Javob beramiz
Moliyaviy ijara (lizing)
Lizing faoliyatining buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Lizing moliyaviy ijaraning bir turi boʻlib, buxgalteriya hisobi “Ijara hisobi” deb nomlangan 6-son BHMSga muvofiq yuritiladi.
Lizing operatsiyalarining buxgalteriya oʻtkazmalari
Tavsiyadagi lizing operatsiyalarining buxgalteriya oʻtkazmalari va soliq oqibatlari amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida keltirilgan.
Lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Lizing shartnomasi boʻyicha lizingga beruvchi lizingga oluvchining topshirigʻiga asosan sotuvchidan mulkni sotib oladi. Keyin lizingga beruvchi ushbu mulkni haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizingga oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Moliyaviy ijara va lizing nimasi bilan farq qiladi
Moliyaviy ijaraning alohida turi lizing deb e’tirof etilib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga koʻra uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasi boʻyicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’yektini) oladi hamda uni belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan shartnoma boʻyicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq evaziga beradi.
Lizingga oluvchida lizing ob’yektini hisobga olish
Korxonangiz lizing ob’yektini buxgalteriya hisobida asosiy vosita deb tan olishi kerak. Lekin bu asosiy vosita 0100 schyotida emas, balki 0310 schyotida aks ettiriladi.
Agar moliyaviy ijara shartnomasi ob’yekti toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga oluvchiga yetkazib berilganda, ijaraga beruvchida qanday hisob yuritiladi
Moliyaviy ijara shartnoma shartlarida ijara ob’yekti toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga oluvchiga yetkazib berilishi aytib oʻtilgan boʻlsa, ijaraga beruvchi bojxona yuk deklaratsiyasi, EHF va boshqa birlamchi xujjatlar orqali oʻzida ijara ob’yekti kirimini, soʻngra chiqimini EHF asosida amalga oshiradi.
Lizing ob’yektini berishda rasmiylashtiriladigan hujjat
Lizingga oluvchida lizing operatsiyalari hisobi
Lizingga oluvchida lizing operatsiyalari hisobi Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 19-28-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Lizing toʻlovlarini chet el valyutasiga bogʻlab belgilash mumkinmi?
Agar lizingga beruvchi korxona chet el kompaniyasiga tegishli boʻlgan mulkni sublizingga bersa, lizing toʻlovlarini chet el valyutasining kursiga bogʻlab belgilash mumkin.
Lizing shartnomasida lizingga oluvchi oʻzgardi
Sizning vaziyatingizda shartnoma tomonlaridan biri oʻzgardi, majburiyatlarda shaxslar oʻzgarishi yuz berdi
Lizing ob’yektini kirim qilish va lizing boʻyicha foiz xarajatining soliq oqibatlari
Lizing boʻyicha foiz xarajatlari lizingga oluvchi tomonidan foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladigan xarajatlar hisoblanadi.
Lizing beruvchiga kafillik shartnomasi asosida toʻlov va sugʻurta puli toʻlab berilganida buxgalteriya oʻtkazmalari
Kafillik shartnomasi asosida lizing toʻlovini uchinchi tomon toʻlab berganida, korxonangiz uning oldida qarzdor boʻlib qoladi.
Lizing beruvchi oʻzgarganida ob’yektga boʻlgan mulk huquqi
Lizing ob’yektiga boʻlgan mulk huquqi lizing beruvchidan uchinchi shaxsga oʻtganda, lizing oluvchi bilan tuzilgan lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun oʻz kuchini saqlab qoladi.
Lizing oluvchida lizing ob’yektini hisobga olish
Lizing oluvchi lizing ob’yektini 0310 – «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar» schyotida hisobga oladi.
Mol-mulkni lizingga berishda QQSning hisobi
Mol-mulkni lizingga berishda chiqib ketayotgan aktivning QQS kirmagan qiymati QQS solinadigan baza deb hisoblanadi. Bunda chiqib ketayotgan aktivning qiymati sifatida buxgalteriya hisobida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan aktiv qiymati tan olinadi.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter