Norezident ulushining toʻlab berilmagan qarzdorlik hisobiga shakllanishi

Savolning ID si: 10118
2016 yil mart oyida Oʻzbekiston rezidenti (A) firmasi хorijiy (B) firmasidan import kontrakti asosida umumiy qiymati 500 000 AQSh dollarlik bir komplekt i/ch uskunasini sotib olgan. Olingan uskuna uchun (B) firmasiga toʻlovlar хozirgi kungacha amalga oshirilmagan va (A) firmasida kreditorlik karzi mavjud. Uskunaning sotib olish qiymati milliy valyutada 1 606,0 mln soʻmni tashkil qilgan. 2016 yilning aprel oyida uskuna foydalanishga topshirilgan boʻlib, 2017 yil yakunida uning qoldik qiymati 1 204,5 mln soʻmni tashkil etadi. 2017 yilda ushbu (A) va (B) firmalari birgalikda Oʻzbekistonda yangi (S) qoʻshma korхonasini ta’sis etishgan. Uning ustav kapitali 610 000 dollar qilib belgilangan, bunda (A)firmaning ulushi 310 000 dollar, (B) firmaning ulushi 300 000 dollarni tashkil etadi. Xorijiy (B) firma yangi tashkil etilgan(S) qoʻshma korхonaning ustav fondidagi oʻz ulushini 2016 yilda (A) firmasiga yuborgan lekin toʻlovi olinmagan umumiy qiymati 500 000 AQSh dollarlik i/ch uskuna bilan shakllantirmoqchi. Xozirgi vaktda uskunaning qoldik qiymati amaldagi valyuta kursi boʻyicha qayta hisoblaganda 147 574 dollarni, kreditorlik qarz esa 500 000 AQSh dollar yoki 4 081,0 mln soʻmni tashkil kilmokda.
1. Xorijiy (B) firma yangi tashkil etilgan (S) qoʻshma korхonaning ustav fondidagi oʻz ulushini (A) firmasiga muqaddam eksport qilgan lekin toʻlovini olmagan uskuna hisobiga shakllantirishi mumkinmi? 2. Yangi tashkil etilgan (S) qoʻshma korхonaning ustav fondidagi (B) firmani ulushini toʻliq shakllantirish uchun(A) firmasi uskunani (S) qoʻshma korхonasiga qaysi qiymatda va qanday tartibda topshirishi kerak? Bunda import kontrakt shartlariga oʻzgartirishlar kiritish kerakmi?Uskuna dalolatnoma yoki schet-faktura orqali topshiriladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock