Javob beramiz

Aliment majburiyatlari

Ushbu majburiy ushlanmalarni qay tartibda ushlab qolish kerak?


Barcha holatlarda xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.

Alimentlarni toʻlash boʻyicha qarzdor boʻlgan chet el fuqarosining Oʻzbekistondan chiqishiga cheklov


Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.

Ta’lim muassasasida oʻqiyotgan hamda voyaga yetgan bola uchun alimentlarni toʻlash


Umumiy qoidaga koʻra, bola balogʻat yoshiga yetganida uni ta’minlashga oid ota-onalarning aliment majburiyatlari toʻxtatiladi.

Aliment toʻlovini hisoblash tartibi


Alimentlar soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi.

Ish haqidan 50% aliment ushlanmasi qaysi summadan hisoblanadi? Ya’ni, JShDS va pensiya badali ushlangandan soʻng 50% ushlanmami yoki hisoblangan ish haqidan 50%mi?


Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori (jumladan alimentlar) soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi.

Korxonada Oʻzbekiston Respublikasi ichida aliment toʻlovchi chet ellik xodim ishlaydi. Uning hozirgacha boʻlgan aliment toʻlovlari oyma-oy ravishda toʻliq uning ish haqisidan tegishli tartibda ushlangan holda toʻlab berilmoqda. Aytingchi, agar xodim ishdan ketishni va oʻz vataniga qaytishni rejalashtirsa, uning sud ijro varaqasini qaysi muddatlarda sud ijrochilariga qaytarishimiz kerak boʻladi? U mamlakatdan chiqib ketguniga qadarmi, yoki chiqib ketgachmi? Shuningdek, agar, chet ellik xodim mamlakatdan chiqib ketsa-yu, aliment undiruvchida aliment undirish boʻyicha muommolar yuzaga kelsa, korxonada biror bir javobgarlik holati yuzaga kelmaydimi?


Siz qarzdor bilan mehnat shartnomasi bekor boʻlganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni quyida belgilangan tartibda va muddatda sud ijrochilariga yetkazsangiz javobgarlik masalalari yuzaga kelmaydi deb hisoblaymiz.

 

1. Turmush oʻrtogʻim topilgan taqdirda ijro hujjatlari tiklanib, unga nisbatan OʻzR JKning 122-moddasi bilan jinoyat ishi ochiladimi? 2. Bolalarim voyaga yetgan boʻlsa-da, 6 yillik aliment pullari ham undirib beriladimi?


1. Fikrimizcha, yoʻq.

2. Toʻlanmay qolgan aliment bolangiz voyaga yetgan taqdirda ham undiriladi.

Men xech kayerda ishlamayman, 2012 yilda gipertoniya kasalligi bilan tuman kasalxonasining kardiografiya bulimida davolanib chikdim, xozirda kishlok vrachlik punkti nazoratidaman. Uz uyim yuk, chunki uyimni sobik xotinimga tashlab xozirda keyingi xotinimni onasidan kolgan uyida yashayapman. Mening 1997y ishlab chikarilgan "Tiko" rusumli eski shaxsiy avtomobilimdan boshqa mulkim yuk. Xozirda 2 nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Sud menga urtacha ish xakining turtdan bir qismi miqdorida aliment toʻlash majburiyatini yuklagan. Mening moddiy axvolim yaxshi emasligi sababli, ushbu pulni tulashga kiynalyapman. Agar sudga murojaat kilsam, aliment midorini eng kam ishxakiga nisbatan kattiy summada belgilab beradimi?


Mazkur masala Oila Kodeksining 146-moddasida belgilangan tartibda hal qilinadi.