Foyda soligʻi

Material sanasi 25.11.2024
«Umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi MChJ chakana savdo bilan shugʻullanadi. Savdo faoliyatida qurish, toʻkilish, oqish va boshqa shunga oʻxshash omillar natijasida yuzaga keladigan tabiiy kamayishning tasdiqlangan stavkalari (normalari) bormi, toki bu yoʻqotishlarni foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlash mumkin boʻlsin?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 20.11.2024
«Tashkilot qurilish materiallari bilan savdo qiladi va shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish zavodini quryapti (ikki turdagi faoliyat). U erkin iqtisodiy zonaga kiradi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozga ega. Ikki turdagi faoliyatning umumiy natijasi hozircha zarar koʻrsatmoqda. Foyda soligʻini hisoblashda oʻtgan yillar zararini necha yil davomida koʻchirish mumkin?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 12.11.2024
«Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va foyda soligʻini hisoblash maqsadida xizmat safari xarajatlarining qaysi me’yorlarini hisobga olish kerak?» Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi boʻlimi mutaxassislari tomonidan tushuntirish berildi. ... 

Material sanasi 25.10.2024
«Ta’sischi tibbiyot klinikasiga qisqa muddatli qarzlar bergan edi. Endi u ularni korxonaga tekin bermoqchi. Ta’sischi oʻz qarori bilan qarzlarni 6820-hisobdan 8530-hisobga tekin olingan mulk sifatida oʻtkazishi, 6920-hisobdagi yigʻilgan foizlar bilan korxona zararini qoplashi mumkinmi? Buning qanday soliq oqibatlari bor?» Savolga «Norma»ning eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 04.10.2024
«Qozogʻiston rezidenti - yuridik shaxs bizga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha transport xizmatlari koʻrsatmoqda. Bunday vaziyatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi va qanday hisobotlarni taqdim etish kerak?» Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 30.09.2024
«Kompaniya chet el moliya tashkilotidan traktorlar sotib olish uchun kredit oldi. Traktorlar (import) umumiy qiymati 1,5 million AQSh dollari miqdorida kelib tushdi. Bugungi kunga kelib, kreditning 1 million dollardagi miqdori yopilgan va foizlar toʻlangan. Kreditning qolgan 500 ming dollar miqdoridagi qismini toʻlay olmaymiz, mablagʻ yoʻq. Boshqa mahalliy kompaniya shu summaga traktorlar ularga oʻtishi sharti bilan kelgusida kreditni oʻziga qayta rasmiylashtirishga tayyor. Kreditor bunga rozi. Bu holatda Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq qanday turdagi shartnomani tuzish mumkin? Bu operatsiyalardan qanday soliq oqibatlari (QQS, foyda soligʻi) yuzaga keladi (asosiy qarzning toʻlangan qismi va foizlari boʻyicha va toʻlanmagan qismining qoldigʻi boʻyicha)? Bu yerda SKning 244-moddasi 6-bandi qoʻllaniladimi? Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 10.09.2024
«Norezidentning doimiy muassasasi foydaga ega, biroq yil davomida dividendlar (sof foyda) toʻlamagan. SKning 347-moddasiga asosan, sof foyda deganda jami daromad va joriy soliq davri (kalendar yil) uchun xarajatlar oʻrtasidagi farq tushuniladi. Agar doimiy muassasa yil davomida dividendlar toʻlamagan boʻlsa, u sof foydadan olinadigan soliqni yil yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarishi va toʻlashi kerakligini toʻgʻri tushunyapmizmi?». Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 04.09.2024
«Korxona va Malayziya milliy korporatsiyasi oʻrtasida bilim va koʻnikmalar bilan almashish maqsadida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan. Korporatsiya xodimlari Oʻzbekistonga kelganda, korxona ularning yoʻl va mehmonxonada yashash haqini toʻlaydi. Biz qanday hujjatlarni rasmiylashtirishimiz kerak? Soliq oqibatlari yuzaga keladimi?». Savollarga buxgalter.uz uchun maxsus Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 04.09.2024
«QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korxona ta’sischi bilan foizsiz qarz shartnomasini tuzdi. Shartlar: korxona qarzni soʻmda AQSh dollariga ekvivalent boʻlgan summada oladi va uni 18 oydan soʻng bir toʻlov bilan soʻmda soʻndirish sanasidagi MBning rasmiy kursi boʻyicha AQSh dollariga ekvivalent summada qaytaradi. Bunday qarz shartnomasi foizsiz va valyuta shartnomasi hisoblanadimi? Bitimni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish kerak? 12 oydan ortiq muddatga tuzilgan bunday shartnoma boʻyicha qanday buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirish lozim?». Savollarga «Norma»ning ekspertlari Nurali NURMUHAMEDOV va Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdilar: ... 

