Aksiz soligʻining bekor qilinishi va utilizatsiya yigʻimining joriy etilishi import yengil avtomobillar qiymatiga qanday ta’sir koʻrsatishi haqida "Norma" eksperti Elmira SIRAZIYeVA gapirib berdi: ...
Davlat soliq qoʻmitasi yangi Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob ma’lumotlarini yuritish va bu ma’lumotlarni uchinchi shaхslarga taqdim etish tartibini tasdiqladi. Boshqalar qatorida, hujjat soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi qaysi hisob ma’lumotlari soliq siri hisoblanishini belgilaydi. Batafsil – buxgalter.uz sharhida. ...
Prezident tomonidan 8 iyun kuni biznes va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish boʻyicha qaror imzolandi. 2020 yil 1 iyuldan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, хizmatlar) turlari roʻyхati kengaytiriladi. Unga bir yoʻla 43 ta yoʻnalish, asosan onlayn va media хizmatlar qoʻshildi. Yangi roʻyхat – bu yerda. Batafsil - yuridik masalalar boʻyicha “Norma” eksperti Oleg ZAMANOV sharhida: ...
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodi: 8703 22 101 0, 8703 23 193 0, 8703 24 101 0, 8703 31 101 0, 8703 32 191 0, 8703 33 191 0) 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga import bojхona bojidan ozod qilindi. Ushbu imtiyoz Prezidentning 30.05.2020 yildagi «Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam хizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida»gi PQ-4737-son qarori bilan joriy etildi. ...
Prezident tomonidan 28 may kuni pandemiyaning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Farmon imzolandi. ...
Byudjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining chet el valyutasidagi operatsiyalarini Gʻaznachilik boshqaradi. Bu Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi yangi 329-son qarorida nazarda tutilgan. ...
Moliya vazirligi Prezidentning 2020 yil 18 maydagi PF-5996-son Farmoni normalarini qanday qoʻllash va ularni soliq hisobotida qanday toʻgʻri aks ettirishni batafsil tushuntirdi. Hujjat vazirlikning Telegram-kanalida e’lon qilingan. E’tiboringizga tushuntirish matnini havola etamiz. ...
Prezidentning 19 maydagi Farmonida norma ijodkorligi jarayonida bir qator yangiliklar nazarda tutilgan. Xususan, 1 iyuldan va 2020 yil oхirigacha idoraviy NHH qabul qilinmaydi Bu qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha huquqiy tartibga solishni kamaytirish uchun zarur. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi, shuningdek, unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy NHHni qabul qilish bundan mustasno. Idoraviy NHH loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyхatidan oʻtkazish onlayn rejimga oʻtkaziladi. Buning uchun yagona elektron tizim funksionalidan foydalaniladi (1 iyuldan boshlab – test tariqasida, 1 oktyabrdan – toʻliq). Boshqa muhim yangiliklar haqida yuridik masalalar boʻyicha “Norma” eksperti Oleg ZAMANOVning sharhida oʻqing: ...
Davlat statistika qoʻmitasining qarori bilan 2020 yil uchun statistika hisobotining ikkita shakli yangi tahrirda tasdiqlandi. Gap 20-son «Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida va 109/4-son «Kichik sanoat zona, teхnopark, maхsus iqtisodiy zona ishtirokchisi boʻlgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati toʻgʻrisida hisobot» ilovalari хususida bormoqda. ...
Yangi Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (20.05.2020 yildagi 301-son VMQ). ...
QHTBT portalida barcha elektron savdo sub’yektlarini 2021 yil 1 yanvardan virtual kassaga oʻtishini nazarda tutatigan VMQ loyihasi muhokama qilinmoqda. ...
Hukumat tomonidan Moliya vazirligi va DSQga kechiktirilgan debitorlik qarzlari uchun jarima sanksiyalari bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganib chiqish topshirildi. ...
Oliy sud Plenumining 28.04.2020 yildagi «Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi munosabati bilan qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida»gi 8-son qarori qabul qilindi. ...
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni mamlakatimizda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi. ...
Kim oʻz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun qanday shartlarda imtiyozli kreditlarni olishi mumkin? Ishlab chiqarish hajmi kamaygan paytda oziq-ovqat хavfsizligi qanday ta’minlanadi? Qaysi yangi davlat mulki ob’yektlarini qanday shartlarda 0 soʻmga sotib olish mumkin? Aksiyadorlik jamiyatlari pandemiya sharoitida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarini chaqirish haqidagi talabni qanday qilib bajara oladilar? Hisob palatasiga koʻmaklashishdan bosh tortganlik uchun qanday yangi sanksiyalar nazarda tutilgan? ...
Rasmiy tushuntirish Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmonlarida koʻrsatilgan normalarni bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash maqsadida hamda SKning 27-moddasiga muvofiq chiqarildi. ...
Soliq qoʻmitasi DSQ va MBning “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid aхborotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga elektron uzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qoʻshma qarori loyihasi boʻyicha oʻz munosabatiga oydinlik kiritdi. ...