Javob beramiz
Uchet vipolnennix rabot
Bolalar maydonchasi xarajatlarini hisobdan chiqarish
Agar bolalar maydonchasini qurish turar joy majmuasining loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa va koʻp qavatli uylarni qurishning majburiy qismi hisoblansa, uni barpo etish xarajatlari qurilish ob’yekti tannarxiga kiritiladi.
Qurilish-montaj ishlari eksportining hujjatlashtirilishi, buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Shartnomangiz belgilangan tartibda "E-kontrakt" tizimida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgandan soʻng buyurtmachi bilan uning ijrosi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi, ushbu dalolatnoma ham "E-kontrakt" tizimiga kiritiladi.
Qurilish-montaj ishlarida uskunalar oʻrnatilganligi qanday hujjatlashtiriladi
Ushbu uskunalar haqikatda oʻrnatilganligi, ularni topshirish-qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtiriladi, agar mavjud boʻlsa, dalolatnomalarga uskunalarning texnik pasportlari va sertifikatlari ilova qilinadi.
Qurilish maydonida buzish uchun sotib olingan koʻchmas mulk hisobi
Sizning vaziyatingizda sotib olingan bino avval 0820 schyotining debetida aks ettirilib, yangi bino qurish uchun eskisini buzishga berilganida, 2010 schyotiga hisobdan chiqariladi.
Davlat-xususiy sheriklikni buxgalteriya va soliq hisobida qanday aks ettirish mumkin
Davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarning buxgalteriya va soliq hisobi ularning iqtisodiy mazmuniga bogʻliq.
"Pudratchining boshqa xarajatlari" koʻrsatkichini hisoblash va tasdiqlash tartibi qanday?
"Pudratchining boshqa xarajatlari" koʻrsatkichini hisoblash tartibi Uslubiy tavsiyalarda belgilangan. Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ushbu koʻrsatkichni tasdiqlash tartibi ob’yekt qurilishini moliyalashtirish manbai va uning xavflilik toifasiga bogʻliq.
Yordamchi pudratchi bajarilgan ishlar boʻyicha qanday xujjatlarni rasmiylashtirishi lozim
Yordamchi pudratchi bosh pudratchiga hisobvaraq-faktura, Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) toʻgʻrisida ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura rasmiylashtiradi.
Qurilish ishlari haqiqatda bajarilganligini qaysi hujjat tasdiqlaydi
Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) haqidagi ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura blankasini ishlab chiqarish-texnik boʻlimidagi mas’ul xodimlar toʻldiradi.
Koʻp qavatli turar joydagi umumiy mol-mulk hisobi
Umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli boʻladi.
Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) haqidagi ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturada qanday xarajatlar koʻrsatiladi
Sizning savolingizga javob pudratchi bilan shartnomada va ishlarni bajarish uchun xarajatlar smetasida aynan qanday ishlar koʻrsatilganligiga bogʻliq.
Qurilish ishlari haqiqatda bajarilganligini kim tasdiqlaydi
Amaliyotda Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) haqidagi ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura ishlab chiqarish-texnik boʻlimi ishlar haqiqatda bajarilganligini tasdiqlaganidan keyin rasmiylashtiriladi.
Qurilishda elektroenergiya xarajatlarini kim toʻlaydi
Pudratchi bilan munosabatlarda asosiy xujjat qurilishi pudrat shartnomasi hisoblanadi, unga koʻra tomonlarning huquq va majburiyatlari aniqlanadi.
Qurilishda materiallar sarfida rasmiylashtiriladigan hujjatlar
Qurilishda ishlatiladigan materiallar hisobini yuritishda M-29 shaklidagi hisobot, Materiallar hisobotidan (M-19 shakl) foydalaniladi.
Konsalting uchun xarajatlarni kapitalizatsiya qilish mumkinmi.
Savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligi qoshidagi Oʻquv markazi direktori Sharofitdin Xaydarov javob beradi.
QQSdan ozod qilingan aylanmani amalga oshirishda buxgalteriya hisobi
Bunda buxgalteriya hisobi boshqa holatlardagi ob’yektlarni qurishdagi buxgalteriya hisobi kabi yuritiladi.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter