Javob beramiz

Foyda soligʻi

Davlat muassasasidan vazirlik jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻdan dividend soligʻi ushlanadimi?


Davlat muassasasidan vazirlik jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan ajratma dividend hisoblanmaydi.

QQS bazasini toʻgʻrilash uchun rasmiylashtirilgan EHFni foyda soligʻi hisob-kitobida aks ettirish


Import qilingan tovarlarni sotishda QQS bazasini toʻgʻrilash uchun rasmiylashtirilgan bir tomonlama EHF summasi foyda soligʻi boʻyicha jami daromad tarkibiga kiritilmaydi. Uni foyda soligʻi hisobotida tegishli satrda aks ettirish orqali jami daromaddan chiqarish mumkin.

Foyda soligʻini 50% pasaytirilgan stavkada toʻlash


Agar korxonaning jami daromadi 2026 yilda ilk bor 10 mlrd soʻmdan oshgan boʻlsa, 2026 va 2027 yillarda foyda soligʻini 50% pasaytirilgan stavkada toʻlashi mumkin.

MChJ ustav kapitaliga nominal qiymatdan ortiq hissa kiritishning soliq oqibatlari


Nominal qiymatdan ortiq mablagʻni tekinga olingan mulk sifatida baholanishi xavfi mavjud.

Korxona ta’sischisi shaxsiy maqsadlarda foydalanadigan avtomobil


Agar avtomobil faqat ta’sischining shaxsiy maqsadlarida foydalanilsa va korxonaning daromad olishga qaratilgan faoliyatida ishlatilmasa, ushbu avtomobil boʻyicha amortizatsiya xarajatlari foyda soligʻini hisoblashda chegirilmaydi.

Dividend soligʻi foyda soligʻi hisob-kitobida qanday aks ettiriladi


Dividendlardan olinadigan soliq toʻlov manbaida dividend oluvchining daromadidan  ushlab qolinadi, shu sababli korxonaning alohida xarajati hisoblanmaydi.

Foyda soligʻini hisoblashda xarajatlarni tan olish


Sizning vaziyatingizda foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda yengil avtomobillarning amortizatsiya xarajatlari chegirilmaydi, kreditor qarzlar boʻyicha valyuta kursidan zararlar esa chegiriladi.

Elektr energiyasi va qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun subsidiyalarning soliq va buxgalteriya hisobi


Byudjet subsidiyalari maqsadli mablagʻlar tarkibiga kiradi.

Chet el valyutasida olingan boʻnak bilan eksport qilishda daromadni hisobga olish


Buxgalteriya hisobini eksport qilingan sanadagi valyuta kursiga moslashtirish talab etilmaydi.

NTTda soliq oqibatlari kelib tushmasligi uchun pul tushumlari qanday rasmiylashtirilishi kerak


Xitoy korxonasidan NNTning bank hisobvaragʻiga konferensiyani tashkil etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻ kelib tushishi, agar ushbu mablagʻlar NNTning ustav faoliyatini amalga oshirish uchun maqsadli va begʻaraz ravishda ajratilsa, soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi.

Quyosh panellari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarib iste’mol qilish


Korxona tomonidan oʻrnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va korxonaning oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun iste’mol qilingan elektr energiyasi korxona daromadi hisoblanmaydi.

Xususiy maktabga homiylik: kimda qanday soliq majburiyati yuzaga keladi


Xususiy maktabga homiylikda soliq oqibatlari yerdam shakliga bogʻliq. Binoni tekinga qurib berishda jamiyatda QQS va foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar yuzaga keladi, pul mablagʻlari berilganda esa ular jamiyat uchun chegirilmaydigan xarajat, maktab uchun esa soliq solinadigan daromad hisoblanadi.

Foydali qazilmani qazib olishda kapitallashtirilgan xarajatlarni hisobga olish


Kapitallashtirilgan ochish ishlari xarajatlarining qoldiq qiymati kon ishlash davri tugaganda aktivdan kelgusida iqtisodiy naf olish imkoniyatiga qarab hisobga olinadi.

Foydali qazilmani qazib olishda ochish ishlari xarajatlarini hisobga olish


Qazib olish boshlangunga qadar va qazib olish davrida amalga oshirilgan ochish ishlari xarajatlari buxgalteriya hamda soliq hisobida turli tartibda hisobga olinadi.

Rossiyadagi MChJdan olingan dividendlarni soliqqa tortish


Rossiyadagi MChJdan olingan dividendlar Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan korxona uchun daromad hisoblanadi, Rossiyada ushlab qolingan soliq esa Oʻzbekistonda hisobga olinishi mumkin.