Javob beramiz

Bank kartalarini qoʻllagan holda hisob-kitoblar

Korxona xisobrakamiga kasaba uyushmasidan kelib tushgan mablagʻ va uning korporativ karta orkali sarflanishi kanday tartibda buxgalteriya provodkalari beriladi?


Kasaba uyushmasidan hisobraqamga kelib tushgan mablagʻ kredit boʻyicha boshqa majburiya sifatida aks ettiriladi. KPKdan sarflangan  summa avval karta saqlovchi xodimning qarzi sifatida aks ettiiladi.

Oʻrindoshlik ish joydagi ish hakimni ham ushbu bank plastik kartasiga tushirsam boʻladimi yoki buning uchun alohida plastik karta ochish kerakmi?


Ha, mumkin.

Agar korporativ bank kartasidan sarflangan mablagʻ uchun terminal cheki taqdim qilmasa, mablagʻ ta’sischi va rahbar boʻlgan shaxsning korxona foydasidan oladigan ulushi hisobidan qoplansa boʻladimi?


Korporativ bank kartalaridan mablagʻ sarflash qoidalari AVda 2005 yil 18 aprelda 1470-son bilan roʻyxatga olingan Nizomga asosan tartibga solinadi. Ushbu Nizomga muvofiq, xarajatlar toʻgʻrisida tuziladigan hisobotga muayyan hujjatlar ilova qilinishi lozim.

1.Korporativ kartaga mas’ul xodim korporativ kartadagi mablagʻni oʻzining shaxsiy ehtiyoji uchun sarflasa bosh buxgalter qanday ish tutishi lozim? 2.Mas’ul shaxsning shaxsiy ehtiyoji uchun korporativ kartadan ishlatilgan pul ushbu xodimning ishhaqidan ushlab qolingan taqdirda qanday oʻtkazmalar bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi?


Korporativ kartadan xodimning shaxsin ehtiyoji uchun sarflangan mablagʻ avval xodimning qarzi sifatida 47 90 schyotida aks ettiriladi. Qarz summasi oy oxirida xodimning ish haqidan ushlab qolinganda 67 10 schyoti bilan korrespondensiyada yopiladi.

Tovar realizatsiyasi qaysi kun bilan amalga oshiriladi va buxgalteriyada qanday aks ettiriladi?


Terminal orqali plastik kartadan pul yechib olish yoʻli bilan tovarlar realizatsiya qilinganida, plastik kartadan pul yechib olingan kuni tovar mijozga topshiriladi va aynan shu kun realizatsiya sanasi boʻlib hisoblanadi.

1.Korporativ kartochkadan benzin sotib olinganda, tasdiqlovchi terminal cheklari orqali yoqilgʻini har oyning soʻngida bir marta chiqim qilish nechogʻlik toʻgʻri ekanligi yuzasidan tavsiya bersangiz. 2.Fakatgina terminal cheki nusxasining oʻzi (schet fakturasiz) birlamchi tasdiqlovchi hujjat boʻlishi mumkinmi?


Korxona TMZni hisobga olish uchun davriy tizimni qoʻllasa, yoqilgʻini har oyning soʻngida bir marta chiqim qilishi mumkin.

Tashkilot avtotransportiga nisbatan jarima qoʻllanilganda korporativ bank plastik kartasidan jarimani qoplansa, uni boshqargan xodimga nisbatan soliq majburiyatlari vujudga keladimi va qanday buxgalteriya oʻtkazmalari oʻtkaziladi?


Ish beruvchi xodim aybi bilan jarima toʻlash shaklidagi yetkazilgan zararni xodimdan undirishdan voz kechsa, xodimda JShDSga tortiluvchi daromadi yuzaga keladi.

Buxgalteriya hisobida yoqilgʻining hisobi kanday olib boriladi? Avtomashinaga quyib ishlatilgan benzinni kirim qilmasdan 94 schetga hisobdan chiqarsak boʻladimi?


