Javob beramiz
Ta’til puli toʻlash
Ishdan boʻshatilganda foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani hisoblash
Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani ta’til pullarini hisoblagandek hisoblanadi.
Korxonada 2 oygina ishlagan xodimga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun haq toʻlash kerakmi
Ha, korxonaga 2026 yilning 15 yanvarida ishga kirib 13 martda boʻshab ketgan xodimga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun haq toʻlash kerak.
2026 yil 9 va 23 mart kunlari mehnat ta’tiliga toʻgʻri kelsa, toʻlov qilinadimi
9 va 23 mart kunlari MK 208-moddasi bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari emas, yakshanba ham emas, shunday ekan, ular mehnat ta’tili davomiyligini belgilashda hisobga olinadi va bu kunlar uchun haq toʻlanadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganida barcha foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya toʻlanishi
Ha, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi
Ishlab berilmagan ta’til kunlari uchun haq qanday ushlab qolinadi
Ish beruvchi ishlab berilmagan ta’til kunlari uchun ish haqidan ushlab qolish huquqiga ega. Buning uchun xodimning roziligi talab qilinmaydi.
Kompensatsiya toʻlanadigan, foydalanilmagan ta’til kunlar sonini aniqlash
Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya ushbu vaziyatda 1 kun uchun toʻlab beriladi.
Hodim va ish beruvchining roziligiga koʻra 24 kunlik mehnat ta’tilining 9 kunidan belgilangan tartibda foydalanish va qolgan 15 kuni uchun pullik kompensatsiya olish mumkinmi?
Xodim bolani 2 yoshgacha parvarishlash ta’tilida boʻlgan davrda navbatdagi homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa toʻlanadimi? Agar toʻlansa, bolani 2 yoshgacha parvarishlash nafaqasi bekor qilinadimi?
Mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan davr uchun ikkita nafaqadan bittasi toʻlanadi.
Shu gap mehnat qonunchiligiga toʻgʻri keladimi? Men 46 kunlik haq toʻlanadigan mehnat ta’tiliga chiqa olamanmi?
Xodimga pandemiya sababli yoki boshka sabablarga kura uch oydan beri ish xaki saklanmagan ta’til berilganda urtacha ish xakining bir baravarigacha kompensatsiya tulash uchun buyruk kanday yoziladi?
Ish xaki saklanmagan ta’til berilganda kopensatsiya toʻlanish qonunchilikda koʻzda tutilmagan. Moddiy yordam puli berishi (moddiy yordam koʻrsatishi) mumkin
Sobiq xodimlarimiz ushbu kompensatsiya uchun qancha vaqtgacha da’vo qilish huquqiga ega? Umuman, agar xodim da’vo qilmasa yoki da’vo muddati oʻtib ketsa, biz ushbu kompensatsiyani toʻlamaganligimiz uchun javobgar boʻlmaymizmi hamda davlatga soliq yoki moliyaviy jarima toʻlash majburiyati yuzaga kelmaydimi?
Bolani parvarishlash ta’tilini rasmiylashtirishi va unga haq toʻlashi
Ayollarga, ularning xohishiga koʻra, bolasi 3 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha ta’til beriladi.
Bolani 2 yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash ta’tili davrida nobyudjet sohalarida ishlaydigan shaxslarga oylik nafaqa ish joyidan toʻlanadi
Kasanachilar mehnat ta’tiliga chiqadimi?
Ha, kasanachilar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish va korxona jamoa shartnomasida koʻrsatilagan toʻlovlarni olish huquqiga egalar.
Avans tariqasida mehnat ta’tili olib boʻlgach ishdan ketishga ariza bergan shaxslar, ta’tilga chiqishdan oldin ta’tildan soʻng ishdan ketishlarini ma’lum kilgan shaxslarga nisbatan 2 kunlik ta’til puli tarzida koʻprok moddiy imtiyozga ega boʻlishiga oydinlik kiritishingizni soʻraymiz.
Xodim ta’tilda boʻlgan vaqtda uning ish joyi saqlanib qoladi. Shuning uchun mazkur holatda ta’til kunlarini qayta hisoblab chiqarishda xodim ta’tilda boʻlgan vaqti ham jami ish vaqtiga kiritib hisoblanadi.
1. Mehnat shartnomasining qanday asosga koʻra bekor qilinganligi (oʻz xohishiga koʻra, xodimning vafoti bilan, shtat qisqarishi sababli) ortiqcha toʻlangan mehnat ta’tili summasini undirish yoki undirmaslik masalasiga ta’sir qiladimi? 2. Xodimga ortiqcha hisoblangan mehnat ta’tili summasi qay tartibda aniqlanadi? Ya’ni bunda ortiqcha hisoblangan mehnat ta’tili summasi hisoblangan summani ortiqcha kunlarga nisbatan qismini aniqlash orqali hisoblab chiqariladimi yoki oʻrtacha oylik ish haqi mehnat shartnomasi bekor qilingan sanaga qayta hisob-kitob qilinib, shu asosda aniqlanadimi? 3. Agar xodimga boshqa hisoblanadigan ish haqi boʻlmasa, xodimdan undirilishi kerak boʻlgan ortiqcha mehnat ta’tili summasi qay tartibda aniqlanadi? Ya’ni bunda mehnat ta’tilining ortiqcha summasiga nisbatan hisoblangan va byudjetga toʻlab berilgan soliqlar summasini hisobga olish tartibi qanday boʻladi?
Mehnat shartnomasini bekor qilishda xodimga ishlanmagan vaqt uchun taqdim etilgan mehnat ta’tili summasi ortiqcha berilgan ta’til kunlariga mos ravishda aniqlanadi. Bunda oʻrtacha ish haqi qayta hisob – kitob qilinmaydi.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter