Vazirlar Mahkamasi tomonidan yangi Oʻzbekiston hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (07.02.2024 y. 76-son VMQ). May oyidan boshlab ushbu tartib-taomildan YaIDXP orqali yoki davlat xizmatlari ...
MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 19-moddasida ikkinchi va keyingi har bir moliya yili tugaganidan soʻng jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam boʻlgan taqdirda, jamiyat ustav kapitalini kamaytirishi shartligi qayd etilgan.
Ushbu talabning bajarilmasligi qanday oqibatlarga olib kelishi ...
“Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonning rezidentiga buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatadi. Rezidentlik toʻgʻrisida sertifikat mavjud.
Oʻzbekiston hududida Rossiya kompaniyasidan xodimlar mavjud emas, shuningdek Rossiya kompaniyasining shtatida Oʻzbekistondan rezidentlar yoʻq. Barcha xizmatlar masofadan turib koʻrsatiladi.
9 oy mobaynida xizmatlar koʻrsatib kelayotgan RF kompaniyasi Oʻzbekistonda DMni roʻyxatdan oʻtkazishi lozimmi?”
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasi Soliq solish uslubiyati departamenti Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob berdi: ...
“Tadbirkorlik sub’yekti ijara shartnomasini oʻz vaqtida E-ijara saytida roʻyxatdan oʻtkazmadi. Bu hisob raqamlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishining sababi boʻlishi mumkinmi?”
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Rustam SOBIROV tushuntirdi: ...
“Ta’sischilar korxonani (MChJ) tugatishmoqchi. U zarar koʻrib ishlamoqda, biroq balansda bino mavjud boʻlib, uni ustav fondida 98% ulushi boʻlgan ta’sischiga berish mumkin.
Zarar bilan qanday yoʻl tutish va 2% ulushga ega ta’sischi bilan qanday hisob-kitob qilish kerak?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma” eksperti Oleg SOY javob berdi: ...
“Chet el kompaniyasi (RF) yuridik xizmat koʻrsatish boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatishga doir shartnoma tuzdi. Oʻzbekiston kompaniyasi xizmatlar oluvchisi hisoblanadi. Xizmatlar toʻliq masofadan turib koʻrsatiladi, xizmatlar koʻrsatish muddati – 2 yil.
Chet el kompaniyasida Oʻzbekistonda doimiy muassasasi (DM) yuzaga keladimi?”
Savolga Soliq qoʻmitasining Soliq solish uslubiyati departamentining xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob beradi: ...
“Tashkilot norezident boʻlgan tashkilot bilan bir necha yilga dasturiy ta’minotni kuzatib borish va maslahatlar berish boʻyicha xizmatlarga doir shartnoma tuzdi. Xizmatlar norezident roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatda onlayn-rejimda koʻrsatiladi. Dasturiy ta’minotda texnik nosozlik aniqlangan taqdirda texnik xizmat koʻrsatish 1 kundan koʻp boʻlmagan muddatga Oʻzbekistonga kelgan holda koʻrsatiladi. Bu bir yilda 3-4 marta boʻlishi mumkin.
Norezidentda bu holda doimiy muassasa ochish majburiyati yuzaga keladimi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq solish uslubiyati departamentining xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob beradi: ...
“Doimiy muassasa Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini yakunladi, sababi barcha shartnoma majburiyatlari toʻliq hajmda bajarildi. Qanday muddat davomida soliq organlari hisobdan chiqarilganlik toʻgʻrisida ma’lumotnomani berishi kerak? Ariza berilgan paytdan e’tiboran bir oydan ortiq vaqt oʻtdi, soliq organida esa biz qachon mazkur hujjatni olishimizni hech kim aniq aytib berolmayapti”.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi. Ekspert ushbu vaziyatdagi koʻp muammoli jihatlar vakolatli organlarning e’tiborini talab qiladi, deb hisoblaydi: ...
“7 oy oldin biz Davlat xizmatlari markaziga tashkilotimizni (yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq aylanmaga ega) tugatish iltimosi bayon etilgan ariza berdik. Biroq korxona xanuz tugatilmagan, sababi soliq organlari hali tugatishga doir tekshiruv oʻtkazishmagan. Buning oʻrniga biz soliq organidan faoliyat koʻrsatayotgan korxona hisoblanishimiz bois, soliq hisobotlarini topshirish va soliqlarni toʻlash talabi bilan xat oldik. Rahbariyatning pozitsiyasi oʻzgarishsiz qoldi – tugatiladi. Endi biz kompaniyani tugatish toʻgʻrisida arizani takroran topshirishimiz va tugatish tartib-taomili choʻzilib ketganligida aybimiz yoʻqligiga qaramay, oʻtgan oylar uchun hisobotlarni topshirishimiz kerakmi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi: ...
“Ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulotlarni realizatsiya qiladi. Shartnomada alohida satr bilan yetkazib berish va yigʻish alohida toʻlovga (buyurtma qiymatining 4%i) amalga oshirilishini koʻrsatamiz. Yukxati-hisobvaraq-fakturalarda muayyan qiymat boʻyicha realizatsiya qilinadigan mahsulotlarni ajratamiz va alohida satrda yetkazib berish, xaridorning hududida yukni tushirish va mahsulotlarni yigʻish qiymatini (tovarni realizatsiya qilish qiymatining 4%i) koʻrsatamiz. Shartnoma va yukxati-hisobvaraq-fakturani shu tarzda rasmiylashtirish qonuniymi? Agar biz faqat oʻz mahsulotlarimizni yetkazib bersak, shahar ichida yuk tashish uchun litsenziya olish kerakmi?”.
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi: ...
“Kompaniya – umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi qurilish pudrati shartnomasi asosida oʻzini oʻzi band qilgan shaxsni ta’mirlash ishlariga yollamoqchi. Mazkur shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etdi va tijorat taklifida “6 nafar xodimdan iborat brigada”ni koʻrsatdi. U xodimlar bilan oʻzi hisob-kitob qiladi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shuncha nafar xodimlarni yollash huquqiga egami? Mazkur bitimning barcha tomonlari uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?”.
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan moliyaviy va soliq maslahatchisi Feruza SULTONOVA javob berdi: ...
«2022 yil avgustdan korxona QQS toʻlashga oʻtdi. 2022 yilga tuzilgan shartnomaga quyidagi qoʻshimcha band kiritildi: «shartnoma yakunlanadigan sanada ijrochi OʻzR SKga muvofiq QQS toʻlovchisi boʻlgan hollarda shartnoma summasi QQS summasiga oshiriladi va qoʻshimcha bitim rasmiylashtiriladi». Mazkur holatda oʻtgan yillarda tuzilgan shartnomalarni nima qilish kerak?».
Savolga «Norma» kompaniyasi eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
IT-park rezidentlari qiziqarli preferensiyaga ega boʻlishdi: ular noturarjoy mulkka yoki ijaraga olingan binoga ega boʻlishlari majburiy emas, ular virtual ofis orqali roʻyxatdan oʻtishlari va faoliyatlarni amalga oshirishlari mumkin (14.05.2022 yildagi 191-son VMQ 5-b. “g” kichik b.). Buxgalter.uz bu qanday ishlashini aniqlashtirdi: ...
“Oilaviy korxona ochishni rejalashtirmoqdamiz. Buning uchun nimalar zarurligini tushuntirib berishingizni soʻraymiz”.
Buxgalter.uz oʻquvchilari uchun qadamma-qadam yoʻriqnomani yurist Ikrom ABDULQODIROV tayyorladi: ...
Soliqqa oid qonunchilik kontragentlarni tanlash chogʻida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishni talab qiladi (SK 15-m.) Xorijiy hamkor bilan shartnoma tuzishda nimaga e’tibor qaratish lozimligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA soʻzlab berdi: ...
2021 yilda ikkita MChJ oʻrtasida xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzilgan. Uning amal qilish muddati - 2021 yil 31 dekabrga qadar. Shartnoma shartlariga binoan, agar taraflardan hech biri shartnomaning amal qilish muddati tugashiga 30 kun qolganda uni bekor qilish istagini bildirmasa, shartnoma xuddi shu shartlarda keyingi kalendar yilga uzaytirilgan hisoblanadi. “Xuddi shu shartlarda” formulirovkasi shartnoma cheklanmagan marta uzaytirilishi mumkinligini anglatadimi? Agar shartnoma taraflaridan hech biri uni bekor qilishni bildirmasa, u hanuz amaldagi shartnoma hisoblanadimi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga yurist Aslan RAJABBEKOV javob berdi: ...
Tashkilot oʻz xodimlariga ishonchnoma berib, ularga tashkilot manfaatlarida muayyan harakatlarni amalga oshirishga (direktor yoʻqligida hujjatlarni imzolash, sudda manfaatlarini himoya qilish va h.k.) vakolat beradi. Biroq xodim harakatlari yoki harakatsizligi bilan oʻzining insofli ekanligiga shubha uygʻotadigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holda qanday qilib xodimning vakolatini toʻxtatish va ishonchnomani chaqirib olish mumkin?
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan yurist Aslan RAJABBEKOV javob berdi: ...