Benzin hisobini yuritishda SKning 222-moddasi, 18.04.2005da 1470-son bilan roʻyx.oʻtgan Nizom, 5-BHSM, OʻzSMS agentligining 05-20 sonli me’yoriy hujjati, 21-son BHSMga amal qilish lozim.

1. Konserva ishlab chiqarish uchun dexkonlar dan pul oʻtkazish yoʻli bilan mahsulot olsak, tugri buladimi va qanday xujjatlar ulardan talab kilaman? 2. Korporativ kartaga kerakli summani utkazib bozordan tugridan-tugri xarid kilinsachi? 3. Bozordan tugridan tugri bozorchilarni shaxsiy kartasiga pul utkazish yuli bilan xarid kilinsa, ulardan kanday xujjatlar talab kilaman? va kaysi xolatda daromad soligiga tortiladi?

1. Korporativ bank plastik kartasidan xarid amalga oshirilganda terminal chekidan tashqari muhr bosilgan kvitansiya yoki yuk xati boʻlishi shartmi? 2. Tashkilot avtotransportiga nisbatan jarima qoʻllanilganda korporativ bank plastik kartasidan jarimani qoplash mumkinmi? Qoplangan jarima summasi xaydovchining ish haqidan ushlab qolinishi kerakmi?


  • Korporativ plastik kartochkadan qilingan xarajatlar moddiy javobgar shaxsning  boʻnak hisoboti va terminal kvitansiyalari bilan tasdiqlanadi.

1.Ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi korxonalar korporativ plastik karta orqali tovarlar sotib olib sotishi mumkinmi? 2.Asosiy vositalar sotib olish xam ta’qiqlanadimi? Umuman olganda korxona faoliyatida KPK orqali qanday xarajatlar qilish mumkin emas?


Sotish uchun moʻljallangan tovarlar yuridik shaxsning korporativ plastik kartasi orqali xarid qilinishi mumkin emas.

Bizning korxona MChJ IT kompaniya ya’ni asosiy faoliyati dasturiy ta’minotni ishlab chikish. Bizning faoliyatimiz buyicha bolalar uchun yangi loyixa 3D buyek daftari ishlab chikildi. 1. Aytingchi - shu buyekni onlayn elektron tijorat orkali amalga oshira olamizmi? 2. Bir yuridik shaxs bula turib jismoniy shaxslarga elektron tijorat orkali sota olamizmi? 3 Bu savdo chakana savdo turiga kiradimi? 4. Bu elektron tijorat tizimiga ruxsat bulsa, bank bilan kanday shartnoma tuzamiz? 5. 5. Elektron tijorat orqali amalga oshirilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?

1.Korporativ kartadagi mablagʻlardan foydalanishni qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirish zarur? 2.Agar korxona rahbari shaxsiy avtotransporti uchun korxonaning korporativ kartasidagi mablagʻlar hisobidan yoqilgʻi quysa, buni qanday rasmiylashtirish kerak?

Oylikni xodimlarning plastik kartalariga oʻtkazishda buxgalteriya provodkalari qanday aks ettiriladi? Biz keltirgan oʻtkazmalar bilan buxgalteriyada ish haqining xodimlar plastik kartasiga oʻtkazilishini aks ettirish mumkinmi?


5600 – schetlar gruppasida korxona kassasidagi pul ekvivalentlarining (pochta markalari va boshqalar) mavjudligi va harakati toʻgʻrisida axborotlar umumlashtiriladi. Shuning uchun ishchilar oylik ish haqining plastik kartalariga oʻtkazishda 5530  “Boshqa maxsus schyotlar” qoʻllaniladi.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va ta’minlash bilan shugʻullanuvchi MChJning korporativ kartasidan pullarni qayerlarga sarflash mumkin?


Korporativ kartochkalar yordamida Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda koʻzda tutilgan korxonaning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatida zarur boʻlgan barcha xarajatlari uchun haq toʻlash mumkin.