Material sanasi 15.08.2024
«Oʻzbekiston norezidenti boʻlgan xorijiy kompaniya Oʻzbekistonda doimiy muassasa roʻyxatdan oʻtkazdi. Uning buyurtmachisi ishlar (xizmatlar) uchun chet el valyutasida toʻgʻridan-toʻgʻri doimiy muassasaning hisobraqamlariga toʻlaydi. Doimiy muassasa davriy ravishda foydani bosh kompaniya hisobraqamiga oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Buning uchun nima qilish kerak?» Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasi Soliq solish metodologiyasi departamenti Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Rano ALIShAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 31.07.2024
«QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korxona maishiy texnikani boʻlib-boʻlib sotmoqda. Shartnomaga koʻra, xaridor tovar qiymatini 12 oy davomida toʻlaydi, foizlar hisoblanmaydi, penya yoʻq. Jalb qilingan soliq maslahatchilari foyda soligʻi sotish summasidan emas, balki toʻlov summasidan, ya’ni boʻlib-boʻlib toʻlash davrida soliqqa tortilishi kerak deb ta’kidlamoqdalar. Asos - 2-sonli BHMS Misollarining 8-bandi "Boʻlib-boʻlib sotish, bunda tovar qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadi. Sotish narxiga tegishli daromad, foizlar bundan mustasno, sotish sanasida tan olinadi. Sotish narxi olinishi kerak boʻlgan qismiy toʻlovlarni taxmin qilingan foiz stavkasi boʻyicha diskontlash asosida aniqlanadi. Foizlar esa kiritilgan foiz stavkasini hisobga oluvchi vaqtga doir mutanosiblik asosida ularning olinishiga qarab daromad sifatida tan olinadi". Foyda soligʻi tovarni sotish vaqtida daromad summasidan yoki toʻlov kelib tushganda, ya’ni qarz toʻlanishidan hisoblanadimi?". Vuxgalter.uz savollariga "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 22.07.2024
"Korxona tovar yetkazib berish boʻyicha ikkita import shartnomasiga ega. Bir shartnoma boʻyicha tovar IM 74 rejimidan davlat foydasiga hisobdan chiqarilgan, ikkinchisi boʻyicha - IM 74 rejimidan IM 76 rejimiga (yoʻq qilish) rasmiylashtirilgan. Har ikkala shartnoma boʻyicha kreditorlik qarzi mavjud. Ushbu shartnomalar boʻyicha kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishda daromadni tan olish va foyda soligʻini toʻlash kerakmi?" Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 21.06.2024
«Korxona avtomobilni yuridik shaxsga ijaraga berdi. Ijara shartnomasiga asosan ijaraga olingan avtomobil boʻyicha barcha xarajatlarni ijaraga oluvchi amalga oshiradi. Avtomobil boshqa transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etib, YTHga uchradi. Sud jarayonlari tugaguniga qadar ijaraga oluvchi avtomobilni oʻz ... 

Material sanasi 20.06.2024
«Korxona 2024 yil I chorak uchun 2 mlrd soʻm daromad oldi. Ammo hukumat topshirigʻiga koʻra (PQ, VMQ) oʻsha davr uchun u Oʻzbekistonda sportni rivojlantirish uchun 10 mlrd soʻm miqdorida homiylik yordamini koʻrsatdi. Korxona daromadidan 8 mlrd soʻmga oshgan chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga foyda soligʻi ... 

Material sanasi 06.06.2024
“Korxona reklama xizmatlarini koʻrsatadi. Unda eksport shartnomalari mavjud boʻlib, ularga muvofiq biz norezidentlarga Oʻzbekiston hududida reklama xizmatlari koʻrsatamiz. Foyda soligʻini hisoblashda biz SKning 337-moddasiga asosan nol darajali stavkani  qoʻllaymiz. Soliq inspeksiyasi Foyda soligʻi ... 

Material sanasi 07.05.2024
“Kompaniyamizning sotuv boʻlimi xodimlari masalalarni muhokama qilish yoki muammolarni hal qilish uchun mijozlar bilan uchrashishadi. Ular koʻpincha mijozlarni birga tushlik qilishga taklif qilishadi (shu jumladan alkogolli ichimliklar bilan mehmon qilishadi). Agar kompaniyamizga hamkorlar yoki boshqa kompaniyalar ... 

Material sanasi 06.05.2024
“Korxona ustav fondiga hissa sifatida boshqa yuridik shaxslarning aksiyalarini oldi. Aksiyalar nominal qiymati boʻyicha hisobda turadi. Hozir aksiyalar egalik qiluvchiga bozor qiymati boʻyicha qaytarib sotilmoqda. Korxona – QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi sanaladi. Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori narxda ... 

Material sanasi 17.04.2024
“Kompaniya Oʻzbekiston hududida doimiy muassasasi mavjud boʻlmagan chet davlatning yuridik  shaxslari va jismoniy shaxslariga TIA xizmatlari koʻrsatadi. 2023 yilda kompaniya xizmatlar eksportidan olinadigan foyda soligʻining nol darajali stavkasini qoʻlladi va xarajatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri taqsimlash usulini ... 

Material sanasi 28.03.2024
« Korxona turli soliqlar uchun alohida-alohida hisob usullaridan foydalanishi mumkinmi? Masalan, foyda soligʻini hisoblash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri usuldan , Q QS ni hisoblash uchun esa mutanosib usuldan foydalan a oladimi? » Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha ... 

Material sanasi 26.02.2024
“Tashkilotimiz 2018 yilda tovarni yetkazib berishga doir import kontraktini tuzdi. Tovar chet el kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi. Tovar kontraktda koʻrsatilganiga nisbatan oʻzgacha sifatda ekanligi ma’lum boʻlganligi munosabati bilan biz toʻlovni qisman amalga oshirdik. Chet el kompaniyasiga sifatsiz ...