Javob beramiz
Korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazish, qayta tashkil etish, tugatish
Men 67 foiz ulushim bilan navbatdan tashqari umumiy yigʻilish oʻtkazib, koʻp ovoz bilan ta’sis shartnomasiga oʻzgartirish kiritib, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishim mumkinmi?
Jamiyat ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Tashkilot faoliyat yuritmagani uchun jarimalar
Ajralib chiqish tarzida qayta tashkil etishda korxonalar uchun qanday soliq okibatlari kelib chiqadi?
Jamiyatni boʻlish yoki ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etishda 23-son BHSM, FKning 49–56 moddalariga, shuningdek “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar” toʻgʻrisidagi Qonunning (06.12.2001 y. № 310-II) tegishli moddalariga rioya qilish lozim.
1.Jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkilsa ajratish tartibi qanday boʻladi va buxgalteriya oʻtkazmalari qanday amalga oshiriladi? 2.Jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish natijasida ikkita yoki uchta yangi jamiyat yuzaga kelsa, jamiyatlarda qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi?
Jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etishda ishlarni “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar” toʻgʻrisidagi Qonun (06.12.2001 y. № 310-II) , FKning 49–56 moddalari hamda 23-son BHSMga muvofiq amalga oshirish lozim.
Ushbu holatda B tashkiloti A tashkilotidan kirim qilingan xom ashyo va materiallar qoldiklari boʻyicha QQSni hisobga (zachyotga) olish mumkinmi?
Bir tashkilot ikkinchisiga qoʻshilganda shu qoʻshilgan tashkilotdan qabul qilib olingan xom ashyo va materiallar boʻyicha QQSni hisobga olish mumkin.
Tugatilgan korxonada pul aylanmalarining mavjudligi
Jamiyat qayta tashkil etilganda moliyaviy hisobotlar 23-son BHMSga rioya qilgan holda shakllantirilishi lozim.
Qayta tashkil etish jarayonida voris korxonaning huquq va majburiyatlari
Qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtguniga qadar tugatilayotgan korxonaning qarzlari boʻyicha voris korxonaning hisobraqamiga kelib tushgan toʻlov talabnomalari qabul qilinmaydi, talabnoma xat koʻrinishida voris korxonaning oʻziga kelib tushsa, uni keyinchalik ijro etish mumkin. Kelib tushgan debitorlik qarzini vaqtinchalik 6990 schyotiga kiritib turish, keyinchalik esa debitorlik qarzini yopishga oʻtkazish mumkin.
1. Ikkita korxona birlashayotganda buxgalteriya utkazmalari, jumladan uzaro debitor kreditorlik karzdorlari kanday aks ettirilishini va buxgalteriya utkazmalarini misol yordamida batafsil tushuntirib bersangiz 2. B korxona balansida A korxonaning shoʻ’ba korxonalaridagi ulushi 0620 schetda qachon aks ettiriladi: shoʻ’ba korxonalarning ta’sis hujjatlariga oʻzgartirish kiritish sanasidami yoki birlashuv jarayoni nihoyasiga yetib, B korxonaning ta’sis hujjatlariga oʻzgartirish kiritilgan sanadami?
Qoʻshib yuborish (qoʻshib olish) shaklidagi qayta tashkil etishda qatnashayotgan taraflar oʻrtasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks ettiruvchi miqdoriy koʻrsatkichlar dastlabki buxgalteriya balansiga kiritilmaydi.
Korxona oʻz tashkiliy-huquqiy shaklini MChJdan xususiy korxonaga oʻzgartirsa, MChJ paytida hosil boʻlgan taqsimlanmagan foydadan dividend soligʻi toʻlanadimi?
Ha, korxona MChJ sifatida ishlab topgan taqsimlanmagan foydasi ta’sischiga berilayotganda, undan dividend soligʻi ushlab qolinadi.
Institut tuzilmasida alohida yuridik shaxs hisoblanmish 15 ta tashkilotlarning mavjudligi qonun hujjatlariga mos keladimi? Institut muassis sifatida uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tashkiliy-huquqiy shaklini qanday koʻrinishda tashkil qilishga huquqi bor? Institut tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarning barchasi “boʻlinma” shaklida qayta tashkil qilinishi, ularning mustaqil balansga, hisob raqamga ega boʻlgan, mustaqil soliq toʻlovchi sifatida faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilmaydimi?
Institut tuzilmasida alohida yuridik shaxs hisoblanmish 15 ta tashkilotlarning mavjudligi qonun hujjatlari bilan cheklanmagan.
1. A korxona B korxonaga qoʻshib olish yoʻli bilan tugatilganda, A korxonaning bankdagi hisob raqamlaridagi pul mablagʻlari B korxonaning hisob raqamlariga oʻtkazilishi ushbu korxonalarning buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi? 2. A korxonaning yakuniy balansiga qanday oʻzgartirish kiritiladi?
1. S tashkilotda A tashkilotni qoʻshib olish sanasiga ustav fondi boʻyicha qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi (raqamlarda keltirsangiz)? 2. S tashkilotning ustav fondida A tashkilot tasischisi – jismoniy shaxsning ulushi 310 ming AQSh dollari. A tashkilot tasischisi tomonidan A tashkilotning ustav fondiga kiritilgan ulush boʻyicha kurs farqlari S tashkilot balansida qay tarzda aks ettiriladi? 3. A tashkilotni tugatish balansida sof aktivlar qiymati -550 mln sum, u S tashkilot balansida qanday aks ettiriladi?
“B” yuridik shaxs belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan sanada “A” yuridik shaxsda oʻzining kiritmoqchi boʻlgan ustav fondidagi ulushi yuzasidan biror bir buxgalteriya yozuvi (provodkasi) beriladimi?
1. "A" tashkilotni "S" qoʻshma korxonaga birlashtirish uchun "A" tashkilotda qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi? 2. "A" tashkilotni "S" qoʻshma korxonaga birlashtirish uchun "S" qoʻshma korxonada qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi? 3. "A" tashkilotni "S" qoʻshma korxonaga birlashtirish jarayonida "A" tashkilot balansining xususiy kapital qismidagi 8500 schet, 8700 schetlarni qay tartibda yopish mumkin? 4. "S" qoʻshma korxonaning 8300 schetida qanday buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi? 5. Ta’sis hujjatlariga qanday tartibda oʻzgartirish kiritishni tavsiya etasiz?
Qayta tashkil etish jarayonida birlashtirilayotgan korxonada qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi? Birlashtirilayotgan tashkilotda 8500 va 8700 schetlari qanday yopiladi?
Qayta tashkil etish jarayonida birlashtirilayotgan korxonada barcha baholovchi va tartibga soluvchi (kontraktiv va kontrpassiv) schetlar yopilgan boʻlishi kerak, chunki qayta tashkil etish jarayonida buxgalteriya hisobi schetlari boʻyicha ma’lumotlar emas, balki mulk va majburiyatlar topshiriladi.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter