«SK 243-moddasi 1-qismi 16-1-bandiga asosan boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uy boshqaruvchilari tomonidan koʻrsatiladigan (bajariladigan) umumiy mulkni boshqarish, texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash, koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha xizmatlar (ishlar) QQSdan ozod qilinadi. QQSdan ozod qilish koʻp kvartirali uyning birinchi qavatlaridagi tijorat noturar joylariga va yertoʻla xonalaridagi avtoturargoh joylariga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash xizmatlariga ham tegishlimi?»
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Korxona xorijiy korxonaga marketing xizmatlarini realizatsiya qilmoqda. Xizmatlarni eksport qilishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA savolga javob berdi: ...
«Korxona marketpleys orqali chakana savdoda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan tovarlarni sotadi. Pullar komission haq chegirilgan holda kelib tushadi. Komission haq summasiga marketpleys EHF taqdim etadi. Bu qanday buxgalteriya oʻtkazmalari bilan rasmiylashtiriladi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Korxona BAAda roʻyxatga olingan yuridik shaxsga litsenziya shartnomasi boʻyicha xizmatlar koʻrsatmoqda. Litsenziya shartnomasi boʻyicha xizmatlarni eksport qilishda QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash mumkinmi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra, savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi toʻliq EHF asosida toʻldiriladi. Oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining minimal stavkalari va shartnomaviy ijara toʻlovi oʻrtasidagi farq summasi Hisob-kitobning 1-ilovasi 0205-satrida aks etishi uchun bu summaga bir tomonlama EHFni rasmiylashtirish kerak. Lekin biz qaysi EHFni rasmiylashtirish kerakligini tushuna olmayapmiz. Boshqa daromadlar uchun EHF tegishli MXIKga ega emas».
Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Yetkazib beruvchi bizga tovar joʻnatdi. Uning boshqa xorijiy kompaniya oldida qarzi bor. Biz ushbu uchinchi shaxsga toʻlovni amalga oshirishimiz mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, soliq oqibatlari va hujjatlashtirishning oʻziga xos jihatlari qanday boʻlishi haqida ma’lumot bersangiz?»
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
«MChJ jismoniy shaxsdan uning MChJ ustav fondidagi ulushini nominal qiymati boʻyicha sotib oldi. SK 375-moddasi 4-bandiga asosan jismoniy shaxsda daromad yuzaga kelmaydi. Bu holatda qanday imtiyozni qoʻllash kerak? Operatsiyani JShDS hisob-kitobida aks ettirish kerakmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«24.12.2024 yildagi OʻRQ-1011-son Qonunga 8-ilovaga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 2025 yilda Toshkentda noturar joyni ijaraga berishda belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkasi – 45 000 soʻm. Noturar joyni ijaraga berishdan olingan daromad boʻyicha soliq 45 000 soʻm stavkadan 2 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan holda hisoblanadimi? Ya’ni, 90 000 soʻm eng kam stavkani xona maydoniga koʻpaytirgan holdami?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Tuman gaz ta’minoti tashkiloti oʻtgan yildan beri oʻzlarining ichki qaroriga asoslanib, EHF taqdim etmayapti va tabiiy gaz iste’molini cabinetaskug.hududgaz.uz havolasidagi shaxsiy kabinetda hisobga olmoqda. Tabiiy gaz aynan shu kabinetdagi elektron hisobotga muvofiq yetkazib berilmoqda. EHF boʻlmagani sababli biz bu xarajatlarni hisobga ololmayapmiz. Bunday vaziyatda tabiiy gaz xarajatlarini qanday hisobga olish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Oʻzbekistonda yangi xorijiy ishlab chiqarish kompaniyasi ish boshlaydi. Mamlakat ichida tovarimizni sotish eksportga joʻnatish deb hisoblanadimi? Bizning vaziyatimizda soliqqa tortishning qanday jihatlarini bilish kerak?»
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
«Oʻzbekistondagi mehmonxona oʻz mehmonlarini, shu jumladan Booking.com onlayn-bronlash xizmatlarini koʻrsatuvchi agentlik orqali joylashtiradi. Booking.com sayti foydalanuvchilari mehmonxona xonalarini bronlash va toʻlovni amalga oshirishi mumkin. Booking.com gonorari bronlash summasining ma’lum foizini tashkil etadi. Booking.com – Niderlandiya rezidenti, ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim mavjud, ammo rezidentlik sertifikati yoʻq. Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Korxona 1995 yilda Toshkentda matbaa korxonasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan, boshqa faoliyat turlari yoʻq. Har 5 yilda AOKA -Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan (avvalgi Matbuot va axborot agentligi) nashriyot-matbaa faoliyati uchun litsenziya olib kelganmiz. Balansimizda barcha zarur uskunalar mavjud. Biz SK 483-m. 56-q. boʻyicha foyda soligʻi imtiyozini qoʻllashga haqlimizmi? Agar ha boʻlsa, foyda soligʻi hisob-kitobini shakllantirishda uni qoʻllash imkoniyatini qanday olish mumkin?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Xaridor joʻnatilgan tovar uchun toʻlovni amalga oshira olmaydi, faqat uni qaytarishi mumkin. Lekin joʻnatuv bir yildan ortiq vaqt oldin boʻlgani sababli, biz tovar qaytarishiga EHF rasmiylashtira olmaymiz. Har ikkala korxona QQS va foyda soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi».
