Javob beramiz
Umumiy savollar
Markirovkalangan tovarni muomaladan chiqarish
Bunday vaziyatda markirovkalangan tovarni muomaladan chiqarish uchun my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti funksiyasidan foydalaniladi.
Moliyaviy jarimaning bekor qilinishi masalasi
Soliq qoʻmitasi 2024 yil 26 noyabrdagi rasmiy axborotida 2025 yil 1 yanvardan boshlab Soliq kodeksining 219-moddasida nazarda tutilgan, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadning 10 foizi, lekin kamida 1 mln soʻm miqdoridagi moliyaviy sanksiya bekor qilinishini ma’lum qilgan.
Koʻchmas mulk boʻyicha soliq bazasini aniqlashda 20 foizlik chegarani qoʻllash
20 foizlik chegara soliq bazasini 20 foizga kamaytirish uchun emas, balki bozor narxidan kelib chiqqan holda soliq bazasini aniqlash tartibini qoʻllash uchun mezon hisoblanadi.
Sayyor soliq tekshiruvida kamomad aniqlansa, soliq auditi tayinlanadimi
Sayyor soliq tekshiruvida 600 mln soʻmlik kirim qilinmagan TMZlar aniqlanganligining oʻzigina soliq auditi tayinlanishi uchun asos boʻlmaydi. Agar buning natijasida korxonangiz soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub boʻlib qolsa, u holda soliq auditi tayinlanishi mumkin.
Sayyor soliq tekshiruvi doirasida inventarizatsiya oʻtkazishda EHFni yuborishning imkoni yoʻqligi
Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilganda soliq organi tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan oʻtkazish munosabati bilan EHFni qabul qilish va joʻnatishni vaqtincha toʻxtatib turishga haqli.
Oʻtgan yildagi xato: soliq hisobotini qanday tuzatish kerak
Mazkur holatni 2026 yil aylanmasi sifatida emas, balki 2025 yilda yoʻl qoʻyilgan xatoni tuzatish tartibida koʻrib chiqish va soliq majburiyatlarini 2025 yil uchun qayta hisoblash lozim.
Umumiy ovqatlanishda tayyorlanadigan ichimliklarni markirovkalash
Umumiy ovqatlanish korxonasida tayyorlanadigan kompot va boshqa salqin ichimliklar raqamli markirovkalanmaydi. Biroq ularni mijozga oʻzi bilan olib ketishi uchun qadoqlab sotish tartibi qonunchilikda alohida tartibga solinmagan.
Chorvachilikda foyda soligʻi hisobotida yetishtirish xarajatlarini aks ettirish
Hayvonlarni yetishtirish xarajatlari ularning qiymatini shakllantiradi. Foyda soligʻi hisobotiga 2.1-ilovada mazkur operatsiyalarni aks ettirish boʻyicha alohida tartib belgilanmagan.
Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi oʻrtasidagi farq
Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi turli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Shuning uchun bir xil xoʻjalik operatsiyasi buxgalteriya va soliq hisobida turlicha aks ettirilishi mumkin.
QR-kod hamma uchun majburiymi
2026 yil 1 iyuldan boshlab savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi barcha yuridik shaxslar tomonidan yagona QR-kod toʻlov tizimi orqali toʻlovlarni qabul qilish majburiy etib belgilangan.
Soliq tekshiruvida kalkulyatsiyadan foydalanish
Kalkulyatsiya soliq hisob-kitobining mustaqil koʻrsatkichi emas va u soliq bazasini bevosita belgilamaydi.
Kameral soliq tekshiruvida tekshiriladigan soliqlar
Siz tomoningizdan ilova qilingan buyruqda ajratib koʻrsatilgan davrlar uchun QQS va aylanmadan olinadigan soliq toʻgʻri hisoblanishi va byudjetga toʻlanishi kameral soliq tekshiruvidan oʻtkazilishi belgilangan.
Korxonaning soliq xavfini aniqlash
Korxona oʻz soliq xavfi darajasini rasman koʻra olmaydi, ammo uning mavjudligi va ehtimoliy yuqori yoki past ekani soliq organlari bilan boʻladigan kameral nazorat jarayonlari orqali tushunishi mumkin.
Koʻchmas mulkning bozor narxini aniqlashda baholovchi hulosasining oʻrni
Mustaqil baholash hisoboti avtomatik va majburiy ravishda soliq organlari tizimidagi qiymat oʻrniga oʻtmaydi.
EHFlarning yuqori xavf darajasidan chiqish mumkinmi
Hisobvaraq-fakturalar soliq xavfining yuqori darajasiga kiritilgan taqdirda, ularning rangi qizil boʻladi. «Qizil» EHFlar bilan realizatsiyasi akt ettirilgan tovarlar (xizmatlar) xaridori ushbu EHFlardagi kiruvchi QQS summalarini hisobga kirita olmaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter