Javob beramiz
Ijtimoiy soliq
Ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlash
Imtiyozni qoʻllash uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 6-ustunida tegishli summalar qoʻyiladi va shu ustunning 50-satriga soliq stavkasi 1% etib kiritiladi.
Ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlash shartlari
Agar korxonaning temir yoʻl vagonlarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60%ini tashkil etsa, korxona ijtimoiy soliqni 1% stavkada hisoblab toʻlashga haqli.
Temir yoʻlda yuk va yoʻlovchi tashuvchi korxona ijtimoiy soliqni 1%li stavkada toʻlay olmasligi
Yoʻq, temir yoʻlda yuk va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona ijtimoiy soliqni 1%li stavkada hisoblab toʻlay olmaydi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar bilan shartnomalar va ularning soliq oqibatlari
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs bilan tuziladigan shartnomalar summasi qonunchilik tomonidan chegaralanmagan.
Vaqtincha mehnatga layokatsizlik varaqasi asosida toʻlab berilgan nafaqa ijtimoiy soliqqa tortilmasligi
Xodimga vaqtincha mehnatga layokatsizlik varaqasi asosida toʻlab berilgan nafaqa uning boshqa daromadi hisoblanadi va ijtimoiy soliqqa tortilmaydi.
Koreya Respublikasi fuqarolariga mehnatga haq toʻlash daromadlari uchun ijtimoiy soliq hisoblanmaydimi?
Kichik korxona toifasiga kirmaydigan korxona 1%li ijtimoiy soliq stavkasini oʻtgan yil uchun ma’lumotlari asosida belgilangan statistika ma’lumotlariga asoslanib qoʻllashi mumkinmi?
Yoʻq, oʻtgan yilgi koʻrsatgich asosida imtiyozni qoʻllash maqsadida korxonani bu yil kichik korxona toifasiga kiritilmaydi. Agar korxona 2020 yilda kichik biznes sub’yektiga tegishli boʻlmaydigan boʻlsa, u ijtimoiy soliqning 1%li stavkasini qoʻllash huquqiga ega emas.
Xorijiy davlatning elchixonasida ishlaydigan OʻzR fuqarosi tomonidan ijtimoiy soliq toʻlash
Xorijiy davlat elchixonasida ishlovchi OʻzR fuqarosi ijtimoiy soliqni jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda ixtiyoriy asosda toʻlaydi.
Ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun moddiy yordam puliga ijtimoiy soliq solinmasligi
Yoʻq, oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun toʻlangan moddiy yordam puliga ijtimoiy soliq solinmaydi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi uchun ijtimoiy soliq stavkasi
Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra tashkil etilgan, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot byudjet tashkilotidir.
Mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlardan ijtimoiy soliq hisoblash
Agar korxonangiz byudjet tashkiloti hisoblanmasa, u ijtimoiy soliqni 12% stavkada toʻlaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter