Javob beramiz
Debitorlar va kreditorlar
Bir korxona boshqasiga xom-ashyoni oʻz narxida foizsiz qarzga (zaym) berib, ma’lum muddatdan keyin uni oʻz narxida qaytarib olsa, qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi.
Xom ashyoni foizsiz qarz shartnomasi asosida beruvchi korxonada hech qanday soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
Avtohalokat natijasida avtomashinaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida sugʻurta tashkilotidan korxona hisob-raqamiga kelib tushgan pul mablagʻi buxgalteriya oʻtkazmalarida qanday aks ettiriladi?
Sugʻurta boʻyicha sugʻurta tashkilotlaridan kelib tushgan sugʻurta toʻlovlari buxgalteriya hisobida 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotida aks ettiriladi.
1.Qoʻshimcha vositachilik shartnomasini tuzganimiz haqida komitentga xabar berishimiz shartmi? 2.Komissiya va subkomissiya shartnomasi boʻyicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
Agar vositachilik shartnomasida komissionerga qoʻshimcha vositachilik shartnomasi tuzilganligi haqida komitentni ogohlantirish majburiyati yuklatilmagan boʻlsa, qonunchilikda bunday majburiyat belgilanmagan.
Korxona bankrotlik holatida boʻlgan vaqtida kreditorlik qarzlarini toʻlash maqsadida realizatsiya qilingan mol mulki qiymatidan qanday soliq va majburiy toʻlovlarni hisoblashi kerak?
Bankrot deb topilgan korxona, tugatishga doir ish yuritishning butun davrida mol-mulk va yer soliqlardan tashqari barcha soliq turlarini belgilangan tartibda hisoblab byudjetga toʻlashi lozim.
Korxonamiz boshqa bir korxonaga qarz shartnomasi asosida TMZ qarzga bergan. Shartnoma muddati tugash arafasida qarz oluvchi korxona TMZni qaytara olmasligini ma’lum qildi va oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, TMZ summasi QQSni qoʻshgan xolda hisob raqamimizga toʻlab berildi. Ushbu xolat boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari qanday aks ettiriladi?
21-sonli BHMSga asosan (AV roʻy. 1181-son 23.10.2002y.) tovar qarzini materiallar bilan berish va ular evaziga pul mablagʻlarini qaytarib olish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Import shartnomasi boʻyicha debitor qarzdorlik muddatining hisoblanishi
Qoidaga koʻra, tovar IM-40 “Erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtiriladigan paytga qadar buxgalteriya hisobida debitorlik qarzi aks ettiriladi.
Bir yil oldin vujudga kelgan kreditorlik qarzini daromadga hisobdan chiqarish mumkinmi?
Yoʻq, chunki kreditorlik qarzi SKning 136-moddasida koʻzda tutilgan mezonlarga muvofiq kelmaydi.
Muddati oʻtgan debitorlik qarzini hisobdan chiqarish va uni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi qanday?
Debitorlik qarzini hisobdan chiqarish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: umidsiz qarzni toʻgʻridan-toʻgʻri korxonaning zararlariga hisobdan chiqarish yoki dargumon qarzlar boʻyicha zaxira tashkil etish.
Da’vo bildirish muddati oʻtgan kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish va Prezidentning “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 28.01.2009 yildagi PQ-1050-son Qaroriga muvofiq imtiyozlarga ega korxona uchun YaST boʻyicha Hisob-kitobda aks ettirish tartibi qanday?
Da’vo bildirish muddati oʻtgan (3 yil) kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish tartibi 19-son BHMS “Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish”da (OʻzR AV tomonidan 02.11.1999 yilda 833-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) belgilangan.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter