Yangiliklar

Material sanasi 23.08.2021
Prezident Shavkat MIRZIYoYeV tadbirkorlar bilan uchrashuvda soliq va bojxona qonunchiligidagi oʻzgartirishlarni e’lon qildi. Eng koʻp qiziqish uygʻotadiganlarini sanab oʻtamiz: ... 

Material sanasi 20.08.2021
0239-07/4-son SanQvaNga (roʻyxat raqami 31, 19.07.2021 y.) kiritilgan qoʻshimchada koʻrsatilgan tashkilot xodimlari vaksina olishdan bosh tortganligi uchun ishdan chetlashtirilishi mumkin. Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga kiritilgan oʻzgartirishlar ham bundan dalolat beradi. Buni qanday amalga oshirish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarmasi boshligʻi Aleksandr NAVOTNIY va «Norma» kompaniyasi eksperti Lenara XIKMATOVA soʻzlab berdilar: ... 

Material sanasi 19.08.2021
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, Oʻzbekiston Auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi va “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasi tahririyati sizni: “Eng yaxshi buxgalter - 2021”, “Eng yaxshi auditor - 2021” va “Eng yaxshi ichki auditor - 2021” respublika tanlovlarida ishtirok etishga taklif qiladi. Barcha tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz! Biz sizga ishonamiz va har bir ishtirokchini qoʻllab-quvvatlaymiz! ... 

Material sanasi 18.08.2021
2021 yil 1 sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirildi. Tegishli Farmon Prezident tomonidan 17.08.2021 yilda imzolandi. Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar 1,1 barobarga oshirildi. Ish beruvchilarga ish haqini MHEKMdan kam boʻlmagan holda toʻlashni ta’minlash tavsiya qilindi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida. ... 

Material sanasi 16.08.2021
DSQ soliq toʻlovchi-yuridik shaxslarga e’tibor qaratdiki, 2021 yil 31 iyuldan shaxsiy kabinetlarga hisob ma’lumotlarini tekshirish va tasdiqlash yoki zarur oʻzgarishlarni kiritishni soʻrab, ogohlantirish yuborilgan. 17 856 respondentdan 114 tasi bunga munosabat bildirdi. ... 

Material sanasi 13.08.2021
DSQ soliq organlaridagi alohida boʻlinmalar (filiallar va vakolatxonlar)ni hisobga olish va ular tomonidan soliq toʻlash qoidalariga tushuntirish berdi. ... 

Material sanasi 12.08.2021
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tadbirkorlikni qoʻllab-kuvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildi. ... 

Material sanasi 06.08.2021
Prezidentning “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (PQ-5210-son, 04.08.2021 y.). Auditorlik faoliyatini tartibga solishga u qanday yangilik kiritishi haqida, buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV gapirib berdi: ... 

Material sanasi 05.08.2021
Vazirlar Mahkamasi “Koʻchma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni tasdiqladi (485-son VMQ, 03.08.2021 y.). Hujjatga asosan mobil savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtirilmoqda. Hujjatning asosiy qoidalari - buxgalter.uz sharhida. ... 

Material sanasi 04.08.2021
Davlat xizmatlari agentligining rasmiy saytida davlat reyestridan chiqariladigan tadbirkorlik sub’yektlari roʻyxati e’lon qilingan. Ularning barchasi 3 yildan ortiq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayapti. Ushbu sub’yektlarning ta’sischilari va rahbarlarida oʻz tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tiklash imkoniyati hali ham mavjud. ... 

Material sanasi 03.08.2021
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi (468-son, 28.07.2021 y.). Taraning depozit tizimi qanday ishlashi va kim uning ishtirokchisi boʻlishi haqida - buxgalter.uz sharhida. ... 

Material sanasi 29.07.2021
1 avgustdan qonunchilikka navbatdagi oʻzgartirishlar toʻplami kuchga kiradi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida. ... 

Material sanasi 15.07.2021
Diqqat! 20, 21 va 22 iyul bayram va ishlanmaydigan kunlarga toʻgʻri keladi. Shu bois soliq hisobotlarining ba’zi shakllarini taqdim etish va soliqlarni toʻlash 23 iyulga koʻchiriladi (SK 5-m. 7-8-b.) (SK 86-m. 6-q.). ... 

Material sanasi 15.07.2021
Moliya vazirligi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq MHXS boʻyicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab beradi. ... 

Material sanasi 08.07.2021
Didox foydalanuvchilari endi bevosita Didox sayti yoki oʻzining 1S dasturida terminallar va korporativ bank kartalari monitoringini amalga oshirishlari mumkin. ... 

Material sanasi 05.07.2021
1 iyuldan boshlab 2021 yil 23 martdagi PF-6191 ga muvofiq STIR berish toʻxtatildi, bundan buyon soliq organlari jimoniy shaxslarni JShShIR boʻyicha tanib oladilar. Biroq, DSQ axborot tizimlarida JShShIRga sozlash hali tugatilmadi. Bunday sharoitda qanday ishlash kerak? Bu haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq mahkamasida izoh berildi: ... 

Material sanasi 17.06.2021
Moliya vazirligining tashabbusiga asosan 2020 yil sentyabr oyida oʻzbek va rus tillarida “MHXS asoslari” ta’lim onlayn-platformasi - ifrs.academy va profimsfo.uz. ishga tushirildi. 22 iyunda masofadan oʻqitishning ikkinchi pogʻonasi - “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” boshlanadi. Kim uchun ta’lim bepul boʻlishi va kursning ikkinchi bosqichi yuzasidan boshqa tafsilotlar haqida buxgalter.uz sharhida batafsil oʻqing: Quyidagilar ta’limning ikkinchi bosqichida ishtirok etishlari mumkin: ... 

Material sanasi 14.06.2021
Kuryer vazifalarini bajaruvchi xodim pasportini ID-kartaga almashtirdi. Endi qanday qilib uning nomiga elektron ishonchnoma yozib berish mumkin? Tez orada unda yangi elektron raqamli imzo olish zarurati tugʻiladi, e-imzo.uz shakli esa pasport ma’lumotlari va pasporti bilan suratni talab qiladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni DSQ soliq toʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Komil SAYIDOV tushuntirdi: ... 

Material sanasi 14.06.2021
2021 yil 1 iyuldan boshlab soliq organlari jismoniy shaxslarga STIR berishni toʻxtatadi. Ushbu sanadan keyin elektron raqamli imzo (ERI) va STIR yordamida rasmiylashtirilgan hujjatlar nima boʻladi? Hali ushbu yangilikka moslashtirilmagan hujjatlarning elektron shakllari qanday toʻldiriladi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga DSQ soliq toʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Komil SAYIDOV javob berdi: ... 

Material sanasi 04.06.2021
Prezident Shavkat MIRZIYoYeV 3 iyun kuni yer munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Uning natijalari boʻyicha quyidagilar taklif qilindi: ...