Javob beramiz

Yagona yer soligʻi

Yagona yer soligʻi toʻlovchilari boshqa daromadlardan soliq toʻlamaganligi


Yagona yer soligʻini hisoblashda korxonaning boshqa daromadlari hisobga olinmagan.

 

2017 yil yanvar-may oylari uchun ham yagona soliqning eng kam miqdori hisobga olinadimi?


YaSTning eng kichik miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovini hisoblash va toʻlash tartibi yagona yer soligʻi toʻlovchilari boʻlgan yuridik shaxslarga tadbiq etilmaydi.

Ilmiy tajriba xoʻjaligining yer maydonlari uchun yagona yer soligʻi boʻyicha koʻzda tutilgan imtiyozlar qanday tartibda qoʻllanilishini misollar bilan tushuntirib berishingizni soʻrayman. Xoʻjalik tomonidan pudrat asosida yerlarni ijaraga berishi boʻyicha shartnomalar tuzish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish bersangiz.


Yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash shartlari SKning 367-moddasi va 282-moddasi ikkinchi qismida belgilangan. Oila pudari shartnomasi toʻgʻrisidagi ma’lumot Yer Kodekaining 51-moddasida koʻrsatilgan.

Yagona yer soligʻiga qandaydir oʻzgartirishlar kiritildimi?


2018 yilda Yagona yer soligʻi (YaYeS) boʻyicha 2017 yilga nisbatan oʻzgarishlar boʻlmagan. 

1.Qishloq xoʻjaligi ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan yer maydonining meliorativ holati yomonligi aniqlanganda soliq kodeksining 282-moddasi 24-bandiga asosan yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyoz olish mumkinmi? 2.Agar mumkin boʻlsa bu qanday tartibda amalga oshiriladi va ushbu hujjatlar kim tomonidan tasdiqlanishi kerak?


Qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchi yagona yer soligʻi toʻlovchilarga Soliq Kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar tatbiq etiladi.

Qanday holatlarda yagona yer soligʻi toʻlovchilari 1 gektardan ortiq yer maydoni uchun yer soligʻini toʻlaydi?


YaYeS toʻlovchi fermer hoʻjaligi qishloq xoʻjalik mahsuloti bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyati boʻyicha YaST toʻlasa, mazkur faoliyatni amalga oshirish joyidagi yer uchastkasi boʻyicha (1 gektardan ortiq boʻlsa) yer soligʻi toʻlovchisi boʻladi.

1. Fermer xoʻjaligimiz (yagona yer soligʻi toʻlovchisi) 2017 yilda foizsiz boshqa tashkilotdan qarz mablagʻi olgan. Undan yagona soliq boʻyicha majburiyat vujudga keladimi? 2. Bizning fermer xoʻjaligimizda mavjud texnikalardan (kombayn, traktor) boshqa xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga xizmat koʻrsatganda qanday soliq toʻlanadi? (2017 yilda koʻrsatilgan texnika xizmati asosiy faoliyatning 4% tashkil etgan)


Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda, ya’ni texnika xizmatini koʻrsatishda fermer xoʻjaligingiz mazkur faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi va yagona soliq toʻlovini toʻlashi shart.

1. Axolini kam ta’minlangan qatlamini hamda Mehribonlik uyiga oʻz mahsulotlarini tekinga berishda qanday solik oqibatlari yuzaga keladi? 2. Agar mexribonlik uyi tomonidan ijtimoiy qoʻllab kuvvatlash yuzasidan Aloqa xati hamda ishonchnoma yozib Qishlok xoʻjaligi mahsuloti, misol uchun tuxum berilsa toʻgʻri boʻladimi yoki mahsulot berish yuzasidan shartnoma imzolash kerakmi?


YaYeS toʻlovchisi tomonidan oʻz mahsulotini mehribonlik uyiga yoki oʻzga yuridik shaxsga tekinga berilishi unda hech qanday soliq oqibatini yuzaga keltirmaydi. Aholiga bevosita beriladigan boʻlsa, mahsulot beruvchi korxonada soliq agenti sifatida JShDS ushlab qolish majburiyati yuzaga kelishi mumkin. 

Yagona yer soligʻi toʻlovchilar tomonidan oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjalik mahsulotini qayta ishlash natijasida yangi mahsulot ishlab chiqarilganda va sotilganda yagona yer soligʻi toʻlovchisi boʻlib qoladimi? Oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjalik mahsulotini qayta ishlash darajasi qanday boʻlishi kerak?


Ha, yagona yer soligʻi toʻlovchi korxona oʻzi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlab sotganida u yagona yer soligʻi toʻlovchisi boʻlib qoladi.

Korxona qaysi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirsa yagona yer soligʻi toʻlovchisi boʻlishi kerak boʻlgan qishloq mahsulotlarining aniq roʻyxati bormi?


Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining aniq roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) Statistik klassifikatorining A boʻlimida keltirilgan.

Yagona yer soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korxona boshqa xoʻjaliklardan sotib olingan mahsulotni ishlab chiqarishdan soliq toʻlashi kerakmi?


Agar sizning korxonangiz qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchilar uchun belgilangan me’zonlarga javob bersa, u holda korxona faqat yagona yer soligʻini toʻlaydi.

1.Yagona yer soligʻini toʻlovchi yuridik shaxs yuridik shaxs transport vositalarini ijaraga berganda hamda ijaraga olingan transport vositalarini boshka yuridik shaxslarga subijaraga berganda byudjetga qanday toʻlovlarni amalga oshiradi? 2.Hisobvaraqda pul mablagʻlari yoʻqligi sababli muassis va direktor tomonidan korxonaga yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va boshqa tovarlar topshirildi. Agar keyinchalik ham bu vositalar korxona egaligida qolsa, u holda ular korxonaning qanday daromadi hisoblanadi hamda qanday soliqlar solinadi?


Yagona yer soligʻini toʻlovchilar uchun boshqa daromadlarga, shu jumladan mol-mulkni operativ ijaraga va subijaraga berishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar bundan mustasno (Soliq kodeksining 363-moddasi).

Issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga qanday toʻlovlar amalga oshiriladi?


Issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari sifatida yagona yer soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi.