Javob beramiz
Umumiy masalalar
EHFni hisobga olish sanasi
Hisobvaraq-faktura, ayrim istisnolardan tashqari, tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilib taqdim etiladi.
Akkreditiv hisobi
Bank akkreditivi 5510 «Akkreditivlar» schyotida hisobga olinadi. Agar yil yakuniga yopilmagan boʻlsa, shu schyotda koʻrsatiladi.
Shoʻ’ba korxonasidagi ulush oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinishining hisobi va soliq oqibatlari
Yoʻq, korxonangiz zarar koʻrayotgani yoʻq. Aksincha, 2 mlrd.soʻmli boʻnakni xaridorga qaytarmaganligi sababli foyda koʻrmoqda.
Davlat subsidiyasini hisobdan chiqarish
Bunday subsidiyalar davlat tomonidan qoplab berilgan davrda 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyotining kreditiga yopilib balansdan chiqariladi.
Tovar oldi-sotdi qilinganida avval ishonchnoma, keyin hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi
Avval xaridor oʻz vakiliga yozma ishonchnoma beradi, sotuvchi xaridor tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsga ushbu ishonchnoma asosida tovarni topshiradi, soʻngra hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi.
Chet el investoriga sotilgan korxona imtiyezni qachondan qoʻllaydi (PQ-1438)?
Ishni kabul kilishda kaysi xujjatlarga e’tibor berish kerak?
Bosh hisobchi bilan mehnat shartnomasini tugatishda ushbu lavozimga tayinlangan shaxs bilan buxgalteriya va moliya, shuningdek, bosh hisobchi lavozimi bilan bogʻliq boshqa moddiy qiymatga ega boʻlgan hujjatlarning roʻyxati tuziladi va dalolatnoma rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter