Javob beramiz
Qishloq xoʻjaligida buxgalteriya hisobi
1. Aholidan sotib olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishdan yagona soliq toʻlanadimi? 2. Un mahsulotlari ishlab chiqarish (qayta ishlash sifatida) boshqa faoliyat sifatida soliqqa tortiladimi?
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer soligʻi toʻlovchi mazkur faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi va ular boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashi lozim.
1.Agrofirma (MChJ) qanday turdagi soliqlarni toʻlaydi? 2.Bizning MChJ VMning 04.03.2017y. 119-sonli qarori boʻyicha soliq toʻlovlarida qanday imtiyozlarga ega?
Korxonangiz soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllaydigan boʻlsa, u YaST va ish haqini hisoblash bilan bogʻliq soliq va majburiy toʻlovlarni toʻlashi kerak. Aks holda, YaST oʻrniga umumbelgilangan soliqlarni toʻlashi lozim.
Agar fermer xoʻjaligining yagona ijtimoiy toʻlov hamda fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa va xodimlarga natura shaklda ish haqi toʻlansa, bunga nisbatan qanday javobgarlik qoʻllaniladi? Bu holatga soliq organlari e’tiroz bildirishi yoki ular tomonidan ma’muriy jarima qoʻllanishi mumkinmi?
Ushbu qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan MJTKning 175-4-moddasi bilan ma’muriy jarima qoʻllaniladi.
1. Rejadan ortiqcha bajarilgan va fermer xoʻjaligi ixtiyorida qolgan gʻalla, gʻalladan boʻshagan joylarga ekilgan takroriy ekinlar boʻyicha ma’lumotlar buxgalteriyada aks ettirilmasligi biron bir javobgarlikka sabab boʻladimi? 2. Mazkur holatlarni ya’ni rejadan ortiqcha bajarilgan va fermer xoʻjaligi ixtiyorida qolgan gʻalla, gʻalladan boʻshagan joylarga ekilgan takroriy ekinlarni buxgalteriyada aks ettirish boʻyicha iloji boʻlsa misol orqali tushuntirish bersangiz. Bunda uni fermer xoʻjaligi hisobidan sotish yoki fermerning foydasiga oʻtkazib, keyin uni fermerning oʻzi tomonidan realizatsiya qilinishini buxgalteriyada aks ettirish boʻyicha ham ma’lumot bersangiz.
Fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan yer maydonlarida yetishtirilgan tayyor mahsulotlarni hisobga olmaslik buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish deb baholanadi.
1. Yuridik shaxs tomonidan aholidan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini bankdan oʻsha maqsad uchun olingan naqd pulga sotib olinganda, toʻlov manbaida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi qanday ushlab qolinadi? 2. Fuqaro oʻz tashabbusi bilan aholidan uyma-uy yurib mahsulotni toʻplab korxonamizga topshirsa, soliq qanday ushlanadi? Aholidan sotib olgan narxi bilan topshirgan narxi oʻrtasidagi foydasidan ushlanadimi? Bu qanday aniqlanadi? 3. Aholidan qishloq xoʻjalik mahsulotlari naqd pulga sotib olinganda qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi? 4. Dehkon bozorida qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkordan naqd pulga mahsulot olinganda qanday hujjat rasmiylashtiriladi?
Jismoniy shaxsning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlari toʻlov manbaida soliqqa tortiladi. Hisoblangan soliq summasi mazkur daromadlar jismoniy shaxsga haqiqatda toʻlanayotganida ushlab qolinadi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter