Yangiliklar

Material sanasi 19.06.2020
QQS hisob-kitobining 10006_14 kodli shakliga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yetkazib beruvchilarning xaridorlarga taqdim qilgan EHFlari xaridorlar tomonidan oʻz vaqtida imzolanmayotganligi masalasining yangi yechimi kiritildi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 17.06.2020
QQS hisob-kitobi shaklida – «hisob-kitob turi» tugmasida «hisob-kitob» va «qayta hisob-kitob» boʻlimlaridan farqli ravishda «KT qayta hisob-kitobi» va «ekspress qayta hisob-kitob» pozitsiyalari mavjud. Buxgalterlarning hammasi ham buni nima ekanligini yaxshi bilmaydilar. Buxgalter.uz DSQ axborot xizmatida tushuntirish oldi: ... 

Material sanasi 13.06.2020
15 iyun kuni 15.30 dan 18.00 ga qadar “Buxgalteriya hisobi amaliyoti” kursining birinchi – bepul! – onlayn-mashgʻuloti oʻtkaziladi. Tashkilotchilar – “Norma” Professional rivojlanish markazi va “Mentalist” oʻquv markazi. Oʻqituvchi Nataliya TURALINOVA bilan masofaviy tizim ishini baholash va oʻquv uslubiyati bilan tanishish uchun unda ishtirok eting. ... 

Material sanasi 12.06.2020
Buxgalter.uz QQS hisob-kitobi shaklida (shakl kodi - 10006_14) 4 va 5-ilovalardagi ba’zi qatorlar endi avtomatik tarzda toʻldirilishi haqida yozgan edi, bu xatolarni olidini olishga koʻmak berishi kerak. Davlat soliq qoʻmitasi nihoyat ushbu masalada tushunarsiz boʻlgan jihatni tushuntirdi. ... 

Material sanasi 12.06.2020
Rieltorlik tashkilotlari koʻchmas mulk bozorida qolishlari uchun dekabrda rieltorlik faoliyatining Yagona elektron multilistingi tizimiga (YaEMT) ulanishlari kerak boʻladi. U mamlakatimiz hududida sotiladigan barcha koʻchmas mulk toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi va bozor narxining shaffof tarzda shakllanishiga koʻmaklashishi darkor. QHTBT portaliga qoʻyilgan hujjat loyihasida shu xususda gap bormoqda. ... 

Material sanasi 10.06.2020
Soliq qoʻmitasi soliq qarzdorligi boʻyicha inkasso topshiriqnomalari taqdim etishni avtomatlashtirdi. Ularni endi DSQ markaziy apparatining maxsus dasturiy mahsuloti generatsiya qiladi. Inkasso topshiriqnomasi qoʻyishdan oldin, soliq toʻlash sanasidan keyingi kundan kechiktirmay, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliq majburiyatini bajarish zarurligi toʻgʻrisida talabnoma kelib tushadi. ... 

Material sanasi 08.06.2020
Moliya vazirligi Soliq maslahatchilari palatasi bilan birgalikda Prezidentning «Soliq maslahati sohasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi. Boshqa huquqlar qatori, soliq maslahatchilariga shartnoma asosida soliq auditini amalga oshirish huquqini berish rejalashtirilmoqda. «Norma» sharhlovchisi Lola ABDUAZIMOVA yangiliklar mohiyatini ochib berdi: ... 

Material sanasi 01.06.2020
DSQ moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarining oʻlchov birligini oʻzgartirishi toʻgʻrisidagi axborot buxgalterlarda talay savollarni yuzaga keltirdi. Ulardan eng asosiylari – kim 2020 yilning I choragi uchun hisobotlarni qayta topshirishi lozim va bu amaliyotda qanday tashkil etiladi? Buxgalter.uz Davlat soliq qoʻmitasida tushuntirish oldi. ... 

Material sanasi 30.05.2020
Umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilarga viloyat soliq boshqarmalari (poytaxtda – DSB) xizmat koʻrsatadi. Toshkent shahri, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida yangi tartib 1 iyundan, respublikaning boshqa hududlarida – bosqichma-bosqich 1 oktyabrga qadar joriy etiladi. Bu nima uchun zarur va soliq toʻlovchilardan nima talab etiladi? Buxgalter.uz Davlat soliq qoʻmitasida tushuntirish oldi. ... 

Material sanasi 20.05.2020
2019 yildan auditorlik xizmatlari bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirish boshlangan. Auditorlik tashkilotlarining ustav kapitaliga nisbatan sun’iy talab hamda dunyo boʻyicha yagona hisoblangan xizmatlar koʻrsatiladigan ob’yektlar boʻyicha tasniflash bekor qilingan. Yana bir qadam qoʻyish – bir auditorlik tashkilotida majburiy tartibda belgilanadigan sertifikatlangan mutaxassislar sonini kamaytirish hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga auditorlik xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat berish fursati keldi. ... 

Material sanasi 12.05.2020
«Norma» Professional rivojlanish markazi 5 may kuni DipIFR(rus) Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (ASSA) imtihoniga tayyorlanish boʻyicha kursni ishga tushirdi. Xuddi shu kuni ASSA mazkur imtihonga roʻyxatdan oʻtkazishni boshladi. Qanday roʻyxatdan oʻtish haqida «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVAning bosqichma-bosqich yoʻriqnomasida oʻqing. ... 

Material sanasi 06.05.2020
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 iyundan boshlab korxonalarning oʻz hisobidan amalga oshiradigan infratuzilma barpo etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya mablagʻlarini taqsimlash tartibini belgilovchi qarori loyihasi joylashtirilgan. ... 

Material sanasi 05.05.2020
«Didox» elektron hujjat aylanishi tizimida “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya qilgan holda elektron ishonchnomalarni yaratish va imzolash imkoniyati nazarda tutilgan. Elektron hujjatni imzolovchi shaxslarni identifikatsiyalash qanday ta’minlanayotganligi haqida «Venkon Group»ning bosh direktori Asqar ISMOILOV gapirib berdi: ... 

Material sanasi 04.05.2020
5 may kuni soat 12 dan 14 ga qadar «Norma» Professional rivojlanish markazi tomonidan tashkil etilgan DipIFR (rus) kursi boʻyicha birinchi mashgʻulot oʻtkaziladi. Siz unda bepul ishtirok etishingiz – masofaviy tizim ishini baholashingiz, oʻqituvchi Irina ZAVALIShINA va oʻquv metodikasi bilan tanishishingiz mumkin. ... 

Material sanasi 02.05.2020
Eksport-import operatsiyalari uchun qanday imtiyozlar nazarda tutilgan? Karantin bilan bogʻliq xodimlar bilan hisoblashishlarni qanday toʻgʻri amalga oshirish mumkin? Bu va boshqa savollarga javoblar – buxgalter.uz ning toʻplam materialida. ... 

Material sanasi 29.04.2020
Xayriya ishlari bilan shugʻullanadigan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar taqdim etiladi? Yirik soliq toʻlovchi maqomi qanday aniqlanadi? Karantin davrida ishlar toʻxtab turganligi sababli soliqlarni qanday toʻlamaslik mumkin? Kvartirani ijaraga olish shartnomasini vaqtinchalik bekor qilish haqida soliq organlarini qanday xabardor qilish mumkin? Bu va boshqa savollarga javoblar – buxgalter.uz ning navbatdagi toʻplam materialida. ... 

Material sanasi 29.04.2020
DipIFR (rus) imtihoniga ishtirok etishning toʻgʻri keladigan variantini tanlab, oʻziga xos arzon narxda tayyorlanish imkoniyatidan foydalaning. ... 

Material sanasi 27.04.2020
29 aprel kuni «Norma» PRMning onlayn-platformasida Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi “Davlat tadbirkorlik sub’yektlarini qanday qoʻllab-quvvatlamoqda” videokonferensiyasini oʻtkazadi (12.00 da – oʻzbek tilida, 15.00 da – rus tilida). Agar yozilishga ulgursangiz, siz unda ishtirok etishingiz mumkin. Ishtirok etish – bepul. ... 

Material sanasi 25.04.2020
PF-5978-son Farmon qabul qilinguniga qadar tovar olib kirilgan boʻlsa, ushbu Farmonda nazarda tutilgan bojxona boji va aksiz soligʻining nol stavkasini qoʻllash mumkinmi? Karantin davrida bojxona bojini toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish mumkinmi? Parrandachilik va qurilish tashkilotlari qanday bojxona imtiyozlariga egalar? Karantin davrida xodimning sinov muddatini qanday toʻgʻri hisoblash mumkin? Bu va boshqa savollarga javoblar – buxgalter.uz ning navbatdagi materiallar toʻplamida. ... 

Material sanasi 25.04.2020
Prezidentning «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingach, XMHS boʻyicha mutaxassislarga talab ancha oshdi . Qanday qilib xodimlarni imtihonga tez, tejam bilan va sifatli tayyorlash mumkin? «Norma» PRM bir.uz buxgalterlar malakasini va direktor.uz tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini baholash tizimlarida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan onlayn-platformasini taklif etadi. ...