Qonunchilikdagi yangiliklar

Material sanasi 28.02.2025
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyentlarni nafaqat tumanlar va zonalar boʻyicha, balki faoliyat turlari yoki koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha ham tabaqalashtiradi. Tafsilotlar va soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVAning sharhlari – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 28.02.2025
2028 yil 1 yanvargacha 10 ta faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning 1% stavkasi uzaytirildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 28.02.2025
2025 yil 1 martdan boshlab milliy qonunchilikdagi navbatdagi oʻzgarishlar kuchga kiradi. Xususan, Mehnat inspeksiyasi kameral tekshiruvlarni boshlaydi, shuningdek, davlat koʻchmas mulkini ijaraga olish yoki sotib olish tartibi oʻzgaradi. Tafsilotlar – buxgalter.uz saytining sharhida: ... 

Material sanasi 24.02.2025
11 fevralda Vazirlar Mahkamasi «Bojxona ma’muriyatchiligi tartib-taomillarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 77-son qarorini qabul qildi. Hujjat nafaqat foydalanilayotgan atamalar sonini 26 tadan 15 tagacha qisqartirdi, balki faktoringdan foydalanish orqali tashqi savdo operatsiyalarida moliyaviy oqimlarni optimallashtirish uchun yangi mexanizmlarni joriy etdi. «ICONSULTANT» MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilari uchun eng muhim oʻzgarishlarni ajratib koʻrsatdi: ... 

Material sanasi 20.02.2025
Regulation.adliya.uz saytida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan naqd pulga sotib oluvchi korxonalar uchun muhim boʻlgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 19.02.2025
Savdo-sanoat palatasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi oziq-ovqat sanoatida yana bir uyushma tashkil etishni va 2027 yil 1 yanvargacha oziq-ovqatga moʻljallangan barcha turdagi yogʻ-moy mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalashni joriy etishni taklif qilmoqda. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqladi: ... 

Material sanasi 17.02.2025
13.02.2025 yildagi OʻRQ-1030-son Qonun bilan Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻrganishda davom etamiz. Ular oʻrtacha ish haqini hisoblashdan tashqari, «ta’til puli»ni hisoblash va ishdan boʻshatishda foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani hisoblashga ham taalluqli: ... 

Material sanasi 17.02.2025
13.02.2025 yildagi OʻRQ-1030-son Qonun bilan oʻrtacha ish haqini hisoblashga oʻzgartirishlar kiritildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 13.02.2025
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan chet el valyutasida sotib olinadigan turli xil aktivlarni baholash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar buxgalteriya hisobining uchta milliy standartiga tegishli boʻldi – 4, 5 va 7-sonli. Tafsilotlar – Buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 12.02.2025
MChJlar toʻgʻrisidagi Qonunga 07.02.2025 yildagi OʻRQ-1025-son Qonun bilan MChJ ustav fondiga naqd pulsiz hissalarni baholash toʻgʻrisidagi 17-moddaga qoʻshimcha kiritildi. Oʻzgartirishlar 2025 yil 8 maydan kuchga kiradi. Amaldagi qonunchilikning asosiy qoidalari va yangi talablarni koʻrib chiqamiz. ... 

Material sanasi 12.02.2025
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yoqilgʻi-energetika resurslarini qazib oluvchi, ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi, tashuvchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi (taqsimlash, realizatsiya qilish) va iste’mol qiluvchi xoʻjalik sub’yektlarini sutkaning istalgan vaqtida tekshirish huquqini oldi. Bu 10.02.2025 yildagi yangi PF-20-son Farmonda nazarda tutilgan. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda. Hujjat 11 fevraldan kuchga kirdi: ... 

Material sanasi 11.02.2025
Fevral oyida «Mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi Qonunga muhim oʻzgartishlar kiritildi. Ular 2025 yil 8 maydan kuchga kiradi. Biznes e’tiborga olishi kerak boʻlgan asosiy yangiliklarni koʻrib chiqamiz. ... 

Material sanasi 10.02.2025
Xoʻjalik jamiyati ishtirokchilari oʻz a’zolik huquqlarini amalga oshirish toʻgʻrisida oʻzaro korporativ shartnoma tuzishga haqli. 07.02.2025 yildagi yangi OʻRQ-1025-son Qonun ushbu hujjatning huquqiy maqomini belgilaydi. U shuningdek «unitar korxona» va «qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat» tashkiliy-huquqiy shakllarini tugatish, MChJ ta’sis shartnomasi va unga kiritilgan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish talabini bekor qilish va boshqa masalalarni nazarda tutuvchi bir qator qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi. Tafsilotlarni norma.uz portali keltiradi. ... 

Material sanasi 07.02.2025
1 apreldan farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yoki tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar daromadlaridan qat’i nazar QQS toʻlovchilari deb e’tirof etiladi. (va mos ravishda – foyda soligʻi toʻlovchilari). Ular uchun QQS hisobotlari onlayn-NKT cheklari, EHF va boshqa ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi. Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng joriy etiladi. Bunday kompaniya QQS toʻlashga oʻtish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerakligini bizning yoʻriqnomamizdan oʻqing: ... 

Material sanasi 06.02.2025
«Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 31.01.2025 yildagi VMQ-52 sonli qarorga muvofiq yangi elektromobillarga utilizatsiya yigʻimi toʻrt barobarga oshirilmoqda. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda. Hujjat 1 maydan e’tiboran kuchga kiradi: ... 

Material sanasi 06.02.2025
Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi. Hujjat 2025 yil 4 maydan kuchga kiradi, biroq roʻyxatdagi ayrim pozitsiyalar keyinroq qoʻllanila boshlaydi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 05.02.2025
Prezidentning 30.01.2025 yildagi PQ-33-sonli qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisobraqamlari boʻyicha operatsiyalarni soliq organlari tomonidan toʻxtatib qoʻyish tartibiga qoʻshimchalar kiritilmoqda. Asosiy oʻzgarishlar yuzasidan «ICONSULTANT» MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA sharh berdi: ... 

Material sanasi 04.02.2025
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga byudjetga toʻlangan QQSning 50 foizi qaytarib beriladi. Shuningdek, ular uchun boshqa soliqlar boʻyicha stavkani pasaytirish koʻrinishidagi ilgari belgilangan imtiyozlar uzaytirildi. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda. Oʻzgartirishlar 2025 yil 31 yanvardan kuchga kirdi: ... 

Material sanasi 31.01.2025
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar xorijda ishlab chiqarilgan etil spirtidan foydalana olmaydi. Bu yangi Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan. Tafsilotlar norma.uz portalida keltirilgan. Oʻzgartirishlar 2025 yil 1 maydan boshlab kuchga kiradi: ... 

Material sanasi 30.01.2025
EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida onlayn-auksionlar gʻoliblari qayta roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Yangidan roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs qayta roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab 10 kun ichida koʻchmas mulkni ijaraga olish yoki tekin foydalanish shartnomasini tuzishi shart. Bu va boshqa yangiliklar 22.01.2025 yildagi VMQ-30-son qarori bilan nazarda tutilgan. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...