Javob beramiz
Xoʻjalik faoliyatini ma’muriy tartibga solish
Qurilish faoliyatini amalga oshirish boʻyicha belgilangan muddat (kunning tegishli qismi) mavjudmi?
Kooperativ ustav jamgʻarmasiga kiritilgan ulushlar kooperativ ish faoliyatida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida sarflangan boʻlsa, a’zolar ulushlariga da’vo qilmagan holda oʻz ixtiyoriga koʻra kooperativdan chiqib ketishi qanchalik qonuniy hisoblanadi?
Kooperativ a’zosi ixtiyeriy ravishda oʻz ulushini kooperativdan olmasdan a’zoligdan chiqib ketishi mumkin.
Korxonamiz nomini oʻzgartirdik. Endi qanday harakatlarni amalga oshirish lozim?
Korporativ karta ochishga huquqimiz bormi?
Yuridik shaxslar faoliyat yuritish bilan bogʻliq xarajatlarni milliy valyutadagi korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
Agar Prezident qarori va vazirlikning yoʻriqnomasi bir-biriga zid boʻlsa, qaysi biri ustun turadi?
Bizning korxonamiz noruda foydali kazilmalar, ya’ni gips toshi qazib olib, ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Bizning faoliyatimizga litsenziya talab qilinadimi?
Ha, noruda foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab qilinadi.
Ozik-ovkat va noozik ovkat mollari chakana savdosi bilan shugullanuvchi YaTT yoki XTlar davlat tashkilotlariga shartnoma asosida kancha summagacha bulgan mikdorda maxsulot sotishi mumkin? Ushbu YaTT yoki XTlar ulgurji savdo bilan shugullansa buladimi? Ulgurji savdoni amalga oshirish tugrisida kanday konun va koidalar bor?
Ozik-ovkat va noozik ovkat maxsulotlarni davlat tashkilotlarning ixtiyojlari uchun xarid qilish jarayoni maxsulotning turi va kerakli hajmiga bogʻliq. Ulgurji savdo faoliyatini yuritish huquqi faqat yuridik shaxslarga berilgan.
Faoliyatimiz tibbiy xizmat kursatish PF 3923 farmonga asosan imtiyozga egamiz, Uzbekiston Respublikasi xududida atrof tabiiy muxit ifloslantirganligi va chikindilar joylashtirganligi uchun kompensatsiya tulovlarini tulashdan ozodmi?
Farmonda tibbiyot muassasalari atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlaridan ozod qilinishi toʻgʻridan-toʻgʻri belgilanmaganligi sababli, ushbu korxonalar kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilinmagan, deb hisoblaymiz.
1. Yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtkazilgan manzil turar joy hisoblansa yagona soliq toʻlovini minimal miqdori qanday aniklanadi? 2. MChJning ta’sischilar tarkibidan chiqib ketayotgan ta’sischining haqiqiy ulushi – 1000000 soʻmni tashkil etadi. Ta’sischilar yigʻilish bayonnomasiga asosan ta’sischiga ulushning haqiqiy qiymatidan ortiqroq qoldiq qiymati 1200000 soʻmlik asosiy vositalarni bersa boʻladimi? 3. Ulgurji faoliyatini amalga oshiruchi korxonadan chikib ketayotgan ta’sischining xakikiy ulushi jamiyat sof aktivlari va ustav kapitali orasidagi farkdan ortik bulsa, ustav kapitali shu farkda kamaytirilishi kerak (MChJ turisidagi konunning 20 bandi). Agar biz ustav kapitalini kamaytirsak ulgurji faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya bekor kilinadimi?
Adliya vaziri oʻrinbosari Prezident qaroriga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritishga yoki tushuntirish berishga haqlimi? Qoraqalpogʻiston Respublikasida e’lon respublika miqyosida e’lon qilinadimi yoki viloyat miqiyosidami?
Ha, haqiqatan savdo tashkilotchisi sud ijrochisi tomonidan berilgan buyurtmani olgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma berishi kerak.
1. Shartnoma boʻyicha toʻlovchi tashkilot oʻrniga uning rahbari bank muassalariga naqd pul va plastik karta orqali toʻlab, bizga kvitansiya taqdim qilsa boʻladimi? 1.2. Agar xoʻjalik yurituvchi sub’yekt malaka oshirish kursi toʻlovini boshqa bir tashkilotdan amalga oshirsa, shunda biz 3 tomonlama shartnoma tuzsak boʻladimi? 2. Transport tizimida rahbar, xaydovchilarni malakasini oshirish va kadrlarni tayyorlash va qayta tayorlash xizmatlarini amalga oshirishda bizning korxonamiz yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozlarga ega boʻladimi. Agar ega boʻlsak ushbu imtiyozlar korxonaning boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlarga ham tadbiq etiladimi?
1. Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish majburiymi yoki uni shakllantirmasa ham boʻladimi? 2. “Byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish” boʻyicha xarajatlarga nimalar kiradi? 3. Byudjet tashkilotlarida tovarlar ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar koʻrsatish va realizatsiya qilish xarajatlariga nimalar kiritiladi?
Tumanda yullarni kengaytirish munosabati bilan yul chetidagi savdo doʻkonlariri orqaroq suriladimi yoki boshka joyga kuchirib yuboradimi? Surilsa unga kanday konun xujjatlar asos bula oladi? Yul kengayishi ikki tarafga buladimi yoki bir tamonlamami? Davlat tashkilotiga tegishli binoni xususiylashtirish , yoki ayriboshlash tartibi xakida kabul kilingan qonunlar,qarorlar haqida ma’lumot bersangiz.
Tumanda yullarni kengaytirish munosabati bilan yul chetidagi savdo doʻkonlarini orqaroq surilishi shu joyni rekonstruksiya qilish rejalari, ya’ni shaharsozlik yoki yerdan foydalanish rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Autsorsing shartnomasi boʻyicha ishga jalb etilgan xodimlar jamiyat xodimlarining oʻrtacha yillik soniga ta’sir qiladimi?
Xodimlar ta’minoti boʻyicha autsorsing shartnomasini tuzish Sizni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiritish mezonlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan xodimlarning oʻrtachi yillik sonini oshishiga olib kelmaydi.
Yangi ochilgan korxonalarga oylik maoshi xisoblanishi buyicha kancha imtiyozli muddat beriladi?
Amaldagi qonunchilikda mehnatga haq toʻlashni kechiktirish boʻyicha imtiyozlar mavjud emas.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter