Javob beramiz

16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun pasport

Men Oʻzbekiston fuqarosiman, ayolim esa Rossiya fuqarosi. Oʻgʻlimiz 2010 yili Toshkentda tugʻilgan va Oʻzbekistonda berilgan tugʻilganlik guvohnomasiga ega.


- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (bundan keyin 200-son Nizom) muvofiq sizning muammoingizni hal etish uchun oʻgʻlingizga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish, oʻgʻlingizni Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqishga notarial tasdiqlangan roziligingiz va ayolingizning oʻgʻilni kuzatib borish majburiyatini taqdim etish zar

Agar 13 yashar bolaning biometrik pasporti boʻlsa, bir oʻzi xalqaro parvoz yoʻnalishida uchishi mumkinmi?


Mazkur holda siz aviakompaniyaga murojaat qilishingiz va bolani tashish shartnomasini tuzishingiz lozim. Aviakompaniya uni kuzatuvchi shaxsni belgilaydi. Shundan keyin shartnomani tuman IIBning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga taqdim etish zarur.

Kattalar va 16 yoshga toʻlmagan bolalar, respublikadan tashqariga chiqib ketayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini qanday qilib olishlari mumkin? Buning uchun ichki ishlar organlariga qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?