Javob beramiz

Xarajatlar kapitalizatsiyasi

Koʻchmas mulk ob’yektini rekonstruksiya qilish xarajatlari hisobi


Asosiy vositalarni qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlashga xarajatlar, ular tugatilganidan soʻng, agar ular natijasida asosiy vositalar ishlatilishining dastlab qabul qilingan me’yoriy koʻrsatkichlari (foydali xizmat muddati, quvvati, qoʻllash sifati va boshqalar) yaxshilansa (oshsa), bunday ob’yektning boshlangʻich qiymatini oshiradi.

Binoni rekonstruksiya qilish xarajatlari uning qiymatini oshiradimi


Agar korxonangizga tegishli binoni rekonstruksiya qilish ishlari bu binodan foydalanishdan kelgusidagi iqtisodiy nafni oshirsa, rekonstruksiya xarajatlari binoning qiymatiga olib boriladi. Aks holda korxona xarajatlarni tan oladi.

Polni betonlash xarajatlarini qanday hisobga olish mumkin


Foydalanilayotgan xonaning polini betonlash xarajatlari uni ta’mirlash xarajatlaridir.

Qurilishga kapitalizatsiya qilingan xarajatlarni hisobdan chiqarish


Qurilishni toʻxtatish va qurilish ishlari uchun kapitalizatsiya qilingan xarajatlarni hisobdan chiqarish rahbarning buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarga oʻtkaziladigan kapital qoʻyilmalar


Avtomashinaga gaz uskunasi yoki tent oʻrnatilganida, uning texnik xarakteristikalari oʻzgaradi, imkoniyatlari koʻpayadi, koʻproq daromad keltiradi. Bunday modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlashga qilingan xarajatlar asosiy vositaning qiymatini oshiradi, lekin uning foydalanish muddati oshmaydi.

Binoning qismi buzib qayta qurilganida buxgalteriya hisobi


Vaziyatingizdan kelib chiqqan holda, korxonangizda katta modernizatsiya qilingan — bu asosiy vositani yaxshilash deb hisoblanadi va amalga oshirilgan xarajatlar uning qiymatiga qoʻshiladi.

Qurilishi tugallangmagan ob’yekt


Bino va inshootlarni barpo etish boʻyicha xarajatlar, ya’ni bino va inshootlar kabi asosiy vositalar uchun kapital qoʻyilmalar 0810 “Tugallanmagan qurilish” hisobvaragʻida jamlanadi.

Kapital qoʻyilmalar schyotidan foydalanish


0810 schyotida (qurilish pudrat yoki xoʻjalik usulida amalga oshirilishdan qat’i nazar) qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi.

Qurilish xarajatlari kapital qoʻyilma boʻlmasligi mumkin


Aktivlarning tan olinish shartlaridan biri, korxonaga kelgusida ular bilan bogʻliq iqtisodiy naf kelib tushishiga ishonchdir.

Avtomashinaga oʻrnatiladigan gaz balloni hisobi


Avtomashinaning gaz balloni almashtirilganida, almashtirilgan gaz balloni qiymati xarajatga olib boriladi, yangi oʻrnatilgan gaz balloni esa avtomashinaning boshlangʻich (tiklash) qiymatiga kiritiladi.

Hududni obodonlashtirish xarajatlari hisobi


Yerni obodonlashtirish mol-mulk soligʻi solish ob’yekti hisoblanmaydi.

AVni bosqichli modernizatsiyalash boʻyicha xarajatlar hisobi


Modernizatsiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilsa, har bir bosqich davomida bajarilgan ishlar qiymati bosiqchma-bosqich rasmiylashtirladigan hisobvaraq-faktura asosida “Kapital qoʻyilmalar” schyotida jamlanadi. Bunda har bir bosqichdan keyingi holatni analiz qilib koʻrish kerak.

0810 schetdagi kapital qoʻyilmalar qanday hisobdan chiqariladi


Asosiy vositalar ob’yektlarini foydalanishga berilganda 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyoti debetida yigʻilgan summa tegishli ravishda 0110-0190 schetlar debetiga oʻtkaziladi.