Reklama agentligi – QQS toʻlovchisi vositachilik shartnomasi boʻyicha OAVda reklama joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Katta hajmdagi efir vaqtini xarid qilinganda yetkazib beruvchi (OAV) chegirma beradi. Agentlik yetkazib beruvchi bilan shartnomada nazarda tutilgan chegirmalarni hisobga olmagan holda mijozlarga (komitentlarga) efir vaqtini taqdim etishga hisobvaraq-fakturani qayta taqdim etadi. Yetkazib beruvchidan chegirma olgan holda agentlik mijozga yetkazib beruvchiga toʻlanganiga qaraganda kattaroq summani taqdim etadi. Agentlik oʻzining vositachilik haqiga QQSni hisobga olgan holda alohida hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Vositachilik shartnomasiga asosan agentlik tomonidan olingan qoʻshimcha foyda toʻliq uning tasarrufida qoladi.
Bunday vaziyatda QQSni qanday hisoblab chiqarishni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
“Korxona balansida turgan avtomobil YTHga uchradi. Korxona sugʻurta boʻyicha tovon puli oldi va xuddi shu summaga avtomobilni ta’mirlatdi. Korxona QQS va foyda soligʻi toʻlaydi”
Sugʻurta tovoni olish va avtotransportni ta’mirlashga xarajatlarni qanday buxgalteriya oʻtkazmalari bilan aks ettirishni “Javob beramiz!” ekspertlari tushuntirishdi: ...
“Korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga byudjetdan QQSni qaytarish uchun berilgan arizaga asosan pul mablagʻlari kelib tushdi. Bu qanday buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi? Soliqning qaytarilgan summasi qanday soliq hisobotlarida aks ettiriladi?
Savolga “Javob beramiz!” ma’lumot xizmati ekspertlari javob berishdi: ...
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi - foyda soligʻi va QQS toʻlovchilari. Ijaraga oluvchi binoni ijara haqi hisobiga ta’mirladi.
Bunda ijaraga beruvchida qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishi va u vaziyatni buxgalteriya hisobida qanday hisobga olishi lozimligini buxgalter.uz iltimosiga binoan “TRI-S-AUDIT” auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana GOLOSOVA tushuntirdi: ...
Chet el kompaniyasi “A” korxonasiga uskunaga ehtiyot qismlarni bepul topshirdi. BYuD boʻyicha yukni oluvchi - “A” korxonasi. Chet el kompaniyasining topshirigʻiga binoan bojxona rasmiylashtiruvini Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan “B” kompaniyasi amalga oshirdi. U IM-70 va IM-40 rejimlariga rasmiylashtirishda “A” kompaniyasi uchun barcha toʻlovlarni toʻladi.
Ushbu bojxona toʻlovlarini bepul olingan ehtiyot qismlar tannarxiga kiritish zarurmi? Buni “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi: ...
Korxona - QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi. Korxona omboridagi tayyor mahsulotlarning bir qismi yaroqsiz holga kelgan. Uni hisobdan chiqarishni qanday rasmiylashtirish va tugatishda qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishini “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
Tuzatilgan yoki toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish qoʻshimcha QQS toʻlashga olib keladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan moliyaviy maslahatchi Anvar ROʻZMAMATOV (ACCA DipIFR, CAP) korxona ushbu summalarni hisobga olishga qaror qilgan taqdirda u qanday xatarlarga duch kelishi mumkinligini tushuntirdi: ...
QQS toʻlovchi boʻlgan komitent vositachiga transport xarajatlarini qoplab beradi. Buni buxgalteriya hisobida qanday toʻgʻri aks ettirishni “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi: ...
Tashkilot uskunalarni sotadi. Xaridor bilan tuzilgan shartnomaga binoan servis xizmati koʻrsatish boʻyicha bir yillik kafolat muddati nazarda tutilgan. Shu jumladan - ehtiyot qismlarni bepul almashtirish e’tiborga olingan. Bunday operatsiyaga QQS solinadimi? Buni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
Moliya vazirligi soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVAning shaxsiy soʻroviga javob tariqasida, tovarni olib kirish-olib chiqish kontraktlari (16 va 17-son kontrakt turlari), shuningdek xarid va realizatsiya kontraktlari (18 va 19-son) tuzilgan taqdirda aylanmadan olinadigan soliq toʻlashda qolish mumkin yoki mumkin emasligini tushuntirdi. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA berilgan savolga aniq javob yoʻq, bu esa shubhasiz soliq solishda muammolarga sabab boʻladi, deb hisoblaydi. ...
“Korxona sotish uchun tovarlarni import qiladi. Ba’zan bojxona qiymati invoys qiymatidan yuqori boʻladi. Bojxona organi QQSni bojxona qiymatidan hisoblab chiqaradi, biroq tovar invoys qiymati boʻyicha kirim qilinadi. Bojxona organi tomonidan hisoblab chiqarilgan QQS summasi avtomatik tarzda QQS hisob-kitobida aks ettiriladi. Biz bojxona organi tomonidan hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan QQSning barcha summasini hisobga olish huquqiga egamizmi?”.
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA javob berdi: ...
“Kompaniya oʻyinlar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqadi. Agar xaridorlar Oʻzbekistondan tashqarida tursa, biz QQSdan ozod qilinamizmi?”.
Savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
“QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatadi. Korxona QQS boʻyicha soliq imtiyozlaridan foydalanadi. Bunda hisobvaraq-fakturalarda soliqni koʻrsatish zarurmi? QQS boʻyicha imtiyoz chet el kompaniyasi - hamkor tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarga tatbiq etiladimi?
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
Korxona chet el kompaniyasi - ta’sischi vakillarining yashash vaqtiga turar joyni ijaraga oladi. Mazkur holda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA javob berdi: ...
2021 yilda korxona realizatsiya qilish maqsadida uskunani import qildi. Import chogʻida QQS toʻlandi va u hisobga olindi. Xarid qiymatiga tashish, sertifikatlashtirish xarajatlari, bojxona toʻlovlari va boshqalar qoʻshildi. Biroq chet el valyutasida ifodalangan kreditorlik qarzini soʻndira olishmadi, shu bois xorijiy yetkazib beruvchi mazkur uskunani reeksport orqali qaytarishni amalga oshirish niyatida. Uskunani qaytarish buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi va bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
QQS hisobotining tolling operatsiyalari boʻyicha daromadlarni aks ettirish uchun moʻljallangan qismiga tuzatishlar kiritilishi lozim. Mazkur daromadlar hozirgidek Xarid qilingan tovarlar reyestrida emas, balki Realizatsiya qilingan tovarlar reyestrida (eksportga oʻxshab) aks ettirilishi kerak. Aks holda, soliq toʻlovchilar QQS hisobotini toʻldirishda muammolarga, soliqchilar esa - tekshiruvdan oldingi tahlil yuzasidan xabarnomalar joʻnatishlariga va ular boʻyicha javoblarni koʻrib chiqish boʻyicha qoʻshimcha ishlarni bajarishlariga toʻgʻri keladi.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni moliyaviy maslahatchi Anvar ROʻZMAMATOV (ACCA DipIFR, CAP) sharhlab berdi: ...
“Korxona dasturiy mahsulotni Rossiyadan Oʻzbekistonga import qiladi, keyin esa shu mahsulotni xorijga eksport qiladi. Uni import va eksport qilishda, shuningdek Oʻzbekistonda mijozlarga (shu jumladan norezidentlarga) qayta sotishda qanday soliqlar yuzaga keladi? QQS boʻyicha imtiyoz mavjudmi? Aylanmadan olinadigan soliq (daromad soligʻi) bitimdan toʻlanadimi yoki oy yakuni boʻyichami?”.
Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
QQS toʻlovchisi boʻlgan lizing kompaniyasi lizingga topshirish uchun uskunani import qildi. Bunda - uskunani yetkazib berish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshirdi. Ularning bir qismini lizingga oluvchi qoplab beradi, xarajatlarning qolgan qismini lizing kompaniyasi amalga oshiradi.
Bunday xarajatlarni hisobga olish va ular boʻyicha QQSni hisobga olishga qabul qilish tartibi qandayligini “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
Tashuvchi (yuridik shaxs, QQS toʻlovchi, rezident) chet el korxonasi - norezident bilan yuk tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzdi. Yuk Oʻzbekiston hududi boʻylab oluvchigacha tashiladi, yukning joʻnatish punkti va belgilangan punkti Oʻzbekistonda joylashgan. Yukni oluvchi - yuridik shaxs, rezident.
Bu holda QQS qanday hisoblab chiqariladi va tashuvchi nol darajali stavkani qoʻllashi mumkinmi? Buni “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi: ...
“A” korxonasi “B” korxonasiga tovar qarzi shartnomasi boʻyicha 1 oy muddatga dizel yoqilgʻisini topshirdi. Toʻlovsiz EHF rasmiylashtirildi. “A” korxonasi dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarmaydi, “B” korxonasi - uni olib sotmaydi, oʻz maqsadlarida ishlatadi. Ikkala korxona QQS toʻlaydi.
Bu holda qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishini “Javob beramiz!” ma’lumot xizmati ekspertlari tushuntirishdi: ...