Bugun, 2021 yilning 10 sentyabrida, avgust oyi uchun bir tomonlama EHF taqdim etishning soʻnggi kuni DSQ onlayn-NKMdan foydalangan holda boʻnak toʻlovlarini qabul qilishda va toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda maxsus kassa cheklarini shakllantirishning texnik imkoniyatini yaratish ustida ishlayotganligini ma’lum qildi. ...
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s’yezdi doirasida Prezident oʻz saylovoldi dasturining asosiy yoʻnalishlarini taqdim etdi. Soliq stavkalarining ayrim turlari pasaytirilishi e’lon qilindi. ...
Bu Prezidentning 07.09.2021 yildagi “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’yektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ...
27 avgust kuni senatorlar tomonidan Toshkent shahrining 4 ta tumani hamda Toshkent viloyatining 4 ta tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi. Oʻzgartirishlar daxl qiladigan fuqarolar va yuridik shaxslar kadastr hujjatlarini va transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishlariga toʻgʻri keladi. Batafsil –¬ buxgalter.uz sharhida: ...
Xushxabar: buxgalterlar ham biroz dam olishlari mumkin! Qoʻshimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda 1 dan 5 sentyabrga qadar davom etadigan Mustaqillik kunini nishonlash munosabati bilan Davstatqoʻm 5 ta hisobotlarni topshirish muddatlarini - 8 sentyabrga qadar (8 sentyabr ham kiradi) koʻchirdi. ...
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (20.08.2021 yildagi 531-son VMQga 1-ilova). Hujjat 2021 yil 22 noyabrda kuchga kiradi. ...
Prezident Shavkat MIRZIYoYeV tadbirkorlar bilan uchrashuvda soliq va bojxona qonunchiligidagi oʻzgartirishlarni e’lon qildi. Eng koʻp qiziqish uygʻotadiganlarini sanab oʻtamiz: ...
0239-07/4-son SanQvaNga (roʻyxat raqami 31, 19.07.2021 y.) kiritilgan qoʻshimchada koʻrsatilgan tashkilot xodimlari vaksina olishdan bosh tortganligi uchun ishdan chetlashtirilishi mumkin. Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga kiritilgan oʻzgartirishlar ham bundan dalolat beradi. Buni qanday amalga oshirish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarmasi boshligʻi Aleksandr NAVOTNIY va «Norma» kompaniyasi eksperti Lenara XIKMATOVA soʻzlab berdilar: ...
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, Oʻzbekiston Auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi va “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasi tahririyati sizni: “Eng yaxshi buxgalter - 2021”, “Eng yaxshi auditor - 2021” va “Eng yaxshi ichki auditor - 2021” respublika tanlovlarida ishtirok etishga taklif qiladi. Barcha tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz! Biz sizga ishonamiz va har bir ishtirokchini qoʻllab-quvvatlaymiz! ...
2021 yil 1 sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirildi. Tegishli Farmon Prezident tomonidan 17.08.2021 yilda imzolandi.
Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar 1,1 barobarga oshirildi. Ish beruvchilarga ish haqini MHEKMdan kam boʻlmagan holda toʻlashni ta’minlash tavsiya qilindi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida. ...
DSQ soliq toʻlovchi-yuridik shaxslarga e’tibor qaratdiki, 2021 yil 31 iyuldan shaxsiy kabinetlarga hisob ma’lumotlarini tekshirish va tasdiqlash yoki zarur oʻzgarishlarni kiritishni soʻrab, ogohlantirish yuborilgan. 17 856 respondentdan 114 tasi bunga munosabat bildirdi. ...
DSQ soliq organlaridagi alohida boʻlinmalar (filiallar va vakolatxonlar)ni hisobga olish va ular tomonidan soliq toʻlash qoidalariga tushuntirish berdi. ...
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tadbirkorlikni qoʻllab-kuvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildi. ...
Prezidentning “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (PQ-5210-son, 04.08.2021 y.). Auditorlik faoliyatini tartibga solishga u qanday yangilik kiritishi haqida, buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV gapirib berdi: ...
Vazirlar Mahkamasi “Koʻchma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni tasdiqladi (485-son VMQ, 03.08.2021 y.). Hujjatga asosan mobil savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtirilmoqda.
Hujjatning asosiy qoidalari - buxgalter.uz sharhida. ...
Davlat xizmatlari agentligining rasmiy saytida davlat reyestridan chiqariladigan tadbirkorlik sub’yektlari roʻyxati e’lon qilingan. Ularning barchasi 3 yildan ortiq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayapti. Ushbu sub’yektlarning ta’sischilari va rahbarlarida oʻz tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tiklash imkoniyati hali ham mavjud. ...
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi (468-son, 28.07.2021 y.). Taraning depozit tizimi qanday ishlashi va kim uning ishtirokchisi boʻlishi haqida - buxgalter.uz sharhida. ...
Diqqat! 20, 21 va 22 iyul bayram va ishlanmaydigan kunlarga toʻgʻri keladi. Shu bois soliq hisobotlarining ba’zi shakllarini taqdim etish va soliqlarni toʻlash 23 iyulga koʻchiriladi (SK 5-m. 7-8-b.) (SK 86-m. 6-q.). ...
Moliya vazirligi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq MHXS boʻyicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab beradi. ...