Javob beramiz
Korporativ karta
KPKdan foydalanishda boʻnak hisobotini taqdim etish muddatlari
Yoʻq. Korporativ plastik kartadan foydalanishda boʻnak hisoboti 1 oyda bir marta taqdim etilmaydi.
Korporativ kartada pul yetarli boʻlmaganda, xodim oʻz hisobidan sarflagan pul mablagʻlarni qoplab berish
Xodim korporativ karta boʻyicha hisobot topshiradi, unda sarflangan xarajatlar miqdori aks ettiriladi. Hisobot rahbar tomonidan tasdiqlanganidan soʻng, ortiqcha miqdor xodimga qaytarilishi kerak.
Korporativ karta bilan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan xaridlar
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom mavjud.
Korporativ kartadan shaxsiy ehtiyojlarda foydalanish
Qonunchilikda korporativ kartadan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanish koʻzda tutilmagan.
Korporativ kartadan shaxsiy ehtiyejlarda foydalanish
Yakka tartibdagi tadbirkor milliy valyutadagi bank kartalaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan har qanday xarajatlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin.
Sotish uchun tovarni KPKga sotib olish mumkin ekanligi
Ha, umumovqatlarish korxonasi spirtli ichimlikni sotib olishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish bilan bogʻliq xarajat. Xarid uchun toʻlovni KPK orqali amalga oshirish mumkin.
KPKdan sarf qilingan pullarni ish haqidan ushlab qolishni hujjatlar bilan rasmiylashtirish
Sizning holatingizda korxonaning KPKdan shaxsiy maqsadlar uchun ishlatilgan pul mablagʻlarini direktor qarori/arizasi asosida ish haqidan ushlab qolishni tavsiya etish mumkin.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar boʻyicha oʻtkazmalar
Har ikkala xodim oʻzi qilgan xarajat toʻgʻrisida hisobot beradi. Hisobotga sotuvchining schyot-fakturasi ilova qilinadi. Shu hujjatlar asosida buxgalteriya oʻtkazmalari qilinadi.
Korporativ kartaga benzin xaridi soliqqa tortiladimi?
Xarid qilingan yoqilgʻi hisobdor shaxsning hisoboti va unga ilova qilingan hujjatlar asosida balansga olinadi. Ayrim hollarda soliq oqibatlari yuzaga kelishi mumkin.
Korporativ karta bilan xarid boʻyicha xatolikni tuzatuvchi oʻtkazmalar
Oʻtgan yillarda moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan va keyingi yillarda aniqlangan xatoliklar 3-son BHMSning 16-bandiga muvofiq tuzatiladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter