Hurmatli buxgalterlar, auditorlar, buxgalteriya hisobi va audit sohasida faoliyat yuritadigan olimlar va mutaxassislar!
2020 yil 9 dekabr – Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlarining kasb bayrami kunida sizni MHXS va XASni joriy etish va mazkur jarayonning iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy jihatlariga oid xalqaro onlayn-konferensiyaga ma’ruzachi yoki ishtirokchi sifatida taklif qilamiz. ...
Bu yil ASSA imtihonlarni ikki marta bekor qildi: iyunda – butun jahon uchun, sentyabrda –Toshkent va Olmaota uchun. Oʻzbekiston talabalari uchun dekabr oyi imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish ham boshida silliq kechmadi: ular “joy yoʻq” degan javobni olishdi. Keyinroq topildi, biroq vaziyat hali ham keskinligicha qolmoqda.
ASSA sessiyasining dekabr oyi imtihonlari toʻgʻrisidagi eng “qizgʻin” savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan ASSAning Qozogʻiston va Markaziy Osiyo boʻyicha filiali vakili Janna ISKENOVA javob berdi: ...
DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida yangi oʻquv muassasasi - Fiskal institut tashkil etiladi. Bu Prezidentning 2020 yil 4 noyabrdagi qarorida nazarda tutilgan. Batafsil – norma.uz portali sharhida. ...
Muddatida imzolanmagan elektron hisobvaraq-fakturalarni avtotasdiqlash texnik jihatdan qanday amalga oshirilishi va bunday hujjatlar bilan keyinchalik qanday ishlash haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAMning yetakchi mutaxassisi Nodir MUHAMMADOV gapirib berdi: ...
Hurmatli amaliyotchi auditorlar va buxgalterlar!
Sizni «Eng yaxshi auditor–2020», «Eng yaxshi buxgalter–2020», «Eng yaxshi ichki auditor–2020» respublika tanlovlarida oʻz kuchingizni sinab koʻrishga taklif etamiz. Tanlovlar Moliya vazirligi koʻmagida oʻtkaziladi. ...
Markaziy bank Boshqaruvi 22 oktyabrda asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi – 14%. Inflyatsiyaning yil yakuni boʻyicha prognozi yillik 11-12,5% darajasida saqlanib qoladi. Asosiy stavka boʻyicha kelgusidagi qarorlar inflyatsiyaning joriy va prognoz dinamikasining shakllanishi, shuningdek ichki va tashqi xatarlarni baholash asosida qabul qilinadi. ...
QHTBT portalida Prezidentning “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi e’lon qilingan. Norma.uz hujjatning sharhini tayyorladi: ...
DSQning «Soliq hamkor» axborot tizimi kontragentlarga soliq organlarini soliq toʻlovchi, soliq agenti yoki boshqa tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar haqida xabardor qilish imkonini beradi. Agar sizning ustingizdan shikoyat qilishgan boʻlsa, tekshiruv boʻlishi mumkin. ...
Soliq qoʻmitasi yangi tartib boʻyicha hududlar kesimida QQSni qaytarish tafsilotlarini e’lon qildi. Eslatib oʻtamiz: qoplashning yangi shartlari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi “Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaxslari bilan bogʻliq soliq ma’murchiligini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 489-son qarori bilan belgilangan. ...
Qaror inflyatsiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflyatsiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash maqsadlari oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi. ...
“Norma” PRM Moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida ifrs.academy saytida “MHXS asoslari” bepul onlayn-kurslarini oʻzbek va rus tillarida tashkil etadi. ...
Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi negizida Kadastr agentligi tashkil etiladi. ...
Moliya vazirligi Oʻzbekistonda MHXSni joriy etish boʻyicha vakolatli organ etib belgilangan. Malakali mutaxassislar tayyorlash uchun u nimalarni amalga oshirayotganligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV gapirib beradi. ...
DSQ 2021 yil 1 yanvargacha vakolatxona, filial yoki DM orqali faoliyat yuritayotgan xorijiy yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy jismoniy shaxslar – tadbirkorlar haqidagi butun axborotni Markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida jamlaydi. Bu keng idoralararo hamkorlik bazasida ularga davlat xizmatlarini koʻrsatish imkonini beradi. ...
1 sentyabrdan boshlab yangi Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari kuchga kirdi. Ular xalqaro normalarga muvofiq tuzilgan va kuchini yoʻqotgan 5 ta NHHni almashtirdi. «Norma» sharhlovchisi Lola ABDUAZIMOVA yangiliklar haqida batafsil gapirib berdi: ...
Prezidentning 2020 yil 20 iyuldagi PF-6029-son Farmoni bilan 2020 yil 1 martda tugaydigan auditor malaka sertifikati muddati navbatdagi malakaviy imtihonlarni oʻtkazish sanasiga qadar uzaytirilgan. Shu munosabat bilan Moliya vazirligi tomonidan malaka sertifikatining amal qilish muddatini vaqtinchalik uzaytirilgan auditorlar roʻyxati har oyning birinchi sanasida yangilanadi. ...
Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya
qilish tartibi toʻgʻrisida nizom reglamentlandi. Hujjat 25 avgust kuni kuchga kirdi. “Norma” sharhlovchisi Lola ABDUAZIMOVA yangi Nizom haqida batafsil gapirib berdi: ...
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari va eng qadrli mualliflarimizdan biri – Dilshod SULTANOVni davlat mukofoti – «DOʻSTLIK» ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz! ...
Oddiy buxgalter bu savolga javob bera olmaydi. Boshqaruv hisobini biladigan buxgalter yoki boshqa mutaxassis esa unga bemalol javob beradi! Hozircha boshqaruv hisobi dastaklaridan foydalana olmasangiz – hechqisi yoʻq. «Norma» PRM sizni «Relevant xarajatlar» ochiq mashgʻulotiga taklif etadi. Sizni 8 sentyabr kuni soat 19.00 da kutamiz! ...
«Venkon» kompaniyasi «Didoks» elektron hujjat aylanishi operatori resurslari bilan ishlashdagi uzilishlarning texnik sabablarini bartaraf etdi. Operator abonentlariga yaqin orada faqat yoqimli sovgʻalar taqdim etishga va’da beradi! ...