Xaridor tovarni bir yildan ortiq vaqtdan soʻng qaytarganda va tovar qaytarishiga EHF rasmiylashtirib boʻlmaydigan vaziyatda nima qilish mumkinligini Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi: ...
«Jismoniy shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan va mehnat staji hamda kelajakda pensiya olish uchun yiliga BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaydi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravaridan koʻproq ijtimoiy soliq toʻlash huquqiga egami? Agar shunday boʻlsa, bu holda uning pensiyasi qanday hisoblanadi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV javob berdi. ...
«Korxonaning ikki muassisi bor: xorijiy yuridik shaxs (norezident) va jismoniy shaxs-rezident. Korxonaning ustav fondi – 2,43 mlrd soʻm. Xorijiy muassisning ulushi – 2,16 mlrd soʻm, oʻzbekistonlik muassisning ulushi – 0,27 mlrd soʻm. Zaxira fondi – 1,8 mlrd soʻm. 2024 yil yakuni boʻyicha taqsimlanmagan foyda – 42 mln soʻm. Xorijiy muassis MChJ tarkibidan chiqmoqda. Muassislar yigʻilishi bayonnomasi asosida unga UFdagi ulushining nominal qiymatini (2,16 mlrd soʻm) pul mablagʻlari bilan qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ushbu vaziyatda zaxira fondi va taqsimlanmagan foyda bilan nima qilish kerak? Zaxira fondi va taqsimlanmagan foyda miqdori chiqib ketayotgan muassisning dividendlari deb tan olinadimi?»
Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra, savolni "Norma" eksperti, "Javob beramiz!" xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ...
«Kompaniya elektromobillar va boshqa elektr avtomototransport vositalarini quvvatlash xizmatlarini koʻrsatadi. Toʻlovni vositachilik tashkiloti - toʻlov tizimlari orqali toʻlovlarni qabul qilish (ekvayring) tashkilotchisi orqali oladi. Bunday xizmatni qanday buxgalteriya oʻtkazmalari bilan aks ettirish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
«Ikki xoʻjalik yurituvchi sub’yekt mulkdan vaqtincha bepul foydalanish shartnomasini tuzgan boʻlib, unga koʻra shakl komplektlari topshirilgan. Endi mulkdor shartnomani bekor qilib, oʻz mulkini qaytarmoqchi, ammo foydalanuvchi uni qaytarishni istamayapti. Shartnomada mulkning qiymati (da’vo predmeti) koʻrsatilmagan boʻlsa, sudga da’vo bilan murojaat qilishda davlat bojini qancha miqdorda toʻlash kerak?» Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Sobir NURBERDIYeV javob berdi: ...
«Korxona xodimni Qozogʻistonga 5 kunlik xizmat safariga yubordi. Korxonada Xizmat safarlari toʻgʻrisida nizom ishlab chiqilgan. Unga muvofiq xodimga kuniga 50 AQSh dollari miqdorida kundalik toʻlov berildi. Qozogʻiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan kundalik me’yorlar kuniga 25 AQSh dollarini tashkil etadi. Xodim xizmat safari boʻyicha boʻnak hisobotini yopish uchun barcha hujjatlarni, shu jumladan kundalik xarajatlar boʻyicha hujjatlarni taqdim etdi. Me’yordan ortiqcha kundalik toʻlovlar boʻyicha xodimning daromadini va ijtimoiy soliq, JShDS, ShJBPH ajratmalarini buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Men MChJning ta’sischisiman. Korxonamning direktori ishlab chiqarish zarurati boʻlmagan holda, qarindoshlari yashaydigan Nukusga tez-tez xizmat safariga bormoqda. Bunda u xarajatlarni tashkilot hisobidan xizmat safari xarajatlari sifatida qoplayapti.
Men ta’sischi sifatida direktordan asossiz xizmat safarlari tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirib olishga haqlimanmi?»
Savolga «Javob beramiz!» xizmati mutaxassislari javob berishdi: ...
«Jismoniy shaxs-ta’sischi korxonaga oʻz mablagʻlaridan 2 mln AQSh dollari miqdorida moliyaviy qarz bermoqda. Qarz shartnomasini tuzishda 3 oylik imtiyozli muddat belgilash va bu davr mobaynida shartnoma boʻyicha foizlarni hisoblamaslik va toʻlamaslik mumkinmi?»
Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra savolni «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi: ...