Javob beramiz
Litsey va kollejlar
Agarda talaba shunday korxonani topsa hamda shartnoma imzolangan boʻlsada, talabaning oʻqishi yakunlanmasidan kollej rahbariyati tomonidan ushbu korxona tomonidan talabani qabul qilish haqidagi buyrugʻi, mehnat shartnomasi, kafolat xati va h.k. kabi hujjatlarni talab qilishi qanchalik toʻgʻri?
Siz eslatib oʻtgan toʻrt tomonlama shartnoma imzolangan boʻlib va uning bandlarida bilan eslatib oʻtilgan hujjatlar nusxalari kasb-hunar kolleji ma’muriyatiga taqdim etilishi belgilangan boʻlsa, kollej talabi asosli, deb topiladi.
Kasb-hunar kolleji rahbariyatining bu talabi qaysi qonun hujjatlari asosida amalga oshirilyapti?
Kasb-hunar kollejining ma’muriyati (rahbariyati) tomonidan siz eslatib oʻtgan talablari noqonuniydir.
1995 yilda Hunar texnika bilim yurtini yakuni buyicha berilgan attestat fuqaroning qanday ma’lumotga ega ekanligini bildiradi?
Men fuqaroligi boʻlmagan shaxsman, Toshkentda yashayman, qizim bor. U ham fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblanib, kollejda oʻqiydi. Kollej rahbariyatining uning oʻqishi uchun xorijiy fuqaro sifatida haq toʻlash haqidagi talabi qonuniymi?
Agar sizning qizingiz respublikada istiqomat qiladigan fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblansa, u holda kollej rahbariyati undan chet el fuqarosi sifatida oʻqish uchun haq toʻlashni talab qilishga haqli emas.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter