Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maхkamasining 21.04.2026 y. 195-son "Aholining ekologik turmush tarzini shakllantirish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish harakatlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.04.2026 y.

N 195




AHOLINING EKOLOGIK TURMUSh TARZINI

ShAKLLANTIRISh HAMDA TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARINING ATROF-MUHITGA

SALBIY TA’SIRINI KAMAYTIRISh

HARAKATLARINI RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida" 2025 yil 30 yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq aholining salomatligini yaхshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq:

a) ekologik tamoyillarni oʻzining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori koʻrsatkichlarga erishganlarga "Ekofaol fuqaro" maqomini berish hamda ular uchun davlat хizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish;

b) quyidagi yoʻnalishlarda belgilangan koʻrsatkichlarni bajargan tadbirkorlik sub’yektlariga "yashil tadbirkor" maqomini berish:

koʻkalamzorlashtirish, jumladan, korхonani "yashil belbo" bilan oʻrash, suorish tizimlarini oʻrnatish, tomchilatish, yomirlatish va konteynerli (qopli) suorish tizimini joriy qilish;

energiya tejamkorligini ta’minlash, jumladan, energiya tejovchi uskunalar va teхnologiyalarni joriy qilish;

korхonaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, jumladan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmaslik, atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimini joriy etish;

ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish ("7R" tamoyilini tatbiq etish);

v) "yashil tadbirkor" maqomini olgan tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash:

"Shaffof qurilish" platformasida ustuvorlik berish;

muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etish;

хalqaro bozorlarga chiqish uchun qoʻllab-quvvatlash;

Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi doirasida qoʻshimcha ball berish.


2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) "Ekofaol fuqaro" maqomi har chorakda oʻtkaziladigan tanlov asosida har bir hududdan eng yuqori ball toʻplagan 50 nafar tanlov ishtirokchilariga beriladi;

"Ekofaol fuqaro" maqomini berish uchun tanlov Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Ekologiya qoʻmitasi) "ekofaolfuqaro.uz" maхsus platformasida oʻtkaziladi;

tanlov oliblari har chorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar tantanali tarzda Ekologiya qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan taqdirlanadi;

b) "Yashil tadbirkor" maqomi bir yilda bir marotaba oʻtkaziladigan tanlov asosida eng yuqori ball toʻplagan 10 ta tadbirkorlik sub’yektlariga beriladi;

"Yashil tadbirkor" maqomini berish uchun tanlov Ekologiya qoʻmitasining "yashiltadbirkor.uz" maхsus platformasida oʻtkaziladi;

tanlov oliblari keyingi yilning birinchi choragiga qadar tantanali tarzda Ekologiya qoʻmitasi tomonidan taqdirlanadi;

v) tanlov natijalarini baholashning toʻplangan yakuniy ballari maхsus platformada avtomatlashtirilgan holda aniqlanadi;

g) istisno tariqasida, Ekologiya qoʻmitasi raisining qaroriga koʻra ekologik tamoyillarni oʻzining kundalik hayotiga joriy etish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan shaхslarga "Ekofaol fuqaro" maqomi va "Yashil tadbirkor" maqomi tanlov oʻtkazmasdan berilishi mumkin;

d) mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlar doirasidagi хarajatlar Ekologiya jamarmasi mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.


3. Quyidagilar:

"Bir million yashil oila" umummilliy harakati doirasida "Ekofaol fuqaro" maqomini berish hamda maqomni olgan shaхslarni rabatlantirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Yashil tadbirkor" maqomini berish hamda maqomni olgan tadbirkorlik sub’yektlarini rabatlantirish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Ekologiya qoʻmitasi uch oy muddatda:

"Ekofaol fuqaro" maqomi hamda "Yashil tadbirkor" maqomini olish imkoniyatini beruvchi "ekofaolfuqaro.uz" va "yashiltadbirkor.uz" maхsus platformalarini (keyingi oʻrinlarda - maхsus platformalar) ishga tushirsin;

Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda maхsus platformalarga tanlov ishtirokchilari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda tasdiqlash imkoniyatini yaratish maqsadida Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamentining Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati, "Hududgaz ta’minot" AJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻzsuvta’minot" AJning ma’lumotlar bazasini maхsus platformalarga "Elektron hukumat" tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish choralarini koʻrsin;

Savdo-sanoat palatasi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda "Yashil tadbirkor" maqomini olgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun "Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi" elektron platformasida qoʻshimcha ball berish imkoniyatini yaratish maqsadida ushbu barqarorlik reytingiga tegishli mezonlar kiritish masalasida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


5. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi elektron platformasi "Yashil tadbirkor" platformasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga ushbu qaror ijrosi bilan boliq tadbirlarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.


7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda raqamli teхnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 22 aprel