Javob beramiz
Hujjat aylanishi
Viloyat tumanlarida omborxona va savdo shaxobchalariga ega boʻlgan korxona buxgalteriyasida tovarlar realizatsiya bilan bogʻliq qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi, qanday buxgalteriya oʻzkazmalari beriladi va hisobotlar tuziladi? Korxonaga qarashli viloyat markazlaridagi omborxonalarda va tumanlardagi savdo shaxobchalarida tovarlar realizatsiya bilan bogʻliq qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi, qanday buxgalteriya oʻzkazmalari beriladi va hisobotlar tuziladi?
Korxonangizga qarashli viloyat markazlaridagi omborxonalarda va tumanlardagi savdo shaxobchalarida tovarlar realizatsiya bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobi markazlashgan holda bosh ofis tomonidan yuritiladi.
PQ-3377 normalariga muvofiq, kelgusida buxgalteriya hisobi va soliq nuqtai nazaridan aholidan sotib olingan mahsulotlar boʻyicha hisob-kitoblar va ularni yopish boʻyicha qanday ishlarni amalga oshirishimiz zarur boʻladi?
2017 yil 15 noyabrdan boshlab korxona meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olsa, JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllashi uchun ular oʻz tomorqasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilishi zarur emasligi belgilangan.
Umumiy ovqatlanish korxonasi boʻyicha soliq va buxgalteriya masalalarini yoritib bersangiz?
Umumovqatlanish faoliyatini amalga oshirishda “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish Qoidalari”ga amal qilishingiz zarur
Agar korxonaning bankdagi hisob-raqamidan bir vaqtning oʻzida ikki oy uchun oylik ish haqi olinsa, ushbu pul mablagʻlari korxona kassasiga nechta kassa kirim orderi bilan kirim qilinadi: har bir oy uchun alohida-alohidami yoki jami summaga bitta order bilanmi?
Bankdan bitta chek orqali olingan naqd pul mablagʻlari uchun bitta kassa kirim orderi rasmiylashtiriladi.
Hujjatlarning kseronusxalarda yuritish mumkinmi?
Tadbirkorlik faoliyati davomida tuziladigan hujjatlar shakli va ularni tuzish tartibi boʻyicha talablar qonunchilik normalaridan kelib chiqadi.
Yuk xatida tovarning faqatgina miqdorini koʻrsatib, narxini «kelishilgan narxda» deb koʻrsatish mumkinmi?
Hisobvaraq-fakturada joʻnatilayotgan mahsulotlar narxi va qiymati koʻrsatilishi shart. Yukxatida esa joʻnatilgan mahsulot miqdori aks ettiriladi, unda mahsulot narxini qoʻrsatish majburiy emas.
Bankga inkassatsiya qilingan naqd pul tushumidan kamomad chiqsa kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftariga qaysi summa yozilishi kerak?
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftariga joriy ish kuni davomida bankka topshirilgan naqd pul tushumining jami summasi, ya’ni yuk xati orqali inkassatsiya xizmatiga topshirilgan naqd pul tushumining summasi yozilishi kerak.
1. my.soliq.uz orqali elektron joʻnatilgan moliyaviy va soliq hisobotlarini, toʻlov topshiriqnomalarni qogʻoz variantda ham rasmiylashtirib qoʻyish kerakmi? 2. Rahbar nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzodan bosh hisobchining foydalanishini qanday qilib toʻgʻri tashkil etish kerak?
Elektron tartibda joʻnatilgan moliyaviy va soliq hisobotlarni majburiy tartibda qogʻoz xujjat koʻrinishda rasmiylashtirish amaldagi qonun xujjatlarida belgilanmagan.Lekin qonunda belgilangan holatlarda elektron xujjatlar nusxalarini qogʻoz qoʻrinishida taqdim etish zaruriyati kelib chiqishi mumkin.
Jismoniy shaxsga koneynerni sotishda hujjatlarni tayyorlash tartibi qanday?
Ushbu hujjatlar konteynerni material emas, tovar deb tan olinishi va uning natijasida kelib chiqadigan soliq oqibatlaridan qochish uchun zarur.
Korxonada amortizatsiya normalari pasayishini qanday toʻgʻri rasmiylashtirish (hisob siyosatida aks ettirish) mumkin?
OʻzR SKning 144-moddasiga binoan amortizatsiyani Soliq kodeksida belgilanganidan pastroq normalar boʻyicha hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.Bunday oʻzgartirishlar korxona hisob siyosatida aks ettirilishi kerak.
Yangi taxrirdagi «yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ga muvofik kassir hisoboti kanday rasmiylashtiriladi?
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishni rasmiylashtirish «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» ( 2687-son bilan 22.06.2015y.da ruyxatga olingan) hamda «fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida Nizom» (VM 17.11.2011y. 306-son Karoriga 1-Ilova) ga muvofiq tartibga solinadi.
Naqd pulga sotib olingan tovarlar uchun qanday birlamchi hujjatlar rasmiylashtirish kerak? Bunda korxonamizda jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad soligʻini ushlash majburiyati kelib chiqmaydimi?
Naqd pulga xaridni amalga oshirishda rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan hujjatlar shakli belgilanmagan. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, korxona oʻz hisob siyosatida birlamchi hujjat shakllarini tasdiqlashi mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter