Javob beramiz

Yuridik shaxslarning xoʻjalik faoliyati

Korxona umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanadi. Filial ochish maqsadida koʻp qavatli turar joy binosining 1-qavatini ijaraga olgan. Ushbu koʻchmas mulk turar joy hisoblanadi.


Yoʻq, joy noturar joyga oʻtkazilmasdan mumkin emas.

Avtomashinani sotish qiymati va soliq oqibatlari


Mikromoliya tashkiloti shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan qaytarilgan avtomashinani oʻz balansidagi mol-mulk sifatida tasarruf etishga, shu jumladan istalgan qiymatda sotishga haqli.

Oddiy ko’rik uchun majburiy to’lov bormi? Bu pullik xizmat majburiymi, fuqaro buyurtma qilmasa ham majburiy xizmat ko’rsatish qanchalik to’g’ri? To’lov amalga oshirilmasa, 2-3 kun ichida gaz tarmog’idan uzib qo’yilishi qanchalik to’g’ri?


Texnik xizmat koʻrsatish iste’molchining yozma, ogʻzaki va elektron buyurtmasi asosida koʻrsatiladi.

Dorixonalar tarmogʻi bankdan naqd pul yechib olib, yangi dorixonalar qurdirishi mumkinmi


Yoʻk, dorixonalar tarmogʻi bankdan «zaruriy ehtiyojlar» uchun olingan naqd pulni yangi dorixonalar qurilishi va ta’mirlanishiga sarflashi qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydi.

Ularning harakatlari qanchalik to'g'ri?


Gaz uskunalarning texnik xizmatidan oʻtkazilishi shart. 

Rezidentlar oʻrtasida xizmatlar qiymatini chet el valyutasida belgilash mumkinmi


Rezidentlar oʻrtasida xizmatlar qiymati soʻmda belgilanishi lozim, narxni chet el valyutasi yoki shartli birliklarga bogʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Buyurtmachi qurilish materiallariga oid hujjatlarni talab qilishga haqlimi


Buyurtmachi, avvalo, shartnoma va loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni talab qilishga haqli. Qurilish materiallarini sotib olishga oid birlamchi hujjatlarni taqdim etish esa qonunchilikda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilmagan.

Tashkilot tomonidan naqd pulga bozordan sotib olinadigan tovar-xom ashyo miqdori qaysi qonun bilan belgilangan?


Sotib oluvchi uchun naqd pulga bozordan sotib olinadigan tovarlar miqdori qonunchilikda cheklanmagan. 

Erkin-iqtisodiy zona ishtirokchilari hisoblangan bir korxona boshqa korxonaga qoʻshib olinganda qayta tashkil etish qaysi normativ-huquqiy hujjatga asosan amalga oshiriladi?


Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini qayta tashkil etish tartibi aloxida belgilanmagan.  

Shu holatda TTYni qabul qilsa, qonun buzilishi bo’ladimi yoki yo'qmi?


ETTYuXda xaqiqatdan tashilgan va elektron hisob fakturada koʻrsatilgan tovar moddiy boyliklar koʻrsatilishi lozim.

Mol yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilishda vositachilik haqi sifatida daromadni yuqorida bayon etilgan tartibda belgilash vositachilik (topshiriq) shartnomasi talablariga muvofiq hisoblanadimi?


Siz bayon etgan hisob-kitob tartibi vositachilik (komissiya) shartnomasi talablariga muvofiq keladi. 

2026 yil 1 apreldan keyin yaroqlilik muddati bor boʻlgan, ammo markirovkalanmagan qoldiq mahsulotlarni toʻqqiz oy davomida markirovkasiz realizatsiya qilsak boʻladimi?


Markirovkalanmagan maxsulotni sotish muddatlari oʻzgartirilmagan.

 

Ushbu pul mablagʻlari va tovarlarni kiritish qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim?


Ustav fondini oshirish uchun qaror, ustav va qoʻshimcha xissa kiritilgan toʻgʻrisida xujjat.

Korxonaning yuridik manzili


Pochta manzili – bu korxonaning uning ustavida, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada va yuridik shaxslarning davlat reyestrida koʻrsatilgan joylashgan joyi. Pochta manzili xoʻjalik yurituvchi sub’yektning aynan shu joyda haqiqatda joylashganligini nazarda tutadi.

Tekinga foydalanishga berish qonunda qanday tartibga solingan?


Noturar joyni ijara yoki tekin foydalanishga berilishi toʻgʻrisida shartnoma soliq organlarida hisobga qoʻyiladi.