Javob beramiz

Davlat xaridlari

Bu vaziyatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish mumkunmi?


Ha, davlat muassasasi avval xarid qilingan dasturni kuzatish va (yoki) funksiyaviy jihatdan kengaytirish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga haqli. 

Birja qoidalari asosida xaridordan undirilib, sotuvchiga oʻtkazilgan 1 mlrd soʻm jarima summasini sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv asosida toʻliq yoki qisman qaytarish, kompensatsiya qilish yoki oʻzaro hisobga olish mumkinmi va buning uchun qanday hujjat rasmiylashtirilishi lozim?


Vaziyat aniq holatlarni alohida baholashni talab qiladi.

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi qoʻriqlash xizmati oʻz tasarrufidagi koʻchmas mulkni ijaraga toʻgʻridan-toʻgʻri berishi mumkinmi?


Davlat mulkini toʻgʻridan toʻgʻri ijaraga berish mumkin emas.

Tanlov boʻyicha qoʻlga kiritilgan qurilish ob’yektini boshqa bir tashkilot (yordamchi pudratchi)ga shartnoma asosida toʻlaligicha (100%) qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun berish mumkinmi?


Ob’yektni qurilish-montaj ishlarini yordamchi pudratchiga bersa boʻladi.

Davlat ulushi 100% boʻlgan tashkilotning ta’sischiligidagi tashkilot (ulushi 100%) xorijdan uskuna import qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri import shartnomasi rasmiylashtirishi mumkinmi? Ushbu holatda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilmaydimi?


Mazkur shartnomani Qonun talablariga muvofiq ravishda tuzish zarur hisoblanadi.

Davlat byurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatining 9-bandida koʻzda tutilgan chegaraviy miqdor bir martalik xaridga taalluqlimi yoki bir yillik xaridgami?


Toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilishi mumkin boʻlgan shartnomalarga nisbatan davr (vaqt) chegarasi belgilanmagan. 

Jamiyatimiz tomonidan birja va kim oshdi savdolari orqali affilangan shaxslar bilan tuzilayotgan bitimlar toʻgʻrisida muhim faktlarni jamiyatning rasmiy veb-saytida va korporativ axborot yagona portali openinfo.uz da e’lon qilish shartmi yoki yoʻqmi?


Emintent (jamiyat) va affillangan shaxs oʻrtasida tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni korporativ axborotning yagona portaliga va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirish kerak.

Tashkilotimiz yordamchi pudratchi bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzishi mumkinligi yoki mumkin emasligi haqida ma’lumot berishingizni so’raymiz. To’liq murojaat xat ko’rinishida ilova qilinmoqda.


Agar qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada koʻrsatilgan ishni shaxsan oʻzi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun yordamchi pudratchilarni jalb qilishga haqli.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Buyurtmachi uchinchi shaxs bilan shartnomani yangidan imzolash huquqiga egami, bu yerda qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilmayaptimi?


Davlat xaridlari boʻyicha shartnomda ishtirokchini almashtirib boʻlmaydi.

Agar korxonamiz birja savdolari (xarid.uzex.uz sayti) orqali savdoni amalga oshirsa, ushbu cheklangan ustama doirasida narx belgilashga majburmi yoki ixtiyoriy narx belgilashi mumkinmi?


Birja savdolari orqali dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotishda xam qarorda koʻrsatilgan talablarga rioya qilish kerak.

Tibbiyot birlashmasi va xususiy sektor oʻrtasida tuzilgan autsorsing xizmati boʻyicha shartnoma dastlabki tanlov natijasiga asosan keyingi yillarga tanlov oʻtkazmasdan uzaytirilishi mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, shartnoma muddatini navbatdagi kalendar yilga uzaytirish cheklanganmi (masalan, 2 yilga yoki 3 yilga)?

Kompaniyamiz faoliyati davomida oʻz ehtiyojlari uchun xaridlarni amalga oshirishda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga amal qilishi majburiymi yoki tovar yetkazib beruvchilar (xizmat koʻrsatuvchilar) tomonidan beriladigan tijorat takliflaridan mos kelgani boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish mumkinmi?


Ha, siz "Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq xaridlarni amalga oshirishingiz shart.