Javob beramiz
Xizmat safari xarajatlari
Xodim oʻzining muqim yashash joyiga xizmat safariga yuborilganda kundalik xarajatlar toʻlovi
Xodim oʻzining muqim yashash joyiga xizmat safariga yuborilganda kundalik xarajatlar toʻlovi
Ushbu toʻlovlar toʻlanishi majburiymi yoki tashkilot ixtiyoriga bogʻliqmi?
Adliya vazirligida 29.08.2003 yilda 1268-son bilan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada koʻrsatib oʻtilgan barcha toʻlovlar byudjet tashkilotlarida ishlab kelayotgan xodimlarning malaka oshirish vaqtida qoʻllaniladimi?
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (AV tomonidan 29.08.2003 yilda 1268-son bilan roʻyxatga olingan) asosan xizmat safari deb ishchini oʻzining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirigʻini bajarish uchun boshqa joyga yuborilishi tushuniladi.
1. Xizmat safarida qilingan xarajatlarni qoplash boʻyicha qaysi normativ hujjat asos boʻlib hisoblanadi? 2. Korxona xodim tomonidan xizmat safari davomida qilingan AQSh dollaridagi va sumdagi xarajatlarni tasdiklash uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
Xizmat safarida qilingan xarajatlar xodimga «Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma» asosida qoplanadi.
Xizmat safari xarajatlarini normadan ortiq kismi JShDS hisobotining Ilova №1 ning 2-3 ustunlari va 6-7 ustunlarida kanday aks ettiriladimi?
Xizmat safari xarajatlari uchun berilgan pullarning belgilangan normalardan ortiqcha qismi JShDS hisoboti 1-ilovasining 2,3,6,7 ustunlarida ular hisoblab yozilgan va xodimga haqiqatda berilgan sana bilan toʻliq miqdorda, ya’ni soliq va majburi toʻlovlar ushlab qolinmagan holda koʻrsatiladi.
1. Fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha xizmat koʻrsatayotgan xodimning xizmat yuzasidan borib kelishdagi qoplanadigan xarajatlar, shu jumladan mehmonxona xarajatlari qiymati JShDS, YaIT va sugʻurta badallariga tortiladimi? 2. Javobni ham oʻzbek, ham rus tillarida taqdim etishingizni iltimos qilamiz.
Korxona bilan jismoniy shaxs oʻrtasida tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuzaga keladigan munosabatlar Fuqarlik Kodeksi bilan tartibga solinadi. Shuning uchun bunday holatlarda belgilangan normalarda Mehnat Kodeksiga asosan toʻlanadigan (qoplab beriladigan) toʻlovlar jimoniy shaxsga berilmaydi. Jismoniy shaxsga fuqarolik-huquqiy shartnomada nazarda tutilgan xarajatlar qoplab berilishi qonun hujjatlariga zid emas. Lekin bunday toʻlovlar jimoniy shaxsning jami daromadi tarkibiga kiritilad
1. Taksi xarajatlarini xodimga qoplab berilishi lozim boʻlgan summaning belgilangan normaga muvofiqligini ta’minlash uchun tavsiya berishingizni soʻraymiz. 2. Temiryul va aviachiptalarining ma’lum sanaga amal qilayotgan tariflarini internet ma’lumotlariga asoslanib tasdiqlash toʻgʻrimi? (bu borada ishonchli manba sifatida kaysi saytlarni misol keltira olasiz)? 3. Agar hisobdor shaxs korxona rahbarining oʻzi boʻlsa, avans hisobotiga bir vaqtning oʻzida ham hisobdor shaxs, ham avans hisobotini tasdiqlovchi vakolatli shaxs sifatida imzo qoʻyishiga yoʻl qoʻyiladimi?
Xodimga xizmat safari xarajatlarini hisoblashda qaysi davlat kursi asos qilib olinadi? Safar xarajatlari xisob-kitoblar qanday tartibda olib boriladi?
Xizmat safari natijalari boʻyicha yakuniy hisob-kitob boʻnak hisobotini qabul qilish kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Xodimga xizmat safari xarajatlari boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari toʻlab berilganda, korxona tomonidan xodimning ushbu daromadlariga qanday soliqlar solinadi?
Tashkilot oʻz xodimiga Respublika hududida xizmat safarida boʻlgan vaqtida sutkalik xarajatlarni toʻlash bilan bir paytda, unga xizmat safarida boʻlgan kunlar uchun oziq-ovqat va yoʻl chiptalari qiymatini qoplash boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishi mumkinmi?
: Respublika hududida xizmat safarida boʻlgan xodimga xizmat safarida boʻlgan kunlar uchun oziq-ovqat va yoʻl chiptalari qiymatini qoplash boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish mumkin.
Korxona tomonidan direktor nomiga shartnoma asosida sotib olingan aviachipta buxgalteriyada qaysi hisobda aks ettiriladi va qanday rasmiylashtiriladi?
Korxonaning umumxoʻjalik faoliyati zaruratidan qilingan safarni xizmat safari sifatida rasmiylashtirish, va uni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarni safar xarajatlari sifatida aks ettirish zarur.
1. Qaysi qonun hujjati asosida xizmat safarida xususiy avtotransportdan foydalanganligi uchun sarflangan mablagʻlarni byudjet hisobidan toʻlab berilishi mumkin? 2. Rahbar buyruqqa imzo qoʻyishi uchun bosh hisobchi raportda koʻrsatilgan mablagʻni tasdiqlab berishi shartmi?
Xizmat safarida xususiy avtotransportdan foydalanganligi uchun sarflangan mablagʻlarni byudjet hisobidan toʻlab berish amaldagi qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan.
Oʻqituvchiga xizmat safari uchun hozirgi kunda qanday toʻlovlar toʻlab beriladi (borish,kelish,kunlik,mehmonxona)?
Malaka oshirish uchun xizmat safariga yuborilgan ishchiga xizmat safarida boʻlgan muddatida oʻrtacha ish haqi, hamda turar joy ijarasi boʻyicha, xizmat safari joyiga borish va ish joyiga qaytish xarajatlari qoplanadi, shuningdek sutkalik xarajatlar toʻlanadi.
Xizmat safari davomida xodimga toʻlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi qanday hisoblab chiqariladi?
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi (MKning 153-moddasi).
1. Xodimning safar xarajatlari uchun oʻzi xorijiy valyutani bank orqali sotib olgani qonuniy xarakatmi? 2. Xodimdan boʻnak hisobotini qaysi valyutada talab qilishimiz toʻgʻri?
Korxonangiz xodimi boʻlmish jismoniy shaxsning safar xarajatlari maqsadida xorijiy valyutani mustaqil xarid qilishi va uni ushbu maqsadlarda sarflashi amaldagi qonunchilikka zid emas.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter