Javob beramiz

Xoʻjalik faoliyati turlari

Ta’lim yo’nalishida haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi qanday tartibda va qancha muddatga tuziladi?


Ushbu turdagi shartnoma yozma shaklda tuziladi, shartnoma muddati esa tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi.

Muassasaning ustavda nazarda tutilmagan faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyati


Yuridik shaxslar ta’sis hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shugʻullanishlari mumkin.

Tibbiyot uskunalari ulgurji savdosi uchun IFUT kodini belgilash


Mazkur kodlarni statistika organlari beradilar va aniq javobni olish uchun ularga murojaat qilishingiz lozim.

Korxonamizda manzarali gul koʻchatlari va daraxtlar yetishtirib sotamiz va landshaft xizmatlarini koʻrsatamiz. Yoʻllarni qurish boʻyicha korxona bizning xizmatlarimizdan foydalanmoqchi. Korxona bosh pudratchi boʻlib, bizni yordamchi pudratchi qilib olmoqchi. Yetishtirgan mahsulotimizni bozor qiymatida sotishga haqqimiz bormi yoki bosh pudratchiga tannarxida berishimiz kerakmi? Buyurtmachi - byudjet tashkiloti.


Yordamchi pudratchi xizmatlariga erkin narx belgilashi mumkin.

Shuni birja orqali emas, ochiq sotish man etilganmi?


Ha, man etilgan.

DSI "qurilish tashkilotlari buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan smetadagi ish haqi fondini ishni bajarish muddatida ishchilarga toʻlashi lozim"ligi boʻyicha talab qoʻymoqda. Ularning talabi oʻrinlimi? Smeta yoki forma-2 dagidan kam ish haqi toʻlash noqonuniymi? Masalan, smeta va forma-2 da ish haqi fondi odam/soat boʻyicha hisoblanadi, biz esa ishchilarimiz bilan vaqtbay hisob-kitob qilamiz. Bizning harakatlarimiz noqonuniymi?


Yoʻq, qurilish tashkilotlari smetada koʻrsatilgan ish haqi miqdorini quruvchi ishchilariga toʻlashga majbur emas.

1.Korxona yutuq sifatida beriladigan avtomashini davlat roʻyxatidan oʻtkazishi (GOS nomer olishi) shartmi? 2.Korxonamiz aksiya oʻtkazsa qanday soliq oqibatlari vujudga keladi? 3.Reklama sifatida Futbolka va kepkalar (logotipli) tarqatilsa qanday soliq oqibatlari vujudga keladi?


Yangi avtotransport vositasi olinganda uni belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazish kerak. Yutuq gʻolib-jismoniy shaxsga berilganda soliq oqibatlari yuzaga keladi.

1. Pul oʻrniga qurilish materiallari olsak boʻladimi? 2. Buning solik oqibatlari qanday?


Sizning holatingizda qurilish ishlarini bajargan tashkilotga jismoniy shaxslar tomonidan materiallar berilishi natijasida soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotning koʻchma savdosini amalga oshirish istagi boʻlgan ishlab chiqarish korxonasi oʻz mahsulotlarini nazorat kassa mashinasi va bank terminalini qoʻllagan holda sotishini koʻchma savdo orqali amalga oshirishi mumkinmi? Buning uchun hozir kunda qanday talablar mavjud?


Ha, mumkin.

1. Chet el fuqarosi tomonidan toʻlangan valyuta mablagʻlarini soʻmda kirim qilinishi toʻgʻrimi? 2. Bunday qoʻshimcha bitim toʻgʻri tuzilganmi va bu holatda jarima sanksiyalari qoʻllanilishi mumkinmi? 3. 3. Chet ellik korxona oldidagi kreditorlik qarz valyutasi har oyda qayta baholanib boradimi?


Umimiy qoidaga koʻra korxonalarning xoʻjalik faoliyatidan olingan chet el valyutasidagi barcha mablagʻlar ularning chet el valyutasidagi schyotlariga albatta oʻtkazilishi kerak.

Asosiy faoliyat turi «tibbiy xizmat» boʻlgan sanatoriya-dam olish, davolanish maskanlaridagi mavjud davolanuvchilar yotoqxonasi, davolanuvchilar ovqatlanish oshxonasi, davolanish binosi- umumiy holda tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun binolar jumlasiga kiradimi yoki faqat davolanish binosi hisoblanadimi?


Qonunchilikda tibbiy xizmatlar koʻrsatish binolariga alohida ta’rif berilmagan.

Ishonchnoma qaysi holatlarda taqdim etilishi shart?


Ishonchnoma faqat tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladi.

Xususiy qoʻriqlash va qorovullik uchun autsorsing xizmatini koʻrsatish uchun litsenziya talab qilinadimi?


Bir korxona ikkinchi korxona uchun xususiy qoʻriqlash  xizmatlarini autsorsing shartnomasi asosida koʻrsata olmaydi.

Xususiy kadrlar agentligi yoki autsorsing xizmatlarini koʻrsatuvchi korxona qorovullik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkinmi? Ushbu faoliyat qaysi xizmat turiga kiradi?


Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqlilar.

Shartnomadagi ushbu band mutaxassisni yuqoridagilar bilan ta’minlashga asos boʻladimi yoki qoʻshimcha buyruq chiqarish kerakmi?


Buyruq chiqarish shart emas.