Tadbirkor SKga muvofiq bir necha oy QQS va foyda soligʻi toʻlashi kerak boʻlganligini kuzatib yurmadi. Bunda u soliq organlaridan tegishli xabarnomalar olmagan. Regulyator tomonidan e’tirozlar boʻlmasligi uchun qanday yoʻl tutish lozim? Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA oʻz tavsiyalarini berdi: ...
Moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV choraklik asosda QQS boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibini buxgalter.uz uchun maxsus tushuntirdi: ...
2021 yildan boshlab alkogolli mahsulotlarni chakana realizatsiya qilish boʻyicha turgʻun savdo shoxobchalari aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash huquqiga ega boʻlishmaydi va QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishlari kerak.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga moliya vazirinnig oʻrinbosari Dilshod SULTONOV javob berdi: ...
DSQ Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taklif qilmoqda. Ular qoplashning asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish qoidalari va soliqni tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibiga daxl qiladi. Loyihani QHTBTda muhokama qilish 21 yanvarga qadar davom etadi. Loyihaga analitik xatda har bir tuzatish uchun asoslar koʻrsatilgan (“Analitik materiallar” havolasi).
Buxgalter.uz DSQ matbuot xizmatida tafsilotlarni aniqlashtirdi. ...
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona oʻz ehtiyojlari uchun oʻz kuchi bilan ta’mirlash pardozlash ishlarini bajardi. Bunday vaziyatda QQS hisoblash zarurmi? Buni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
Ishlab chiqarish korxonasi sotib oluvchiga mahsulotni realizatsiya qildi, uning bir qismi yaroqsiz boʻlib chiqdi. Sotib oluvchi yaroqsiz mahsulotni qaytardi. Buni buxgalteriya hisobida qanday aks ettirishni buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA va “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirishdi: ...
Vositalik shartnomasi boʻyicha komitent vositachiga haq evaziga vositachi nomidan, biroq komitent hisobidan bitimlar tuzishni topshiradi. Ular oʻrtasidagi hisob-kitoblar tartibi shartnomada belgilanadi va ikkita variantni nazarda tutishi mumkin: hisob-kitoblarda vositachi ishtirokisiz va uning ishtirokida. Shuningdek, vositachilik shartnomasida taraflar sotib oluvchilarga chegirmalar taqdim etish tartibini nazarda tutishlari mumkin. ...
Ba’zi ijaraga beruvchilar ijaraga oluvchilarga alohida qoplashni taqdim etmagan holda ijara haqini kommunal xarajatlarni hisobga olgan holda belgilaydilar. Bunday holda QQS qanday hisoblab chiqarilishi, hisobot qanday toʻldirilishi va buxgalteriya hisobida oʻzaro hisob-kitoblar qanday aks ettirilishini buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
“Soliqchilar QQS oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplash uchun arizani koʻrib chiqishni rad etishdi. Sababi – xavfni tahlil qilish natijalariga binoan kompaniya soliqlarni toʻlamaslik huquqbuzarligi xavfi darajasi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar jumlasiga kiritilgan. Vaziyatni qanday toʻgʻirlasa boʻladi? Korxona uchun juda qisqa muddatlarda qoplashni olish juda muhim”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni DSQ QQS ma’murchiligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Furqat QOʻShChONOV sharhlab berdi: ...
Ishlab chiqarish korxonasi mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo va materiallarni import qiladi va ularni tovar sifatida olib sotmaydi. Import qilingan tovarlarni realizatsiya qilishda QQS boʻyicha soliq bazasini aniqlash normasi bunday korxonaga nisbatan tatbiq etiladimi? ...
“Kompaniya bino ichida ta’mirlash ishlarini bajardi, vitraj oynali alyumin pardevorlar ishlab chiqardi va xonalar oʻrtasiga oʻrnatdi, ishlab chiqarilgan alyumin eshiklar, pardevorlarni sanuzelga oʻrnatdi va h.k. Ushbu xarajatlarni korxonaning xarajatlariga kiritish kerakmi yoki binoning qiymatiga kiritiladimi?”. ...
Tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno, QQS ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu qiymatni qanday aniqlash va qanday hollarda bepul berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hisoblanishi haqida Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV buxgalter.uz uchun maxsus soʻzlab berdi: ...
Korxona oʻz faoliyatida oʻz ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oladi. Biroq foyda soligʻi hisob-kitobida ularning ba’zilari chegirilmaydigan xarajatlar hisoblanadi. Bu vaziyatda “kiruvchi” QQSni nima qilishni, buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
Deyarli har bir korxonada xoʻjalik faoliyati jarayonida vakillik xarajatlari yuzaga keladi. Ular boʻyicha QQS hisobini qanday toʻgʻri yuritishni buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi: ...
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona Prezidentning 16.09.2019 yildagi PQ-3282-son qaroriga binoan Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan loyiha boʻyicha yordamchi pudratchi hisoblanadi. U loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar qismida QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllashga haqlimi?
Ushbu savolga javob berishni buxgalter.uz “Norma” eksperti Oleg SOYdan iltimos qildi: ...
Koʻpincha sotib olish chogʻida tovarlar va xizmatlar qiymatiga kiritilgan QQS keyinchalik tuzatiladi – hisobga olinadi. Bunday tuzatish kiritishda nimaga e’tibor berish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Irina AXMETOVA gapirib berdi: ...
Hisobot davrining qizgʻin pallasida buxgalterlarda savollar tugʻiladi: ijaraga oluvchi tomonidan qoplanadigan kommunal xizmatlar (suv, elektr energiyasi, gaz) summasiga EHF qanday rasmiylashtiriladi, QQS qanday hisoblanadi va hisob-kitob qanday toʻldiriladi. Ularga javob berishni buxgalter.uz “Norma” eksperti Irina AXMETOVAdan iltimos qildi: ...
2020 yil noyabr oyida soliq organlari korxonani uni 01.01.2020 yildan soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida – tadbirkorlik sub’yekti umumbelgilangan soliqlarni toʻlashni boshlashi kerak boʻlgandan keyin 10 oydan keyin xabardor qilishdi. Bunday vaziyatda u qanday yoʻl tutishi lozim?
Ushbu vazifaning yechimi – butunlay bosh ogʻrigʻi... Vaziyatdan chiqishning ehtimoliy variantlari haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi: ...
Korxona 2019 yil uchun QQS qoplamasini olmoqchi. Qaysi muddat mobaynida ariza berish mumkin? Agar korxona yil boshidan boshlab QQS toʻlovchisi boʻlmasa, qaysi davr uchun QQSni qaytarish mumkin? 2017 yildan boshlab ayni paytga qadar u oʻz fabrikasini qurmoqda, shu vaqt uchun realizatsiya boʻyicha aylanmalar boʻlmadi. ...
Oʻzbekistonda doimiy muassasaga ega boʻlmagan xorijiy tashkilot Oʻzbekiston korxonasiga marketing va maslahat xizmatlari, shuningdek Oʻzbekiston tashqarisida mijozlarni izlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatdi. Oʻzbekiston korxonasi QQS toʻlashi zarurmi?
Ushbu savolga javob berishni buxgalter.uz “Norma” eksperti Oleg SOYdan iltimos qildi: ...