Javob beramiz

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish

Xodim tomonidan jinoyat sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishida Mehnat kodeksida belgilangan bir oylik muddat qaysi sanadan hisoblanishi lozim: jinoyat sodir etilgan kundanmi, ish beruvchiga mazkur holat ma’lum boʻlgan kundanmi yoki sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundanmi?


Sud xukmiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ogoxlantirish talab etilmaydi.

Ish beruvchi 2025 yil may oyida ogohlantirish xati bilan xodimga loyiq ish taklifini berdi. Ogohlantirish xatini berishga kech boʻlmadimi?


Bir yil oldin oʻtkazilgan attestatsiya asosida mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shu holatda ish haqi hisoblamaslikka va mehnat shartnomasini bekor qilishga haqqimiz bormi?


Ishdan chetlashtirishi davrida ish xaqi toʻlanmaslik mumkin. Mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Tashqi oʻrindosh bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qanday bekor qilinadi?


Oʻrnidoshlar bilan mehnat shartnomasi asosiy xodimlar kabi bekor qilinadi. Oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilganda qoʻshimcha asoslar bor.

Tashkilot mulkdori oʻzgarganligi munosabati bilan xodimlar sonining qisqarishi yuzaga kelganda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar ketma-ketligi, rasmiylashtiriladigan hujjatlar roʻyxati va muddatlari haqida ma’lumot bersangiz.


Mulkdor almashganda, tashkilotning idoraviy mansubligi oʻzgarganda, shuningdek u qayta tashkil etilganda mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom ettiriladi.

Ushbu holat boʻyicha ogohlantirish xati ikkala xodimga ham beriladimi?


Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

Xodim mehnat ta’tilida boʻlgan davrda u bilan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantirish xati bilan tanishtirilishi mumkinmi? Mumkin boʻlsa, buning tartibi qanday?


Ta’til davrida mehnat shartnomasi bekor qilinishi toʻgʻrisida ogohlantirish mumkin.

Ruxsatnoma muddati tugaganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma asosida xorijlik xodim bilan mehnat munosabatlarini bekor qilish


Xorijlik mutaxassislar bilan mehnat shartnomalari ruxsatnomaning amal qilish muddatiga tuziladi.

Xodim 2000 yilda ishga olingan vaqtida mehnat shartnomasi tuzilmagan, buyruq asosida ishga olingan boʻlsa, bu xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibi qanday? Yoki keyingi sana bilan mehnat shartnomasi tuzib, keyin mehnat shartnomasini bekor qilish kerakmi?


Shartnoma tuzish keragi yoʻq.

Mazkur ogohlantirish xati boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi yoki qaytadan ogohlantirish zarur boʻladimi?


Mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin, lekin muddatni chegarasi bor.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi boʻlgan, pensiya yoshiga yetgan xodimni ishdan boʻshatishni rasmiylashtishtirishda ish beruvchining hatti-harakatlari


Siz mehnatga layoqatsizlik varaqasini ochilgan butun davrga ogohlantirish muddatini uzaytirishingiz va xodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlashingiz lozim

Ayollar pensiya yoshiga toʻlgandan keyin ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinmi?


PQ-4235-sonli Prezident qarorida belgilangan tartibga rioya etishni tavsiya qilinadi.

Ogohlantirish muddati oʻrniga pullik kompensatsiya


Shtat qisqartirilganda  2 oylik ogohlantirish muddati tugamasdan mehnat shartnomasi faqat xodimning yozma roziligi bilan ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinadi

Shu sababli bu xodim bilan oʻzi egallab turgan lavozimi boʻyicha qanday qilib qonun doirasida yechim qabul qilsa boʻladi? Ishdan boʻshatish kerakmi (qaysi moddalarga asoslanib) yoki boshqa variantlar bormi?


Qonunchilikda nogironlarga bir nechta imtiyozlar oʻrnatilgan, lekin besabab ishga kelmaslik, va xodimning xoxishiga koʻra 6 oygacha ta’til olishlik belgilanmagan. 

Jinoiy ish qoʻzgʻatilgan xodimlarni ishdan boʻshatish imkoniyati


Xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi