Javob beramiz

Nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash. Kassa operatsiyalari

1. Bankdan olingan nakd pul hisobidan bozordan mahsulot yoki asosiy vosita sotib olinganda, sotuvchi bilan tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi kifoya kiladimi yoki ushbu dalolatnomani yana kimdir tasdiqlashi kerakmi? 2. Bankdan korxona ehtiyoji uchun olingan naqd pulni Nizom jamgarmasini shakllantirish uchun topshirilgan pul hisobidan qanday qaytariladi?


Bankdan korxona ehtiyojlari uchun olingan naqd pulga jismoniy shaxslardan bozordan mahsulot yoki boshqa biror mol-mulkni xarid qilish mumkin. Ushbu holda sotuvchi bilan tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi kifoya kiladi.

Axoliga taxta tilish (pilorama) xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yekti nazorat-kasssa apparatini oʻrnatishi majburiymi?


Ha, sizning holatingizda, agar naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshirsangiz, NKM qoʻllashingiz shart.

Ushbu holatda NKM va NKM boʻyicha kunlik savdo pullari va Z otchyotlarni roʻyxatga olish kitobiga qanday qilib tuzatish kiritsa boʻladi?


«Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq bank va kassa-pul hujjatlarida tuzatishlar hamda oʻchirib yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuning uchun  nazorat-kassa daftariga tuzatishar kiritilmadi.

Kun oxirida kassada qoldiq qoladigan holatda kun oʻrtasida Z otchyot olish mumkinmi, va agar mumkin boʻlsa, u holda bu NKM yuritish kitobida qanday roʻyxatga olinadi?


Z-hisobot yechilganda NKMning (NKM) operativ xotirasiga kun davomida kiritilgan summalar fiskal xotiraga oʻtkaziladi va nazorat-kassa kitobida qayd etiladi. Ushbu hisobotni inkassatsiya paytida yechish talab etilmaydi.

1.Nazorat-kassa mashinasini O’zDST dan oʻtkazib turish kerakmi, va qancha vaqt oraligʻida? 2. Kassa apparatining Davlat standartlari talablariga javob berishi yoki bermasligini qanday aniqlasak boʻladi?


Sertifikatlash NKMni soliq xizmati organida roʻyxatdan oʻtkazishdan avval amalga oshiriladi. NKMlarga qoʻyilgan texnik talablar AVda 11.07.2014 yilda 2601-son bilan roʻyxatdan oʻtgan qarorda belgilangan.

1. Nazorat-kassa mashinasida zet-hisobot yechilganidan soʻng yana summa urilsa va yana zet-hisobot yechilsa, bu xatolikmi? 2. Bunday holat nazorat-kassa jurnali qanday koʻrsatilishi kerak?


Nazorat-kassa mashinasida (NKM) Z-hisobot kun (smena) oxirida yechib olinadi, unda ish kuni (smena) davomida NKM orqali kiritilgan summa aks ettgan boʻladi.

Korxona buxgalteriyasida pul aylanmasi (mablagʻlar kirimi, chiqimi) tartibi qaysi qonun hujjatlarida belgilangan?


Korxona va tashkilotlarda pul mablagʻlarini kirim qilish va chiqarishda Buxgalteriya hisobiga oid qonun hujjatlari, soliq solishga oid qonun hujjatlari hamda korxonaning ichki hujjatlariga rioya qilish lozim.

Kassa kirim va chiqim orderlarini rasmiylashtirish va sotilgan mahsulotlarni hujjatlashtirish tartibi qanday?

Agar mijozlar xizmatlar uchun toʻlovni korxona bilan bitta binoda joylashgan bank kassasi orqali amalga oshirsalar korxonada NKM va toʻlov terminali oʻrnatilishi shartmi?


Agar korxonangiz aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirsa NKM va toʻlov terminalidan foydalanish shart.

NKM va toʻlov terminali majburiy tartibda mavjud boʻlishi qanday normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi?


Soliq kodeksi, “Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida” Nizom (VMning 17.11.2011 yildagi 306-son qaroriga 1-ilova) va boshqalar normativ hujjatlar aholi bilan hisob-kitobda NKM va toʻlov terminali majburiy tartibda qoʻllanishini tartibga soladi.

Davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoʻlkira chiptalarini sotishdan tushgan tushum fiskal xotirali NKKni qoʻllagan holda kirim qilinishi soliqqa oid huquqbuzarlik hisoblanadimi? Agar yuqoridagi holat soliqqa oid huquqbuzarlik hisoblansa, u holda qanday javobgarlikka tortilish mumkin?


Yoʻq, mazkur holatda hech qanday huquqbuzarlik yoʻq.