Javob beramiz
Audit
AJ tarkibiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalarning bir-biriga tovar va xizmatlarni realizatsiya qilishida EHF rasmiylashtirish
Jamiyat tarkibiga kiruvchi alohida yuridik shaxs boʻlmagan filiallar bir-birlariga tovar va xizmatlarni sotmaydilar.
“Uzbekkoʻmir”AJ tomonidan (ustav kapitalidagi ulushi - 100%), tashkil etilgan unitar korxona ustav fondida davlat ulushi mavjud emas. Majburiy auditorlik tekshiruvidan utishimiz lozimmi?
Korxonangizda davlat ulushi boʻlmaganligi va u davlat unitar korxonalariga kirmaganligi uchun sizning korxonangiz majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart emas.
Aksiyadorlik jamiyati hisobot yili yakunlari boʻyicha auditorlik xulosasini soliq organlari xizmatiga taqdim qilishi shartmi? Agar taqdim qilish shart boʻlsa, qaysi muddatgacha?
Ha, Siz korxonangizning hisobot yili yakunlari boʻyicha auditorlik xulosasi nusxasini auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgandan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay soliq organlari xizmatiga taqdim qilishingiz shart.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter