga toʻlashda rezidentning daromadlaridan soliqni ushlab qolishi kerakmi?». Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 04.09.2024
«Korxona va Malayziya milliy korporatsiyasi oʻrtasida bilim va koʻnikmalar bilan almashish maqsadida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan. Korporatsiya xodimlari Oʻzbekistonga kelganda, korxona ularning yoʻl va mehmonxonada yashash haqini toʻlaydi. Biz qanday hujjatlarni rasmiylashtirishimiz kerak? Soliq oqibatlari yuzaga keladimi?». Savollarga buxgalter.uz uchun maxsus Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 04.09.2024
«QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korxona ta’sischi bilan foizsiz qarz shartnomasini tuzdi. Shartlar: korxona qarzni soʻmda AQSh dollariga ekvivalent boʻlgan summada oladi va uni 18 oydan soʻng bir toʻlov bilan soʻmda soʻndirish sanasidagi MBning rasmiy kursi boʻyicha AQSh dollariga ekvivalent summada qaytaradi. Bunday qarz shartnomasi foizsiz va valyuta shartnomasi hisoblanadimi? Bitimni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish kerak? 12 oydan ortiq muddatga tuzilgan bunday shartnoma boʻyicha qanday buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirish lozim?». Savollarga «Norma»ning ekspertlari Nurali NURMUHAMEDOV va Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdilar: ... 

Material sanasi 30.08.2024
«Korxonamiz Ukrainadagi zavod bilan tuzilgan import shartnomasi asosida 25 ta temir yoʻl vagonini import qildi. Endi biz bu vagonlarning barchasini Qozogʻiston Respublikasidagi xaridorga sotmoqchimiz. Bizda QQS va foyda soligʻi boʻyicha qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?» Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 23.08.2024
«Biz - bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatimiz. DSI bizga QQS va foyda soligʻi boʻyicha hisobotni taqdim etmaganlik uchun SKning 462-moddasiga asoslanib jarimalar qoʻlladi. Shirkat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmaydi, ijaradan ham daromad yoʻq. Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkati QQS va foyda soligʻini toʻlashi kerakmi?» Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 15.08.2024
«Oʻzbekiston norezidenti boʻlgan xorijiy kompaniya Oʻzbekistonda doimiy muassasa roʻyxatdan oʻtkazdi. Uning buyurtmachisi ishlar (xizmatlar) uchun chet el valyutasida toʻgʻridan-toʻgʻri doimiy muassasaning hisobraqamlariga toʻlaydi. Doimiy muassasa davriy ravishda foydani bosh kompaniya hisobraqamiga oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Buning uchun nima qilish kerak?» Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasi Soliq solish metodologiyasi departamenti Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Rano ALIShAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 13.08.2024
«Supermarket xarid qilingan tovarlarni yetkazib beruvchilarning EHFlarida koʻrsatilgan nomlar va MXIK boʻyicha kirim qiladi. Chakana savdo korxonasi tovarni balansga kirim qilib, keyin uni sotganda, ularni korxonada qabul qilingan nomlar boʻyicha, yetkazib beruvchilarning EHFlarida koʻrsatilgan nomlar boʻyicha emas, boshqa nom bilan aks ettirishga haqlimi?». Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZOMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 13.08.2024
«Yagona rezident-ta’sischi biznesni rivojlantirish uchun korxonaga 5 mlrd soʻm miqdorida qaytarib berish sharti bilan foizsiz pul qarzi bermoqchi. Bu holda foizsiz qarz shartnomasi transfert narxi qoʻllaniladigan nazorat qilinadigan bitim hisoblanadimi?». Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 08.08.2024
«Korxona oʻz xodimlarini ingliz tili kurslarida oʻqitishni rejalashtirmoqda. Bu korxona faoliyati uchun zarur. Korxona oʻqishning 100% toʻlovini amalga oshiradi, uning 50% qiymatini esa xodimlarning yozma arizasi asosida ularning ish haqidan ushlab qoladi. Buning qanday soliq oqibatlari bor va qanday buxgalteriya oʻtkazmalari bilan rasmiylashtiriladi?» Buxgalter.uz oʻquvchilari uchun maxsus "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA savolni tushuntirdi: ... 

Material sanasi 07.08.2024
«Korxona (ijrochi) Rossiya kompaniyasi (buyurtmachi) bilan eksport xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzdi. 328 ming rubl miqdorida 100 foizlik oldindan toʻlov olindi. Lekin keyin buyurtmachining rejalari oʻzgardi. Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi, unga koʻra 316 ming rubl qaytarilishi kerak, 12 ming rubl esa ma’muriy xarajatlarni qoplash sifatida ijrochida qoladi. Bu haqda dalolatnoma imzolangan. Koʻrsatilgan 12 ming rubl boʻyicha qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi? Bu summaga bir tomonlama EHF taqdim etish kerakmi?» Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 05.08.2024
«QQS toʻlovchi korxona 626-sonli VMQga muvofiq autsorsing asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish bilan shugʻullanadi. Ovqat tayyorlash xizmatlari uchun korxonaning barcha xarajatlariga (soliqlar, xodimlar ish haqi, transport xizmatlari, jihozlarni ta’mirlash va ulardan foydalanish hamda boshqalar) 20% gacha ustama belgilangan. Korxona 20% gacha ustama belgilaganda 12% QQS bilan EHF shakllantiradi». Korxona davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanish qiymatiga ustamani toʻgʻri belgilayotganini buxgalter.uz uchun maxsus Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA tushuntirdi: ... 

Material sanasi 31.07.2024
«QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korxona maishiy texnikani boʻlib-boʻlib sotmoqda. Shartnomaga koʻra, xaridor tovar qiymatini 12 oy davomida toʻlaydi, foizlar hisoblanmaydi, penya yoʻq. Jalb qilingan soliq maslahatchilari foyda soligʻi sotish summasidan emas, balki toʻlov summasidan, ya’ni boʻlib-boʻlib toʻlash davrida soliqqa tortilishi kerak deb ta’kidlamoqdalar. Asos - 2-sonli BHMS Misollarining 8-bandi "Boʻlib-boʻlib sotish, bunda tovar qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadi. Sotish narxiga tegishli daromad, foizlar bundan mustasno, sotish sanasida tan olinadi. Sotish narxi olinishi kerak boʻlgan qismiy toʻlovlarni taxmin qilingan foiz stavkasi boʻyicha diskontlash asosida aniqlanadi. Foizlar esa kiritilgan foiz stavkasini hisobga oluvchi vaqtga doir mutanosiblik asosida ularning olinishiga qarab daromad sifatida tan olinadi". Foyda soligʻi tovarni sotish vaqtida daromad summasidan yoki toʻlov kelib tushganda, ya’ni qarz toʻlanishidan hisoblanadimi?". Vuxgalter.uz savollariga "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 25.07.2024
"Shartnoma asosida korxona qayta ishlashga berilgan xom ashyo sifatida bichimni oldi. Yongʻin sodir boʻlganligi sababli bichimning bir qismi toʻliq yoʻq qilindi. Endi qayta ishlashga beruvchi buni bichimni sotish deb hisoblab, yonib ketgan bichim qiymatiga QQS bilan EHF taqdim etmoqda. U qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bogʻliq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandiga havola qilmoqda. Lekin xom ashyoni qayta ishlovchiga topshirishda uning qiymati buyurtmachi balansidan chiqarilmaydi. Demak, xom ashyoga mulk huquqi oʻtkazilishi va mos ravishda QQS solish ob’yekti (realizatsiya boʻyicha aylanma) yuzaga kelmaydi (SK 239-m.1-q.1-b.). Bu sharoitda buyurtmachi qayta ishlashga berilgan xom ashyoni qayta ishlovchiga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki yuk xati boʻyicha topshiradi. Endi esa, bichim yonib ketganda uni QQSni hisobga olgan holda toʻlashni talab qilmoqda. Lekin yongʻin bizning korxonamiz aybi bilan yuzaga kelmagan, biz ham yongʻindan jabrlanganmiz. Yongʻinda aybdor aniqlanmagan. Agar biz bu bichimni sotib olingandek toʻlasak, u bizda amalda yoʻq, havoni kirim qilishga toʻgʻri keladi. Nima qilish kerak? Qayta ishlashga beruvchiga faqat 4-darajali murakkablikdagi yongʻin oqibatida bichimning yoʻqolganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida bichim qiymatini toʻlash mumkinmi?" Savolga "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 23.07.2024
"Korxona davlat mulki ob’yektini ijaraga oldi. Agar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat mulkini ijaraga bersa, bu mulkni ijaraga berish vakolatiga ega boʻlgan organ soliq agenti deb tan olinadi (SK 256-m. 1-q.). Soliq bazasini soliq agenti ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovi miqdorida, soliqni hisobga olgan holda aniqlaydi. Agar hokimiyat bizning korxonamizga hisob-faktura taqdim etmagan boʻlsa, QQS summasini qanday hisobga olish mumkin?" Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...