Javob beramiz
Majburiyatlarga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik
Pasport olishda oʻz vaqtida erining familiyasiga oʻtmaganlik uchun jarima bor ekan, shu haqda ma’lumot yoki qonun bormi? Iltimos, shunga aniqlik kiritib, yordam bersangiz.
Fuqaro pasport almashtirish uchun hujjatlarni familiya oʻzgartirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay taqdim etishi kerak. Bir oy muddatidan keyin pasport haqiqiy emas hisoblanadi.
Pasport almashtirilayotgan vaktda pasportga ruyxatga olinganlik tugrisidagi muxr nikox tugrisidagi muxr va shu bilan birga yumolok muxr xam bosiladi. Yumalok muxrni bostirish uchun maxalla komitetidan spravka olib kelish kerakmi? Pasportga yumalok muxr bosish uchun nima kilish kerak yoki uzi xech kanday talablarsiz bosiladimi?
Ichki ishlar idoralari boʻlinmalari tomonidan - pasport egasining roʻyxatdan oʻtganligi va roʻyxatdan chiqqanligi, xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvlari, hamrohlik qiluvchi shaxslar (16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun) haqidagi, ilgari qoʻyilgan qaydlarni bekor qilish haqidagi, shuningdek harbiy majburiyat va pasport almashtirilgan hollarda nikoh qayd qilinganligi haqidagi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter