Javob beramiz
Notijorat tashkilotlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish
Xususiy ochilgan maktabgacha ta’lim muassasalari va xususiy maktablar yagona soliq tizimiga oʻtishi mumkinmi? Mumkin boʻlsa, yagona soliqni qanday stavkada toʻlaydilar?
Xususiy maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati doirasida yagona soliq toʻlovi tizimiga oʻtishingiz uchun korxonangizning tashkiliy-huquqiy shaklini boshqa shaklga oʻzgartirish zarur.
1. Pullik xizmatlardan tushgan mablagʻlardan murabbiylarga ish haqi, sportchilarni xalqaro musobaqalarga yuborish xarajatlariga, sportchilarga pul va qimmatli sovgʻalar berishda assotsiatsiyada va mukofot olgan jismoniy shaxslarda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? 2. Xalkaro va Respublika miqyosidagi musobaqalarda yuqori oʻrinlarni egallagan sportchilarga pullik va qimmatli sovgʻalar berilganda JShDS qanday tartibda va kim tomonidan undiriladi? 3. Reklama qilishdan daromad olinganda va ushbu mablagʻlar yuqorida koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanganda assotsiatsiyada qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi? 4. Homiy tashkilotlaridan tushgan pul mablagʻlari uchun soliq imtiyozlari belgilanganmi? Ular qanday tartibda va qaysi soliq turlariga qoʻllaniladi?
Notijorat tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlaydi.
1. Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti tarkibidagi Oʻquv sport-texnika klubi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadimi? 2. Oʻqitish faoliyatidan tushgan tushum tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad hisoblanadimi? 3. Oʻquv sport-texnika klubining oʻqitish faoliyatidan tushgan tushumiga soliq solinadimi?
Kadastr xizmati faoliyatini amalga oshirishda (aksiz soligʻi, nedra soligʻi toʻlovchisi boʻlmasa) yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlib hisoblana oladimi? Yoki davlat korxonasi sirasiga kirgani uchun umumbelgilangan soliq toʻlovchisi hisoblanadimi?
Agar korxonangiz ustav (nizom)ga asosan notijorat tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, unda yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlolmaydi. Bu holatda korxonangiz tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashi lozim.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter