Yangi

1 sentyabrdan MHEKM 822 000 soʻmni, BHM - 270 000 soʻmni tashkil etadi

18.08.21
2021 yil 1 sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirildi. Tegishli Farmon Prezident tomonidan 17.08.2021 yilda imzolandi. Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar 1,1 barobarga oshirildi. Ish beruvchilarga ish haqini MHEKMdan kam boʻlmagan holda toʻlashni ta’minlash tavsiya qilindi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida.

Tashkilotingizning barcha hisob ma’lumotlarini tekshirib chiqing

16.08.21
DSQ soliq toʻlovchi-yuridik shaxslarga e’tibor qaratdiki, 2021 yil 31 iyuldan shaxsiy kabinetlarga hisob ma’lumotlarini tekshirish va tasdiqlash yoki zarur oʻzgarishlarni kiritishni soʻrab, ogohlantirish yuborilgan. 17 856 respondentdan 114 tasi bunga munosabat bildirdi.

Qanday qilib filiallar va vakolatxonalar STIRini bekor qilish mumkin

13.08.21
DSQ soliq organlaridagi alohida boʻlinmalar (filiallar va vakolatxonlar)ni hisobga olish va ular tomonidan soliq toʻlash qoidalariga tushuntirish berdi.

Soliqlar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlash qanday olinadi

12.08.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tadbirkorlikni qoʻllab-kuvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildi.

Oʻzbekiston Moliya vazirligi auditorlarni sertifikatlash boʻyicha funksiyadan voz kechdi

06.08.21
Prezidentning “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (PQ-5210-son, 04.08.2021 y.). Auditorlik faoliyatini tartibga solishga u qanday yangilik kiritishi haqida, buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV gapirib berdi:

Koʻchma savdo ob’yektini roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtirildi

05.08.21
Vazirlar Mahkamasi “Koʻchma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni tasdiqladi (485-son VMQ, 03.08.2021 y.). Hujjatga asosan mobil savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtirilmoqda. Hujjatning asosiy qoidalari - buxgalter.uz sharhida.

Sizning kontragentlaringiz orasida Davlat reyestridan chiqariladigan tashkilotlar mavjudligini tekshiring

04.08.21
Davlat xizmatlari agentligining rasmiy saytida davlat reyestridan chiqariladigan tadbirkorlik sub’yektlari roʻyxati e’lon qilingan. Ularning barchasi 3 yildan ortiq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayapti. Ushbu sub’yektlarning ta’sischilari va rahbarlarida oʻz tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tiklash imkoniyati hali ham mavjud.

Ishlatilgan tarani topshirish mumkin boʻladi, uni yigʻish punktlari ochiladi

03.08.21
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi (468-son, 28.07.2021 y.). Taraning depozit tizimi qanday ishlashi va kim uning ishtirokchisi boʻlishi haqida - buxgalter.uz sharhida.

2021 yil 1 avgustdan nima oʻzgaradi

29.07.21
1 avgustdan qonunchilikka navbatdagi oʻzgartirishlar toʻplami kuchga kiradi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida.

Qanday soliq hisobotlari 23 iyulga koʻchiriladi

15.07.21
Diqqat! 20, 21 va 22 iyul bayram va ishlanmaydigan kunlarga toʻgʻri keladi. Shu bois soliq hisobotlarining ba’zi shakllarini taqdim etish va soliqlarni toʻlash 23 iyulga koʻchiriladi (SK 5-m. 7-8-b.) (SK 86-m. 6-q.).