Javob beramiz

Kirishi

Oziq-ovqat mahsulotlarini kirim qilish va koʻrsatilgan xizmatlar tannarxiga hisobdan chiqarish


Buxgalteriya hisobida bunday TMZlar materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga kirim qilinadi, misol uchun 1010 yoki 1090. Koʻrsatilayotgan xizmatlarning tannarxiga kiritishda esa 2010 schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.

BYuDdagi xatolikni tuzatishda buxgalteriya oʻtkazmalari


BYuDga kiritilgan oʻzgarishlarni buxgalteriya hisobida ular haqiqatda amalga oshirilgan sanada kiritish kerak.

Tovarlarni buxgalteriya hisobida sotish qiymati boʻyicha aks ettirish


Ushbu me’yor aynan chakana sotish uchun sotib olingan tovarlarga tegishli.

Import aktivni hisobga olish


Tovarning buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasi shartnoma shartlariga asosan tovarga nisbatan mulk huquqining oʻtish sanasiga koʻra aniqlanadi.

Import qilingan TMZni kirim qilish sanasi


Import qilingan tovarlar ularni shartnomadagi yuklab joʻnatish shartlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobiga kirim qilinadi. Bu shartlar turlicha boʻlishi mumkin.

Tovar sotib olinganidan soʻng olingan chegirmani aks ettirish


Tovar-moddiy zaxiralari qabul qilingan sanadan soʻng ularni xarid qilish boʻyicha shartnoma shartlarini bajarish natijasida yuzaga kelgan (olingan) chegirmalar, tashkilotning moliyaviy natijalariga olib boriladi va sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini kamaytirmaydi.

Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlari boʻyicha TMZ qoldiqlari qayta baholanadimi


Korxonadagi aroq, konyak kabi TMZ qoldiqlarini qayta baholash kerak emas.

Vositachiga toʻlangan haq tovar tannarxiga kiritilishi


Tovarni sotib olishda vositachi tashkilotga toʻlangan haq import qilingan tovar tannarxiga kiritiladi.

Sotib olingan tovarlarning tannarxi


Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari oʻz tovarlarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga haqlilar

Xaridorda chegirma bilan olingan tovarlar hisobi va chegirma summasini aks ettirish


Tovar qabul qilingan sanadan soʻng ularni xarid qilish boʻyicha shartnoma shartlarini bajarish natijasida olingan chegirmalar xaridorning moliyaviy natijalariga olib boriladi

Bepul olingan TMZlarni kirim qilish


Korxona tomonidan bepul olingan TMZlarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan, ya’ni bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Onlayn-NKM cheki yoki EHFsiz xarid qilingan tovarni kirim qilish


YaTT boʻlmagan jismoniy shaxslargina onlayn-NKM chekini bermaydi, YaTTlar onlayn-NKM yoki virtual kassa chekini berishi shart.

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tovarning sotib olinishi va sotilishi


Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar jismoniy shaxslardan, shu jumladan bozorlarda tovarlarni naqd pul evaziga sotib olishlari mumkin.

Chet el valyutasiga sotib olingan tovarlarni kirim qilish


Tovarlarni Inkoterms yetkazib berish shartlaridan kelib chiqqan holda mulk huquqini qoʻlga kiritgan sanangizdagi AQSh valyutasining MB kursi boʻyicha soʻmda kirim qilasiz.

Tovarni alohida ehtiyot qismlarga ajratib sotish


Har bir ehtiyot qism alohida tovar sifatida kirim qilinadi.